Sharq mutafakkirlari asarlarida falsafiy ta’limotlar


Download 36.46 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi36.46 Kb.
#1614267
1   2   3
Bog'liq
Malikov Ikrom

Hindiston falsafasi. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta'limotlar yozma manba — «Veda»larda o'z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo'lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so'zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to'rtta to'plam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adxarvaveda»dir.
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo'lgan manbalarda ham o'z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma'noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo'lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma'lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o'rab turgan borliq, uning hayotdagi o'rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me'yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan. Qadimgi Xitoy falsafasi. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat o'ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o'rtalariga kelib, Yuanь-inь davlatida muayyan xo'jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo'liga o'tgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo'lishini o'ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o'z ta'sirini o'tkazgan.
Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi — taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy nuqtai nazariga ko'ra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi belgilaydi. u, ya'ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib — insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyatlaridan biridir. Konfutsiyning ta'kidlashicha, shaxs faqat o'zi uchun emas balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. Konfunsiy ta'limotida insonning hayotdagi ijtimoiy o'rni nihoyatda ulub, u o'ziga ravo ko'rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko'rmasligi, o'ziga ravo ko'rgan narsani boshqalariga ham ravo ko'rishi lozim. Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik, erkinlik boyalari takomilida muhim o'rin tutgan. Bu ta'limot Xitoyda ikki ming yil davomida davlat dini darajasiga ko'tarilgan va xalq hayotida muhim ahamiyat kasb etgan.Qadimgi Yunoniston va Rim falsafasi. Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar — antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafiy, tabiiy — ilmiy, ijtimoiy — ahloqiy ta'limotlari o'rganiladi.

Yunonistonda dastlabki falsafiy ta'limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o'rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624 — 547 yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi bo'lib, o'z davrining yetuk siyosiy arbobi, jo'brofi, faylasufi bo'lgan. Fales ta'limotiga ko'ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bo'lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o'zgarishda bo'ladi. Anaksimandr (Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o'rtalarida yashab ijod etgan. U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yotib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni qo'ygan bo'lsa, Anaksimandr dunyo — cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o'tishini ta'minlaydi, deb hisoblagan. Uning ta'limotini zamondoshi, shogirdi Anaksimen davom ettirdi. Anaksimen (eramizdan avvalgi 588-525 yillar) havo — olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, havoning quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov paydo bo'lgan. Suqrot (eramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli — Sokrat) — qadimgi Yunon faylasufi. «Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shubullangan, hurfikrli inson, kambabaldan chiqqan, tosh yo'nuvchining o'bli, o'ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo'lgan.


Markaziy Osiyo xalqlari axloqiy ta’limotlar taraqqiyoti tarixini o‘rganishda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz asarlari muhim o‘rin egallaydi. Xususan, YUsuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» («Saodatga eltuvchi bilim»), Axmad YUgnakiyning «Xibbat ulxayqiriq» («Xaqiqatlar armug‘oni»), shular jumlasidandir.
Buyuk mutafakkir bobokalonimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning «Maxbub ul qulub» («Kungillarning kaliti»), «Lison o‘tayr» («Kush tili») kabi asarlari axloqiy ta’limotlar tarixini o‘rganishda olamshumul manba sifatida xizmat qildi.
O‘rta asrlarda boshqa SHarq mamlakatlarida xam shpor axloqiy g‘oyalarni ilgari surgan donishmand mutafakkirlar etishib chiqdi. Ayniqsa, IX—XII asrlarda Markaziy Osiyoda madaniyat, ilmfan va falsafaning yuksak darajada rivojlanishi uchun qulay tarixiy, ijtimoiy va siyosiy shartsharoit vujudga keldi. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining falsafa, axloq soxasidagi nazariy merosi umuminsoniy madaniyatga muxim hissa bo‘lib qo‘shildi.
Ularning falsafiy qarashlari taraqqiyoti, shuningdek davlat, ijtimoiy xayotga bo‘lgan munosabatlari, axloqiyestetik qarashlarning rivojlanishiga islom dini o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Allomalarning axloqiy ta’limotlarida inson eng buyuk oliy zot, deb bahrlanadi. Bu mutafakkirlar xamma narsaning qadrqimmatini insoniylik bilan belgiladilar va insonparvarlik g‘oyalari axloqiy tizimda yuqori bosqichga ko‘tarildi.
SHarqning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Muxammed Tarxon Forobiy (873-950 y.y.) o‘z davrining g‘oyalarining ifodalab, ijtimoiyfalsafiy fikrning rivojlanishida muxim rol o‘ynagan 160 dan ortiq asar muallifi Forobiyning 40 asari saqlanib qolgan.
Forobiy Arastuning falsafiy qarashlarini chuqur o‘zlashtirib, uni targ‘ib qiladi. Masalan, Aras­tuning axloqiy ta’limotini sharxlab, shunday yozadi: «Oliy farog‘at fakat bu dunyoda bo‘lib, baxtni bu dunyodan tashqarida bor, deb hisoblanadigan barcha narsa aqlsizlikdir».
Forobiy «Baxtsaodatga erishuv haqida», «Fozil odamlar shahri» va boshqa asarlarida ijtimo­iy hayot masalalari bilan birga, fozil shaharda yashovchi xalqning axloqiy normalari, munosabatlari va xulq qoidalarini batafsil bayon etadi. Foro­biy inson va jamiyatni ta’riflashda evdemonizm nuqtai nazaridan to‘rib, fikr yuritadi. Aql va axloqning o‘zaro aloqadorligi tamoyiliga amal qiladi.
Faylasuf axloq nomalarini, aqillik bilan bog‘laydi. Uningcha, aqilli inson xar tomonlama, jumladan, axloqan mukammal bo‘ladi. Inson kamolotga erishuv yo‘lida xarakat qilganda aqliy bo‘lishga xam xarakat qilmog‘i lozim. SHundagina u ezgu niyatiga, ya’ni baxtsaodatga erishadi. YAxshi fazilatga ega bo‘lmoq uchun barcha ijobiy sifatlarni inson o‘zida mujassamlashtirmog‘i lozim. Xususan, inson jismoniy, axloqiy va aqliy jixatdan mukammal bulmog‘i, ya’ni idrokli, ziyrak bilimdon, yaxshi muomalali, pok adolatli, insonparvar, kuli ochiq, o‘z harakati va fikrida qat’iy, jasur, qo‘rqish va ojizlikni bilmaydigan bo‘lishi kerak
Bularning barchasiga bil im orqali erishiladi. Forobiy insoniy fazilatlarni ikkiga bo‘ladi, ya’ni nazariy fazilatlar va amaliy san’at (kasbhunar) fazilatlari. Inson bu fazilatlar yordamida baxtsaodatga erishadi.
Forobiyning fikricha, donolik bu baxt xaqida bilim beradigan fazilat, muloxazalilik va baxtsaodatga erishish xaqida bilim fazilatidir. Foro­biy fazilat xaqida ham fikr yuritib, u ezgulikka daxldor bo‘lishdan vujudga keladigan mexroqibat tufayli hosil bo‘ladi, deb ta’kidlaydi. Ushbu fikrlar o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, kelajak sari dadil qadamlar bilan rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun katta ahamiyatga ega.
Respublikamiz Prezidenta Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganlaridek «Mamlakatimiz taraqiyoti xalqimizning jipslashib, birbirimizga mexroqibatli bo‘lishimizga bog‘gliq. SHu narsa bizga umid, ishonch va kuch bag‘ishlamoqda, tinchtotuv xayotga asos bulmoqda».
Xar bir kishi o‘zining kelajagini buyuk bir maqsad shaklida bashorat va tasavvur qila olmasa uning bunyodkorlik faoliyati susayadi xamda astasekin o‘z qiyofasini yo‘qota boshlaydi. Forobiyning fikricha, insoniy vujuddan maqsad — eng oliy baxtsaodatga erishuvdir, avvalo bu baxtsaodatning nima va nimalardan iborat ekanligini bilishi, unga erishuvni uziga g‘oya va eng oliy maqsad qilib olishi, butun vujudi bilan maftun bo‘lishi kerak keyin bu baxtsaodatga erishtiradigan ishlarni shaxsan bajarishga kirishmog‘i lozim bo‘ladi. Demak baxtni qo‘lga kiritish uchun inson faol, tashabbuskor bo‘lishi kerak Forobiy baxtsaodatga ilmma’rifat orqali erishiladi, chunki u olamning moxiyati, mazmuni xaqida to‘liq mukammal bilim, kasbhunar egallash uchun muximdir, deb ta’kidlaydi.
Forobiy insonning kamolotga erishuvida ta’limtarbiya nihoyatda zarurligini ko‘rsatib o‘tadi. U insonning ma’naviy xayotida onglilik va axloqiylikka e’tibor beradi. Forobiy inson axloqi uning faoliyatini belgilashda mezondir, ya’ni insonning ma’naviy boyligi, mazmuni uning axloqiy xarakatlarida namoyon bo‘ladi, deb xisoblaydi.
Forobiy «Baxtsaodatga erishuv haqida»gi risolasida inson guzallikni samarali idrok etishi uchun unda nozik tabiat va aqliy mukammallik zamini bo‘lishi keraq hissiy va aqliy qobiliyatga ega bo‘lgan insongina dunyoning barcha sirlarini bila olishi mumkin, deb ta’kidlaydi. Inson aqlidroki tufayli hakikiy insonga aylanadi, bilim insonga baxt va shodlik keltiradi, inson bilish orqali o‘zida guzallik va mukammallikni kashf etadi, deb o‘qtiradi. Forobiy odamlarni ilm bilan, san’at bilan shug‘ullanishga da’vat etadi va shu tufayli go‘zal narsalar tushunarli narsaga aylanadi, deb ko‘rsatadi.
Forobiy insonning o‘zo‘zini tarbiyalashida, uni estetik rivojlanishida nazm va musiqa san’atining o‘rnini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, san’atning barcha turlari birbiridan farq qiladi: nazm san’ati so‘z bilan, tasviriy san’at esa buyoqlar bilan ish ko‘radi, lekin ular insonga bir xil ta’­sir ko‘rsatadi. U Arastu izidan borib bu san’atlarning har ikkalasi taqlid qilish yordamida kishi­larning tasavvuriga va xissiyotiga ta’sir ko‘rsatishini maqsad qilib qo‘yadi, deb ta’kidlaydi.
Forobiyning fikricha, san’at insonda go‘zal es­tetik fazilatlarni tarbiyalashga qodir kuchga egadir. SHu bois mutafakkir inson oldiga aloxida talablar qo‘yadi. U mazkur risolasida ta’limtarbiya masalalariga aloxida tuxtalib, yoshlarning axloqiy fazilati nizomlarini xamda ularning san’atni egallashi uchun amaliy malakalarini tarbiyalash — tarbiyachilarning muqaddas vazifasi ekanligini ko‘rsatib beradi.
Ulug‘ uzbek mutafakkir olimi, o‘rta asr ilmfani va madaniyatining buyuk vakillaridan biri Abu Rayxon Muxammad ibn Axmad al Beruniy (973—1048 y.y.) ilmiy merosida il yurt axloqiy fikrlar yanada rivojlantirildi.
Beruniy ta’limotida axloqning moxiyati kishi­larning turmush tarzi bilan bog‘lab qaraladi. Boshqacha aytganda, Beruniy axloqning mazmunini ijtimoiy xodisalar, kishilarning moddiy extiyoji va manfaatlari bilan bog‘lagan xolda tushuntirishga xarakat qiladi. Uning fikricha, inson ongga ega bo‘lganligi, tafakkur qudrati soxibi sifatida unga mamlakatni obod qilishga va tartibot o‘rnatish buyurilgan. SHuning uchun u o‘z asarlarida vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ab qiladi.
Beruniyning axloqiy ta’limotida rostguylik bi­lan adolat bir xil qiymatga ega bo‘lgan tushunchalar sifatida qaraladi. YOlgonchilik yovuzlik kishini adolatdan yuz o‘girtiradi, zulm, omonatga xiyonat qilish xalqning buzilishiga sabab bo‘lib, yomon xulqlar sanaladi. Inson o‘zining dunyosini tarbiyalab borib, nafsini yomon xulqlardan tozalab, axloqiy davolash bilan kamolotga erishadi va salbiy xulqlardan xoli bo‘ladi. Xulqni yangilash insonning o‘ziga boshiq bulsada, sharoit bilan xam belgilanadi.
Beruniy insonning baxti bilim va ma’rifatda, deb biladi. U insonning ezguligi va uning olijanob axloqiy fazilatlarini mad etish bilan birga insondagi salbiy illatlarni qoralaydi. U xayotning ma’nosi masalasida ijodiy mehnat va yaxshilikni asos, deb hisoblaydi. Mehnat xayotda iz qoldiradi, uning mevasidan avlodlar foydalanadi. SHu bi­lan birga u zo‘ravonlik majburiy mehnatni qoralaydi, erkin mehnatni sharaflaydi.
Abu Rayon Beruniy nafosat haqidagi qarashlarida voqia-hodisalarning o‘zaro bog‘likligi va aloqadorlik manbai hamoanglik va uytunlikdir, deb ko‘rsatadi. Beruniy har qanday harakat va undan hosil bo‘ladigan natijalar moddaga taalluqdidir, uning o‘zi narsalar, voqea hodisalarni birbiriga bog‘laydi va ular shakllarini o‘zgartirib turadi, demak birlamchi moddaning o‘zi esa yaratuvchiga muhtojdir, degan fikrni ilgari suradi.
Beruniy estetik qarashlarda nafosatning tabiiy asosi sifatida amal qiladigan amoanglik ayrim hodisalarga amal qiladigan etilgan bo‘lib, guzalik tabiat va insonga xos bo‘lgan kamolot, etuklik sifati darajasida baholangan. Uning fikricha, hech nimaga muhtoj bo‘lmagan narsalarni etuq mukam­mal deyish mumkin.
Axloqiy ta’limotlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino (980-1037 y.y.) edi. Ibn Sinoning axloqiy ta’limoti Beruniyniki singari Forobiy qarashlari ta’sirida shakllandi va rivojlandi.
Ibn Sinoning ijodiy faoliyatida axloqiy masalalar katta o‘rin egallaydi. Bu muammolarga muallim o‘zining «Axloq», «Axloq fani», «Oila qurilishi» va boshka asarlarida katta o‘rin beradi. Uning axloqiy ta’limoti ijtimoiysiyosiy va falsafiy g‘oyalardan kelib chiqdi. Ibn Sinoning fikricha, axloqshunoslik yaxshilikni yomonlikdan ajratadigan va kishining baxtli bo‘lishi uchun sharoit ta’minlab beradigan fandir. U axloq kategoriyasiga yaxshilik va yomonlik ajratilgan va kishining baxtli bo‘lishi uchun sharoit ta’minlab beriladigan fandir.
Insoniy adolat inson xattixarakatining eng muxim bezagidir. Uningcha, adolat ruxiy lazzatning bosh o‘lchovidir. Adolat odamning ruhiy lazzatining bash o‘lchovidir. Adolat odamning uch istagi sabr, sabr, jasurlik donolik bilan paydo bo‘ladi. Agar in­son bu fazilatga ega bo‘lsa, u o‘zini saklay oladi, yaxshilikni o‘zida mustaxkamlab, xaqiqiy ruxiy lazzatga erishadi. Demak adolat yaxshilik bi­lan yomonlikning mezoni.
Ibn Sino insonning yaxshi axloqiy fazilatlariga kishilarning yomon xulq va xatti-xarakatlarini qarshi qo‘yadi. U insonning salbiy nuqsonlariga aldash, nafrat, zaiflik, adovat, o‘ch olish, bo‘xton, irodasizlik kabi yomon xislatlarni kiritadi. Mu­tafakkir insonning nuqsonlaridan biri ishiga qarama-qarshi bo‘lgan joxillikdir, deb ta’kidlay­di. Bu bilan xudbinlik va munofiqlikni qoralaydi, xaqiqiy do‘stlarni soxta do‘stlardan farqlashga chakiradi. «YAxshi do‘st, deydi u, kishining xamma yaxshi va yomon sifatlarini aks ettiruvchi oynadir. YAxshi do‘st o‘z vaqtida butun nuqsonlarni ko‘rsatadi, maslaxat va xatti-xarakati bilan bu kamchiliklarni yuqrtishta yordam beradi. Rostguylik sadoqat, pok muhabbat, iroda makr, yovuzlik ustidan g‘alaba qozonadi, ikkiyuzlamachilik faqat o‘z foydasini ko‘zlab do‘stlashish yomonlikdir».
Ibn Sino axloqiy ta’limotining muhim tomonlaridan biri bolalar ta’lim-tarbiyasi masalasidir. U tarbiya kishilarning axloqiy fazilatlari rivojlanishida muhim rol o‘ynashini alohida ta’kidab, tarbiyaning asosiy maqsadi bolaga yaxshi axloqiy fazilatlarni singdirishdan iboratdir, deb isoblaydi. Uning fikricha, axloqiy tarbiyada jamoaning roli kattadir.
Ibn Sino yosh avlodni tarbiyalash oila va davlatning muxim vazifasi, jamiyat taraqqiyoti, jamiyatning xujalik va madaniy yutuqlari bevosita ma’lumotli, madaniyatli kishilarning o‘sishiga bog‘liq deb e’tirof etadi, «barcha bilimlarga ega narsalar mukammallikka moyildir» deb ta’lim beradi. «Mukammallik» atamasida u insonning ichki go‘zalligi va ezgulikka intilishini ifodalaydi.



Download 36.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling