Sharq mutafakkirlarining til shakllanishiga oid qarashlari


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
Sana28.06.2020
Hajmi1.87 Mb.
#122140
Bog'liq
2 5458418016012208135


fayllar.org 

ma'muriyatiga murojaat qiling

 

 

shunga o'xshash topish



Sharq mutafakkirlarining til shakllanishiga oid

qarashlari

Download


 48.5 Kb.

Sana


23.06.2020

Hajmi


48.5 Kb.

Sharq mutafakkirlarining til 

shakllanishiga oid qarashlari

Reja: 


1.  

Beruniy asarlarida nutq madaniyatiga oid fikrlar. 

2.  


Abu Nasr Forobiy va nutq odobi. 

3.  


Abu Abdulloh al-Xorazmiy va Voiz Koshifiy

asarlarida nutq madaniyati masalalari. 

4.  


Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy faoliyatida

nutqning o`rni. 

Sharq  qadimdan  o`z  mutafakir  olimlari  bilan  ulug’lanib

kelingan.  Chunki  bu  donishmandlarning  ilm-fan

sohasiga 

qo`shgan 

ulkan 


merosi 

umumjahon

madaniyati  xazinasiga  qo`shilgan  ulkan  boylikdir.  Bu

meros bilan biz haqli ravishda faxrlanamiz.



Sharqda  va`zxonlik-balog’a,  balog’at  (chechanlik,

notiqlik)  deb  yuritilgan  va  notiqlik  san`ati  rivojlanishi

bilan nutq oldiga qo`yilgan talablar ham murakkablashib

bordi. Buyuk allomalardan Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn

Sino,  Abu  Abdulloh  al-Xorazmiy,  Mahmud  Koshg’ariy,

Zamaxshariy, Abu Ya`qub Sakkokiylar ham tilga, lug’atga

so`z odobi, grammatika va mantiqshunoslik ilmiga doir

asarlar  yozganlar,  boshqa  sohalarga  doir  yozgan

asarlarida  ham  nutq  madaniyati  masalalariga  katta

e`tibor berganlar.

Mana shunday Sharq mutafakkirlaridan biri Abu Rayhon

Beruniy.  Butun  umrini  ilm-fanga  baxshida  etgan  olim

Xorazmdagi  notinchliklar  tufayli  bir  muddat  Jurjonda-

shoh  Qobus  huzurida  istiqomat  qiladi,  ilmiy  asarlar

yaratadi.  Qobusga  bag’ishlab  “Qadimgi  xalqlardan

qolgan yodgorliklar” asarlarini yozdi.

Beruniy “Geodeziya” asarining kirish qismida fanlarning

paydo  bo`lishi,  tarmoqlanib  ko`payishi  haqida  so`z

yuritib, har bir fan inson hayotidagi zaruriy ehtiyoj tufayli

paydo  bo`ladi  deb  fikr  bildiradi.  Olimning  fikricha  –

grammatika, aruz va mantiq 

shu zaruriy ehtiyoj hosilasi

,

mevasi.  Inson  nutqi  o`z  tuzilishiga  ko`ra  rost  va



yolg’onni  ifodalashi  mumkin.  Bu  munozaraga  sabab

bo`ladi.  Bu  munozaralar  jarayonida  inson  rostni

yolg’ondan  ajratib  oladi,  rostni  yolg’ondan  ajratadigan

mezon yaratadi. Bu mantiq fani hisoblanadi. Mantiqning

sillogizmi  (qiyosi)  rostni  yolg’ondan  ajratish  vositasi

bo`ladi. Nutqdagi shubhali o`rinlar sezilsa ular “mezon”

asosida tuzatiladi.

Abu  Rayhon  Beruniy  mantiq  ilmini  o`rganmasdan  uni

malomat qiladiganlarga achinib shunday yozadi: “Agar u

dangasalikni  tashlab  oromga  berilmasdan  gap  bilan

bog’lanib  keladigan  nahv  (grammatika),  aruz  (she`r

o`lchovi)  va  mantiq  (logika)  ni  mutolaa  qilganda  edi,

so`z  (nutq)  zotan,  nasr  va  nazmga  ajralishini  bilgan

bo`lardi”.  Beruniy  nutqning  nazm  va  nasr  ko`rinishlari

borligini ko`rsatadi.

Nutqning  bu  turlari  ma`lum  qoidalar  asosida

shakllanadi.  Nasr  nahv  (grammatika)  qonun-qoidalari

asosida, nazm aruz talabiga binoan tuziladi.

Aytilgan  so`zning  me`yorini  o`lchovi  va  xatosini

tuzatuvchi  aniq  ikkita  mezon-nahv  nasrda  va  aruz

nazmda  bo`lib  qoldi,  grammatika  umumiyroq  bo`lib,  u

nazmni ham, nasrni ham o`z ichiga qamrab oladi.

Sharqda, ayniqsa Movarounnahrda va`zxonlik “Qur`on”ni

targ’ib  qilish  bilan  mushtarak  holda  olib  borilgani

barchaga  ma`lum.  Shuning  uchun  ham  so`zning

ahamiyati,  ma`nosi  va  undan  maqsadga  muvofiq



foydalanish  borasida  qadimdan  ko`p  yaxshi  fikrlar

bayon etilgan.

Abu  Rayhon  Beruniy  ham  bu  sohada  samarali  ijod

etgan.  152  asarning  muallifi  bo`lgan  Beruniydan

bizgacha o’ttizga yaqin asar saqlanib qolgan.

“Geodeziya”  asarida  olim  shakl  va  mazmun  birligiga

ham  katta  ahamiyat  beradi.  Shakl  mazmunga  xizmat

qilishi kerak deb hisoblaydi mutafakkir. Mazmunsiz har

qanday  shakl  ham  el  orasinda  e`tibor  qozonmaydi.

Shuning  uchun  ham  nutqning  ikkala  shaklida-ham

nasriy,  ham  nazmiy  shaklida  mazmun  bosh  mezon

hisoblanadi.  Nutq  o`zining  har  ikki  shaklida  ham

so`zlovchi o`z oldiga qo`ygan ma`noni (fikrni) ifodalashi

shart. Olim yozadi: “So`ngra so`z mana shu ikki qismda

(nasr  va  nazmda)  ham  so`zlovchi  maqsad  qilgan

ma`nodan  iborat  bo`lib  qoladi”.  Nasriy  yoki  nazmiy

nutqda  mazmun  bor  yoki  yo`qligini  bilish  tuzilgan

gaplarni  bir-biri  bilan  qiyoslash  orqali  aniqlanadi.  Bu

vazifani  esa  mantiq  fani  o`z  bo`yniga  oladi:”  ...  agar

(biror) ma`noga ega (jumlalar) tuzilib, ular (bir-biri) bilan

qiyos qilinsa ularda (ma`lum) ma`no topiladi yoki u inkor

qilinadi”.

“Xullas,  yaxshi  nutq  tuzish  uchun  nahv,  aruz  mantiq

fanlari hamkorligidan foydalinishi zarur bo`ladi. Ularning

birortasiga  ahamiyat  bermaslik,  bulardan 

birining


qoidasining buzilishi

, qolgan ikkitasiga ta`sir qilmay iloji

yo`q”.

Olim  o`z  fikrlarini  davom  ettirib,  har  qanday  tilning  o`z



grammatik  qurilishi,  grammatikasi,  o`z  tartib-qoidalari

bo`lishi,  bu  qoidalarning  shu  tilda  tuzilgan  nutq  uchun

ahamiyati  beqiyosligi  aytib,  bu  qoidalar  boshqa  tillar

uchun  nozarur  bo`lishi  mumkin  deydi.  Ammo  olim  har

bir  tilning  afzalligi  o`sha  tilda  so`zlovchilar  uchun

zarurdir deb hisoblaydi.

Beruniy  balog’a  san`atini  arab  tiliga  xosligi  haqida

gapirib,  bunday  nutq  texnikasi  arablar  uchun  fazilat

ekanligini  bayon  etadi.  Chunki  arab  tilida  balog’a

(notiqlik)  ning  mavjudligi  Qur`on  targ’ibotida  arab

nutqining 

ziynati 


sanaladi. 

Notiqlik 

san`atidan

foydalangan  kishining  yuqori  mansabga  erishuvi  va

boshqa bir kishining kambag’allikka yashashiga balog’a

aybdor  emas  deb  aytadi.  Boshqa  tillarda  balog’ani

egallaganlarning  obru  topmasliklariga  sabab,  balki

balog’aning  arablar  tilidan  boshqa  tillarga  ko`chirishda

bozor  yurishmaganidir,  ya`ni  notiqlik  ilmini  har

tomonlama 

chuqur 

o`rganmaganligidir 



deydi.

Shuningdek,  Beruniy  “Hindiston”  asarida  hindlarda

Voyakarona  deb 

ataladigan  til  ilmi  borligini

,  bu  ilm-ular

so`zlarini tuzatadigan nahv, xat yozishda balog’atli, nutq



so`zlashda  fasohatli,  yetuk  va  usta  qiladigan  ishtiqoq

ilmidan iboratdir deb ma`lumot beradi.

Sharq  allomalari  axloqiy-tarbiyaviy  asarlarining  asosini

Qur`oni karim suralari, Muhammad payg’ambar faoliyati

va  ko`rsatmalarini  ifodalovchi  hadislar,  hikmatli

hikoyatlar  tashkil  etadi.  “Qobusnoma”  ham  bundan

mustasno emas.

Yana  bir  vatandoshimiz  Abu  Nasr  Farobiy  to`g’ri

so`zlash, 

to`g’ri 


mantiqiy 

xulosalar 

chiqorish,

mazmundor  va  go`zal  nutq  tuzishda  leksikologiya,

grammatika  va  mantiqning  naqadar  ahamiyati  zo’rligi

haqida  shunday  deydi:  “Qanday  qilib  ta`lim  berish  va

ta`lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish” qanday

so`rash  va  qanday  javob  berish  (masalasi)  ga

kelganimizda  bu  haqidagi  bilimlarning  eng  birinchisi

jismlarga 

(substansiya-narsalar) 

va 


aksidensiya

(hodisalar)  ga  ism  beruvchi  til  haqidagi  ilmlar  deb

tasdiqlayman.

Ikkinchi  ilm  grammatikadir:  u  jismlarga  berilgan  ism

(nom) larni qanday tartibga solishni hamda substansiya

va  aksidensiyaning  joylashishini  va  bundan  chiqadigan

natijalarni  ifodalovchi  hikmatli  so`zlarni  va  nutqni

qanday tuzishni o`rgatadi.

Uchinchi  ilm  mantiqdir:  ma`lum  xulosalar  keltirib

chiqarish  uchun  logik  figuralarga  binoan  qanday  qilib

darak  gaplarni  joylashtirishni  o`rgatadi,  bu  xulosalar

yordamida  biz  bilmagan  narsalarni  bilib  olamiz  hamda

nima  to`g’ri,  nima  yolg’on  ekanligi  haqida  hukm

chiqaramiz .

Yuqorida  ko`rsatilganlardan  ko`rinadiki,  grammatika  va

mantiq  fanlarining  nutq  tuzishdagi  ahamiyatini  ikki

buyuk olim ham yuksak darajada anglaganlar va ularga

katta ahamiyat berganlar.

Abu  Nasr  Farobiyning  asli  ismi  Abu  Nasr  Muhammad

ibn  Muhammad  ibn  Ulug’  Tarxon  bo`lib,  u  “Sharq

Arustusi”,  “Muallimi  soniy”  hisoblangan.  Olim  butun

umri  mobaynida  160  dan  ortiq  asar  yaratgan.  Forobiy

asarlari  XII-XIII  asrlardayoq  lotin, 

qadimiy  yahudiy

,  fors

tillariga  tarjima  qilingan  Toshkentdagi  Beruniy  nomli



Sharqshunoslik 

institutida 

qadimgi 

Sharq


faylasuflarining asarlaridan jami 107 risolani, jumladan,

Forobiyning  16  risolasini  o`z  ichiga  olgan  “Hakimlar

risolalari”  to`plami  mavjud.  Olim  grammatika,  mantiq

she`riyat ilmlar fanlardan to`g’ri foydalanishni, bilimlarni

boshqalarga  so`z  vositasida  to`g’ri  tushuntirish,  aqliy

tarbiya berish uchun xizmat qilishini ta`kidlaydi.

Insonning  ibtidosida,  avvalo  “oziqlantiruvchi  quvvat”

paydo  bo`lib,  uning  yordamida  inson  oziqlanadi.  So`ng

“tashqi  quvvat-tashqi  ta`sir  natijasida  sezgi  organlari


orqali vujudga keluvchi quvvatlarning besh turi aytiladi”.

(teri-badan  sezgisi,  ta`m  bilish,  hid  bilish,  eshitish,

ko`rish sezgisi). “Ichki quvvat” 

ga esda olib

, qolish, xayol

(xotira, tasavvur), his-tuyg’u, nutq (fikrlash) “quvvat” lari

kiradi.

“Mantiq  san`ati  kishiga  shunday  qonunlar  haqida



tushuncha  beradiki,  bu  qonunlar  vositasida  aql

chiniqadi,  inson  sog’lom  fikr  yuritishga  o`rganadi”  deb

yozadi  olim.  Forobiy  mantiq  ilmi  bilan  grammatikaning

mushtarakligini ta`kidlab, mantiqning aqlga munosabati

grammatikaning  tilga  munosabati  kabidir  deydi.

Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq

ilmi  ham  tafakkurni  haqiqiy  yo`ldan  olib  borish  uchun

aqlni to`g’rilab turadi. Demak, buyuk qomusiy olim Abu

Nasr  Forobiy  ham  insonni  sog’lom  fikr  yuritishga

undovchi  mukammal  nutqni  tarbiyalash  yo`llari  haqida

ilmiy fikrlarini bayon etadi.

Nutq  madaniyati  masalalari  Beruniy  zamondoshi

bo`lgan  Abu  Abdulloh  al  Xorazmiy  asarlarida  ham  o`z

aksini  topgan.  Olimning  to`liq  ismi  Abu  Abdulloh

Muhammad  ibn  Ahmad  ibn  Yusuf  al-Xorazmiydir.

Xorazmiyning  bizgacha  yetib  kelgan  yagona  ma`lum

asari-  “Mafotih  ul-ulum”  (“Ilmlar  kalitlari”)  dir.  Bu

asarning  uch  nusxasi  Buyuk  Britaniya  muzeyida,  bir

nusxasi Berlin kutubxonasida saqlanadi. Amerikalik olim

K.Bosvort  asrimizning  60-  yillarida  ushbu  asarni  olti

nusxasini Turkiya kutubxonalarida borligini (Istambulda)

aniqladi.  Asarda  nutq  madaniyatining  ba`zi  bir

masalalari-devonxona  ish  qog’ozlari,  ularning  shakllari,

ishlatiladigan  islohatlar;  shuningdek  adabiyotshunoslik

fani  islohatlari,  ularning  ta`rifi  haqida  ma`lumot  beradi.

Asarning  beshinchi  bobida  aruz  va  qofiya  ilmi  hamda

she`riyatda  ishlatiladigan  badiiy  tasvir  vositalari,

ularning  fazilatlari  va  nuqsonlari  haqida  so`zlaydi.

Asarning beshinchi bobi besh bo`limdan tashkil topgan.

Beshinchi  bo`lim  X  asr  O`rta  Osiyo  she`riyatiga

bag’ishlanadi.  Bu  shuni  ko`rsatadiki,  X  asrdayoq

o`lkamizda  badiiy  nutq 

yuksak  darajada  rivojlangan

,

uning  nazariyasi  mukammal  ishlangan.  “Mafotih  ul-



ulum” asarining “arab ilmlari qismidagi yetti kalom, o`n

ikki  bobdan  grammatika  (sarf  va  nahv),  sakkiz  bobdan

ish  yurgizish,  besh  bob  she`r  va  aruz  ilmlariga

bag’ishlangan. Kitob arab tilida yozilganligi sababli ham

arab  adabiy  tili  grammatikasi,  uning  qonun-qoidalari

bayon etiladi. Shu o`rinda olim arab she`riyati  va  uning

tarkibiy qismlaridan bo`lgan aruz haqida ham mufassal

ma`lumotlar berishga harakat qiladi”.

Alisher  Navoiy,  Sa`diy  Sheroziy,  Husayn  Voiz  Koshifiy

kabi  Sharq  allomalari  ijodida  ham  nutq  odobi  qoidalari

mufassal bayon etilgan.


Husayn  Voiz  Koshifiy  Navoiyning  zamondoshi  bo`lib,

nutq  odobiga  doir  “Futuvvatnomayi  sultoniy”  asarini

yozadi.  Bu  asarda  nutq  madaniyatiga  oid  fikrlar

bildiriladi, so`z qudrati batafsil ochib beriladi.

“Agar so`z senikimi yoki sen so`znikimi, deb so`rasalar,

aytgil:  men  so`zniki  va  so`z  menikidir,  chunki  so`z

insonlik  daraxtining  mevasidir,  daraxtni  mevadan  va

mevani  daraxtdan  ajratib  bo`lmaydi”,  deb  yozadi  olim.

Aytilgan  so`z  odam  uchun  farzandi  jigarbandiday,  ota-

ona  farzandidan 

topolmagani  singari

,  inson  ham  o`z

so`zidan  tonolmaydi.  Farzand  ham  ota-onadan

tonolmagani  singari,  so`z  ham  notiqniki  hisoblanadi.

Shuning  uchun  ham  deydi  olim,  aytiladigan  so`zga

mas`ullik  ota-onaning  farzandga  va  farzandning  ota-

onaga  mas`ulligi  darajasida  bo`lmog’i  lozim.  Xalqqa

naf`i  tegadigan  farzand  qobil,  zarari  tegadigan  noqobil

sanalsa, so`z ham shunga o`xshash bo`ladi. Yaxshi so`z

egasiga sharaf keltirib, yomon so`z o`z egasini badnom

etadi.

Shuningdek,  olim  suhbat  odobi  qoidalari  haqida



ma`lumot  beradi.  So`zlash  ham,  tinglash  ham  katta

mas`uliyat va madaniyatni talab etadi. Agar inson yaxshi

so`zlasayu,  tinglashni  bilmasa,  yoki  tinglasayu,

so`zlashni  bilmasa  bu  ma`naviy  noqislik  alomatidir.

Madaniyatli  va  ma`rifatli  inson  so`zni  sidqu  sadoqat,

samimiyat  bilan  so`zlamog’i,  suhbatdosh  so`zini  jon

qulog’i  bilan,  diqqat-e`tibor,  xayrixohliki  va  hamdardlik

bilan tinglamog’i maqsadga muvofiqdir.

Suhbat  va  nutq  odobida  madaniyat  va  fahm-farosat

bilan  savol-javob  qilish

,  so`rashish  ham  muhim  o`rinda

turadi.


Mashhur  notiq  Koshifiy  o`z  suxandonligi  davrida  bu

qoidalarga to`la rioya etishga harakat qilgan va bo`lajak

notiqlarni  ham  bu  qoidalar  asosida  ish  yuritishga

undagan.


O`zbek  adabiyoti  tarixida  Bobur  lirikasi,  “Boburnoma”

asari  nutqning  go`zal  namunalaridir.  “Boburnoma”

nihoyatda  ravon  va  go`zal  tilda  yaratilgan.  Shoir  ham

ommabop yozishni ma`qul ko`rgan va o`g’li Xumoyunga

yozgan  xatida  birovga  yozgan  maktubni  bir  necha  bor

o`qish,  uning  ravonligiga,  so`zlarning  ko`zda  tutilgan

ma`nosi  to`g’ri  aks  ettirayotganligiga  ishonch  hosil

qilgandan 

so`ng 

jo`natishga 



chaqirdi. 

Chunki,


so`zlarning  xato  yozilishi  aytilmoqchi  bo`lgan  fikrni

xiralashtiradi, 

o`quvchini 

qiynaydi. 

Bu 

haqda


“Boburnoma”  da  shunday  fikrlar  bayon  etiladi:  “...Yana

men  degandek,  bu  xatlaringni  bitibsen  va  o`qumaysen,

ne  uchunkim,  agar  o`qur  xayol  qilsang  edi,  o`quyolmas

eding.  O`quyolmagandan  so`ng  albatta  tag’yir  bo`lur

eding.  Xatingni  xud  tashvish  bila  o`qusa  bo`ladur,  vale


asru  mug’laqdur.  Nasri  muammoni  hech  kishi  ko`rgan

emas.  Imlong  yomon  emas.  Agarchi  xili  rost  emas,

iltifotni  to  bila  bitibsen.  Qulunjni  yo  bilan  bitibsen.

Xatingni  har  tavr  qilib o`qusa bo`ladur,  vale bu mug’laq

alfozingdin maqsad tamom lafhum bo`lmaydur. G’olibo

xat  bitirda  kohilliging  ham  ushbu  jihattindur.  Takalluf

qilmay deysan, ul jihatdin mug’laq bo`ladur. Bundin nari

betakalluf va 

ravshan va pok alfoz bila biti

;  ham  senga

tashvish  ozroq  bo`lur  va  ham  o`qig’uvchig’a”  Bobur

o`zbek harbiy notiqlarining zabardast vakili bo`lgan.

Tarixnavis  shoir  Muhammad  Solih  bu  haqda  shunday

deb  yozadi:  “Mavlono  Bobur  Mirzo  nutq  so`zlaganda

so`z bilan tog’ni narm aylardi”.

O`zbek mutafakkirlari nutq ma`nosida “nutq”, “til”, “so`z”

atamalarini  ishlatganlar.  Eng  ko`p  uchragani  “so`z”

atamasidir.  Vaziyatga  qarab  til,  so`z,  nutq  o`rnida

qo`llana bergan.

Mavzuni  xulosalar  ekanmiz,  Sharq  mutafakkirlari  notiq

oldiga  tilni  chuqur  o`rganish,  uning  lug’aviy  boyligi  va

garammatikasini  puxta  egallash,  mantiqli  so`zlashni

o`rganish, nutqning ichki va tashqi ko`rinishiga (shakl va

mazmuniga)  birday  e`tibor  berish,  ravon  va  ta`sirchan

nutq  tuza  bilish,  til  boyliklarini  o`rinli  va  maqsadga

muvofiq  ishlatish  vazifalarini  qo`yadilar.  Sharq

mutafakkirlari  avvalo  o`zlari  madaniyatli  shaxs  sifatida

notiqlik  ilmini  o`rganganlar,  so`z  qudrati  haqida  ibratli

fikrlar  bildirganlar  va  bu  notiqlik  qoidalariga  rioya

qilganlar.  Nutqiy  madaniyatimizni  rivojlantirishimiz

uchun  ham  Sharq  mutafakkirlarining  nutq  odobi

haqidagi qarashlarini o`rganmoq lozim.

Adabiyotlar:

1.  


Qudratov T.Nutq madaniyati asoslari. T., 1993.  

2.  


Beruniy. Hindiston. T., 1965.  

3.  


Homidov H. Olis-yaqin yulduzlar. T., 1990.  

4.  


Ma`naviyat yulduzlari. T., 2001.  

5.  


Mallayev N. O`zbek adabiyoti tarixi. T., 1965.  

6.  


www.ziyonet.uz 

Download


 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Уровень сахара

упадёт сам,

если по утрам

съедать 5 гр.

этого!

Diabetal


Узбечка

показала, как

нужно лечить

простату и

усилить

потенцию

Spartagen



Этот гороскоп

огорошил весь

Узбекистан.

Читать

обязательно

Денежный Амулет



Восстановить

зрение до 99%

за 7 дней без

операции

Bioculist



Ayolingizni lol

qoldiring!

Tiger


«Самая

красивая

девочка в

мире».

Посмотрите,

какой она

выросла

Вестник


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020 

ma'muriyatiga murojaat qiling



 

© 2020

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling