Sharq mutaffakirlarining matematikaga oid qarashlari va ularning fan rivojiga qo'shgan hissalari


MAKTABGACHA YOSHDLAGI BOLALARDA MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH TA’LIMINING ASOSIY DIDAKTIK TAMOYILLARI


Download 59.42 Kb.
bet3/6
Sana04.04.2023
Hajmi59.42 Kb.
#1329090
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sharq matematik olimlarining asarlarida arfimetikaning rivojlani

MAKTABGACHA YOSHDLAGI BOLALARDA MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH TA’LIMINING ASOSIY DIDAKTIK TAMOYILLARI




Tayanch so‘z va iboralar: matematik tasavvurlar, didaktik tamoyillar, maktabgacha ta’lim muassasasi, turli yosh guruhlari, ilmiylik tamoyili, nazariya va amaliyotning birligi tamoyili, ko‘rsatmalilik tamoyili, sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik tamoyili, individual yondashish tamoyili, mashg‘ulot, didaktik talablar.
Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishning umumiy didaktik tamoyillari. Bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirishda quyidagi didaktik tamoyillarga asoslaniladi:

  1. Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyil maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganiladigan faktlarni ular fanda qanday yoritiladigan bo‘lsa, shunga moslab yoritishni talab qiladi, ya’ni biz ilmiylik to‘g‘risida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda, berilayotgan bilim mazmuni ilmiylik asosida tuzilgan bo‘lishiga e’tibor qaratishimiz kerak.

  2. Nazariya va amaliyotning birligi tamoyili. Bu tamoyil berilgan nazariy bilimlarning hayotga, amaliyotga bog‘lanishini butun choralar bilan kengaytira borishni talab qiladi. Matematik nazariyadan bevosita har xil mashq va masalalarni yechishga o‘tish yo‘li bilan bu tamoyil keng suratda amalga oshiriladi. Haqiqatan ham yosh bolalarga har kuni ko‘zi bilan ko‘rib yurgan xonada, ko‘chada, uydagi narsalar bilan bog‘langan holda mashg‘ulot o‘tish, ya’ni bilim berish lozim, chunki bu bolalarning tez tushinib olishiga, o‘zlashtirishiga yordam beradi.

  3. Ko‘rsatmalilik tamoyili. Bolalar tafakkurining aniqlikdan abstraktlikka qarab rivojlanish xususiyatlariga bog‘liqdir. Matematikani o‘qitishdan asosiy maqsad – mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iboratdir; biroq matematikani o‘qitish aniq fakt va obrazlardan ajralmasligi, aksincha, har qanday masalani o‘rganishi shu aniq fakt va obrazlarni tekshirishdan boshlash kerak.

Ko‘rgazmalilik o‘quv materialini o‘zlashtirishni osonlashtiradi va bilimning mustahkam bo‘lishiga yordam beradi. Masalan, doira haqida gapirganimizda bolaning har biriga doirachalardan berib qo‘yib bolalar ikki qo‘llari orasida ushlab ko‘rishlari kerak. Uning dumaloq ekanini, tekis ekanini qo‘l uchidagi bolaning hamma analizatorlari qatnashgan holda eslarida yaxshiroq qol adi.


  1. Download 59.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling