Sharq mamlakatlar iqtisodiyoti, siyosati va turizmi fakulteti hind-ingliz guruhi IV kurs talabasi mamasoatov elyorning


Kondratyov to’lqinlarining mohiyati va o’ziga xosligi


Download 151.2 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi151.2 Kb.
#218557
1   2   3   4   5
Kondratyov to’lqinlarining mohiyati va o’ziga xosligi.

Kondrtyov to’lqinlari rus iqtisodchi olimi Nikolay Kondratyov tomonidan ilgari surilgan. Ushbu olim rejali iqtisodiyot sharoitida ijod qilib, faoliyat yuritganligi uchun uning qarashlari zamondosh iqtisodchilari tomonidan tanqidga olinsada, ko’plab dunyo olimlari tomonidan e’tirof etilgan. Uning nazariyasini birinchilardan bo’lib e’tirof etgan olim, innovatsiya atamasi va iqtisodiy tushunchasining asoschisi Jozef Shumpeter hisoblanadi. Ba’zi iqtisodchi va siyosatchi olimlar fikricha uning qarashlari hozirgi zamonda o’z tasdig’ini topmoqda. Bular asosan neoklassik makatab vakillaridir. N.Kondratyov sotsialistik va rejali iqtisodiyot davrida faoliayt yuritsa ham, bozor munosabatlarining tarafdoi bo’lagan va Yangi Iqtisodiy Siyosatni qo’llab-quvvatlagan.

Kondratyov to’lqinlari uzoq muddatdagi istiqbolga mo’ljallangan bo’lib, iqtisdiyot nazariyasida “katta sikllar” nomini olgan. Boshqa sikllardan farqli ravishda uning fazalar davriyligi yarim asrga – 50 (10 yil farqlanishi mumkin, ya’ni 40-60) yillik muddatni o’z ichiga oladi.

Kondratyov sikllari davrlari asosan quyidagicha:

1-sikl. 1803 yildan 1841-43 yillargacha;

2-sikl. 1844-51 yillardan 1890-96 yillargacha;

3-sikl. 1891-97 yillardan 1945-47 yillargacha;

4-sikl. 1945-47 yillardan 1981-83 yillargacha;

5-sikl. 1981-83 yillardan 2018 yilgacha;



6-sikl. 2018 yildan 2060 yilgacha.

“Postkondrtyov” deb nom olgan to’lqinlarda fazalar muddati va sanalarga bog’liq bir muncha tafovutlar mavjud. Masalan, kondrtyov to’lqinlarining boshlanishi va tugashi bilan bog’liq quyidagicha ko’rinish ham mavjud:



  • 3-sikl: 1890-96 yillardan 1939-50 yillargacha;

  • 4-sikl: 1939-50 yillardan 1984-91 yillargacha;

  • 5-sikl: 1984-1991 yillardan - ?

Biroq har qanday postkondratyov to’lqinlarini 50 yillik fazaning 10 yillik tafovuti mavjudligi tamoyilidan kelib chiqsak, ularni modifikatsiyalangan turi deb qarashimiz mumkin.

Ko’p olimlar to’lqinlar o’zgarishini texnologik uklad bilan bog’laydilar. Ilg’or texnologiyalar iqtisdiyotning ba’zi sohalarini keskin rivojlanishiga ta’sir ko’rsatsa, boshqalarining biznes olamidan chiqib ketishiga sabab bo’lmoqda. Iqtiosdchi olimlar fikricha, kondrtyov to’lqinlari sanoatlashtirish tamoyillarini realizatsiya qilishga yordam beradi. Texnologik ukladga binoan kondratyov to’lqinlari quyidagi dinamikaga ega:



  • 1-sikl – tekstil fabrikasi va ko’mirning sanoatda ishlatilishi;

  • 2-sikl – ko’mir vat emir rudasini qazib olish, temir yo’l qurilishi va bug’li dvigatel;

  • 3-sikl – og’ir mashinasozlik, elektroenergetika, noorganik kimyo, po’lat va elektr dvigateli ishlab chiqarilishi;

  • 4-sikl – yengil avtmobilsozlik, kimyo sanoati, neft qayta ishlash, ichki yonuv dvigateli;

  • 5-sikl – elektronika, robotexnika, EHM, lazer va telekommunikatsiya;

  • 6-sikl – nano, bio va kognitiv texnologiyalar.

Agar texnoukladlar mamlakatlar miqyosida olinsa, rivojlangan mamlakatlarda yangi sikli rivojlanayotgan mamlaktlarga nisbatan ertaroq boshlanishi kuzatishimiz mimkin. Masalan, AQSH va Rossiya texnouklad shkalalari bo’yicha ulushlari taqqoslanganda, quyidagi ko’rsatkichlarni beradi:

1-jadval: Mamlakatlarning texnoukladlar bo'yicha ulushlari




Download 151.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling