KANFUTSIY
KANFUTSIY - Qadimgi Xitoy falsafiy qarashlarida Konfutsiyning (Er.avval 551-479 yillar) axloqiy ta’limoti ham muhim o‘rin tutgan. U o‘zinig falsafiy qarashlarida kishilarni tarbiyalash masalasiga katta e’tibor qaratadi. Uning fikricha, odamlar o‘z tabiyatiga ko‘ra bir-biriga o‘xshashdirlar, faqat ular o‘z tarbiyalariga ko‘ra bir-birlaridan farq qiladilar. Konfutsiy (xitoycha 孔子, mil. avv. 551-479 yil) — Xitoy faylasufi, konfutsiychilik asoschisi va siyosiy arbob bo‘lgan. Uning saboqlari va faylasufligi Xitoy, Koreya, Yaponiya va Vetnam halqlarining o‘y-fikri va hayotiga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Konfutsiy kambag‘allashib qolgan aristokrat va harbiylar oilasida tug‘ilgan. 22 yoshida ta’lim berish bilan shug‘ullanib, Xitoyning eng mashhur o‘qituvchisi sifatida shuhrat qozongan. Konfutsiy o‘zi ochgan maktabida 4 ta fan: axloq, til, siyosat va adabiyot o‘qitilgan. 50 yoshida Konfutsiy siyosiy faoliyatini boshlab, Lu davlatida yuqori amaldor bo‘lib xizmat qiladi. Fitnalar natijasida xizmatidan ketadi, 13 yil mobaynida Xitoyning turli o‘lkalariga boradi, biroq u joylarda o‘z g‘oyalarini qo‘llay olmagach, miloddan avvalgi 484-yilda Luga qaytib keladi. Ta’lim berishdan tashqari qadimiy Xitoyning 5 ta mumtoz asari — „Shudzin“, „Shidzin“, „Idzin“, „Yuedzin“ va „Lidzi“ni to‘plash, tahrir qilish, tarqatish bilan shug‘ullanadi.
ZARDUSHTIYLIK DINIY-FALSAFIY TA’LIMOTI
ZARDUSHTIYLIK DINIY-FALSAFIY TA’LIMOTI - Zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotiga ko‘ra, olamda ikkita kuch: yaxshilik va yomonlik kuchlari bo‘lib, ular bir-birlariga qarshi kurash olib boradilar. YAxshilik kuchlariga xudo Ahura Mazda, yomonlik kuchlariga Axriman boshchilik qilishadi. Insonning hayoti, uning taqdiri, baxti va baxtsizligi shu ikki kuch kurashi bilan bog‘liq holda ko‘rsatiladi. Bunda inson bu faoliyatining sub’ekti sifatida emas, balki xudolar ta’sir ko‘rsatadigan ob’ekt sifatida namoyon bo‘ladi. Asarda kishilar o‘z amaliy ishlari va axloqiy fazilatlari bilan yaxshilikka moyil ekanliklari, ular yovuz kuchlarga qarshi kurashda ezgu ruhlarga ko‘maklashishlari lozim, aks holda yomonlik tantana qilib, ular abadul-abad azob-uqubatlarda yashashi mumkinligi aytiladi. Bunda kishilarning yaxshilik va yomonlik haqidagi tasavvurlari va qarashlari ularning amaliy faoliyati bilan bog‘langan holda ko‘rsatilib, ular kishilar faoliyatini rag‘batlantiruvchi, yo‘naltiruvchi kuchlar sifatida ifodalanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |