Sharq mutafakkirlarining kasbiy ta’lim va tarbiyaga oid falsafiy psixologik qarashlari

Download 0.57 Mb.
Sana10.11.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1762529
Bog'liq
Shaxzod kasbiy psixologiya

Sharq mutafakkirlarining kasbiy ta’lim va tarbiyaga oid falsafiy psixologik qarashlari.

  • Buyuk ajdodlarimizning kasb to’g’risidagi qarashlari
  • Kasb psixologiyasini shakllanish tarixi
  • Kasbiy psixologiya rivojlanishining tarbiyaga oid falsafiy qarashlari

Reja:

Buyuk ajdodlarimizning kasb-hunar to’g’risidagi qarashlari

  • Kasb-hunar egalari qadimdan e‘zozlanib kelingan. Bizning davlatimizda ularga nisbatan hurmat-ehtirom o’zligimizni anglash tufayli yanada jamiyatimizda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, yuqori malakali, ma‘naviyatli, mohir kasb egalari tobora ko’proq talab qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi hukumatining qaror va Nizomlarida mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga katta ahamiyat berilmoqda va ular haqida alohida g’amho’rlik qilinmoqda.

Avestoning o’rni beqiyosdir. Avestoda inson mehnati bilan barcha yovuzliklardan qutulishi mumkin, degan ulug’ g’oya ilgari suriladi. Avestoda yoshlarni kasb-hunarga o’rgatishga, halol mehnat qilib to’q farovon hayot kechirishga da‘vat etiladi. Bundan ko’rinadiki, eng qadimgi davrlardanoq xalqimiz farzand tarbiyasiga, uni kasb-hunarli bo’lib farovon turmush kechirishini ta‘minlashga katta e‘tibor bilan qaragan.

Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Forobiy kasb-hunar to’g’risida ilk fikrlarini bildirib, qimmatli maslahatlar bergan, chunonchi, ta‘lim so’z va ko’nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish-harakat ekanligini, muayyan kasb-hunarni o’rganishga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo’lishini aytgan. Bu mulohazalardan anglanib turibdiki, alloma kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur hayotiy vosita bo’lib kelganini tan olgan.

Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida tarixda shakllanishini 3-bosqichini ajratish mumkin.

Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida tarixda shakllanishini 3-bosqichini ajratish mumkin.

  • XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek, psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu usullarini rasionalizasiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab chiqarish ta‘limining shakllanishi masalalariga e‘tiborning kuchayishdir.
  • XX-asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi.
  • XX-asrning 70-yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarini hal qiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu sohasi profpsixologiya yoki kasblar psixologiyasi deb nomlana boshladi. Kasb psixologiyasi doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AQSHlik olimlar J. Krites va D. Super ishlarida ko‘zga tashlangan.

XULOSA
Kasb tanlash bu o‘ziga yarasha murakkab jarayon bo‘lib, unda kasbni tanlashda ikkilanishlar, adashishlar, inqirozli jarayonlar yuz beradi. Kasb tanlash har doim bir xil darajada bo‘lmaydi. Bu insondagi ko‘pgina psixologik, fiziologik jarayonlar bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Kasbiy faoliyat tushunchasi bu juda keng va rivojlanib borayotgan jarayon hisoblanadi.Har bir davring rivojlanishi va o‘ziga xos xarakteridan kelib chiqqan holda insoniyat kasbiy amaliyoti kengayib boraveradi. Kasb – bu inson mehnat faoliyatining ko‘rinishi hisoblanadi. Bunda inson bir butun nazariy va amaliy malakalani egallagan bo‘ladi. Deylik vrach kasbi, bu kasb o‘z navbatida shu kasbning yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarga, ya’ni vrach terapevt, xirurg, okulist, nevropatolog va boshqalarga bo‘linadi. Ko‘rinib turibdiki, bu kasb juda ko‘plab mutaxassislarga bo‘linadi. Har bir davrda yoshlari o‘zi tanlagan kasbi haqida mustahkam tasavvurlari bo‘ladi. Yoshlar kasb haqida jamiyatdagi talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda tasavvurlarga ega bo‘ladilar. Yoshlardagi kasb haqidagi tushunchalar yoshlik davrdan boshlab rivojlanib borish asosida shakllanadi.
Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling