Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi bitiruv malakaviy ishi
Örcin – Ipdan qilingan narvon (zinapoya). Öşür
Download 292.06 Kb. Pdf ko'rish
|
turk tili arxaizmlari va ularning semantik tadqiqi turkcha sozlikka kirgan sozlar misolida (1)
Örcin – Ipdan qilingan narvon (zinapoya).
Öşür – aşar, ondalıki. Mahsulotning o`ndan bir qismi. 1.2. Turk tiliga o‘zlashgan arxaik leksika Arxaizmlar ustida olib borgan tadqiqot jarayonida hozirgi turk tilshunosligida, turkcha izohli va ensiklopedik lug‘atlarida eskirgan so‘z, atama va tushunchalar sifatida berilgan leksik birliklarning katta qismi arab tilidan o‘zlashgan ekanligiga ishonch hosil qilindi. Buning asosiy sababi esa, nazarimizda, usmoniylar davlati hukm surgan davrda, ya’ni XIV asr boshidan XX
13 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 277 14 Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. S. 424 15 Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. S. 436 16 Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. S. 436 14
asrning ilk yillariga qadar Usmonli turkchasi gurkirab rivojlangani va barcha sohani qamrab olganligi hisoblanadi. Chunki, yuqorida ham ta’kidlangani singari, Usmonli turkchasi arab va fors tillarining sinteziga o‘xshagan murakkab tilga aylanib qolgan edi. Turk tilining izohli lug`atidan joy olgan aniq misollarga murojaat qilaylik. Тurk tilidagi resim (ar. resm) so‘zi hozirgi tildagi arabchadan o`zlashgan örf va
turadi. Jonli nutqda ushbu so‘z deyarli qo‘llanilmaydi. Uni badiiy asarlardagina uchratish mumkin. Ushbu so‘zning merasim (marosim) shakli (resim so‘zi o`zagi asosida yasalgan) nutqdagi faol so‘zlardan biri hisoblanadi. Turk tilining izohli va ensiklopedik lug‘atlarida ushbu so‘zga “1. marosim; 2. urf-odat” deb izoh berilgan. 17 O‘zbek tilida esa, aksincha. Rasm so‘zi nutqda urf-odat, an’ana so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llanib kelinmoqda. Xuddi shu mazmundagi turkiy tilga arabchadan o‘zlashgan yana bir so‘z teamül (ar. tea : mül) dir. U hozirgi turk tilida eskirgan va kam qo‘llanadigan so‘z bo‘lsa-da, badiiy adabiyotda odat va urf so‘zlarining sinonimi sifatida uchrashi mumkin. Ma’nosi: “Bir joyda qadimdan davom etib kelgan xatti- harakat, munosabat (odat)”. Ushbu so‘z yordamida turk tilida teamül hukuku iborasi yasalgan (ma’nosi: urf odatlarga asoslangan huquq; urf-odat
18
O‘zbek tilila rasm so`zi ham taomil so`zi ham eskirgan so`z emas. O`zbek tilining izohli lug‘atda taomil so‘ziga quyidagicha izoh beriladi: “Taomil – biror jamiyatda odat hukmiga kirgan tartib-qoida,” 19 rasm, tradisiya (an’ana), urf-odat, udum so‘zlarining sinonimi: eski taomil, yangi taomil kabi. To‘yning to‘ri aziz mehmonlarga ataladi. Urf-odatimiz, taomilimiz shunday
17 Diktonnaire Larousse, Ansiklopedik Sözlük, Milliyet Gaz-si Yayını, 1993-1994, C. 5, S. 2004 18 Türkçe Sözlük, TDK, 9. Baskı, 1.-2. Ciltler, Ankara, 1998, s. 2160 19 Ўзбек тилнинг изоҳли луғати, 2 томли, Москва, “Рус тили” нашриёти, 2-том, 1981, 121-б.
15
(M. Nazarov. Cho‘lni yashnatganlar). To‘y kunlari ichkarida samovarni ko‘pincha erkak kishi qaynatishi eskidan taomil bo‘lib qolgan (Oybek. Qutlug‘ qon).
O‘zbek tiliga arab tilidan o‘zlashgan va odat, urf (urf-odat), taomil yoki udum so‘zlarining ma’nodoshi bo‘lgan an’ana so‘zi (ar. a’nane) turk tilida ham an’ane shaklida lug‘atlarga kiritilgan va eskirgan so‘z sifatida belgilab qo‘yilgan. Uni ko‘proq badiiy va tarixiy asarlarda uchratish mumkin (Böyle ufak kasabalarda, öteden beri arisokratik bir an’ane vardı. – E. E. Talu 20 –Ana shunday shaharchalarda unchalik serhasham bo‘lmasa-da, oqsuyaklarga xos an’analar bor edi). An’ane so‘zi eskirgan so‘z hisoblansa-da, undan turk tilida bir necha shakl yasalgan: an’aneci, (an’analarga sodiq), an’anecilik (an’anachilik), an’anesiz (an’analarga sodiqlik), an’anevi (an’anaviy, an’anaga asoslangan) kabi. Turk tilida eskirib qolgan, o‘zbek tilida esa qadimdan bugungacha qo‘llanib kelayotgan an’ana so‘zining hozirgi turk tilidagi muqobili gelenek so‘zidir. Gelmek (kelmoq) fe’li o‘zagidan yasalgan gelenek so‘zi (gel – gelen - gelenek) keng ma’noda bir avloddan keyingilariga o‘tib kelgan bilim, ma’lumot, e’tiqod, hayot tarzi, qisqacha, ma’naviy madaniyat ma’nolarini beradi. Tor ma’noda esa gelenek (an’ana) nasllardan nasllarga o‘tib kelayotgan, bir jamiyatda muqaddas deb hisoblangan muhim nuqtai nazarlardir. Arab tilidan o‘zlashgan beşeriyet so‘ziga –çi turkcha yasovchisi qo‘shilishi natijasida yasalgan beşeriyetçi so‘zi va unga –lik yasovchisi qo‘shilishi natijasida yasalgan hozirgi turk tilida eskirgan so‘z bo‘lib, “bashariyat tarafdori, gumanist, insonparvar (kishi)”, “bashariyatchilik ishi, gummanizm, insonparvarlik” ma’nosida qo‘llaniladi. 21 Misollar: Download 292.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling