Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti


Download 82.32 Kb.
bet11/11
Sana14.04.2023
Hajmi82.32 Kb.
#1357431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-СОН БАЁННОМА 8.09.21

So‘zga chiqdi: kafedra mudiri - R.R.Alimova so‘zga chiqib, 2022-2023 o‘quv yilida kafedrada o‘qitiladigan fanlarning institut kutubxonasida ta’minlanganlik holati bo‘yicha ma’lumot berdi. Bu yil bakalavriat ta’lim yo‘nalishida 21 ta, magistratura mutaxassisligida 24 fandan, dars beriladi. O‘tgan o‘quv yilida ayrim fanlardan adabiyotlarning kutubxonada yo‘qligi aniqlangan edi. Shuning uchun 2022/2023 o‘quv yilida o‘qitiladigan fanlarning kutubxonada ta’minlanganlik ko‘rsatkichini 100 % ga chiqarish, ya’ni har bir fan dasturida ko‘rsatilgan adabiyotlarning kutubxona fondida mavjud bo‘lishi kerakligi aytildi. Bu masala bilan shug‘ullanish kafedra o‘qituvchisi S.Salimovga yuklatilgan edi. S.Salimov kutubxona bilan ish olib borilganligi, yo‘q adabiyotlarni olib kelib kutubxonaga topshirilganligini ama’lum qildi.


QAROR QILINDI:

  1. 2022-2023 o‘quv yilida kafedrada o‘qitiladigan fanlarning universitet kutubxonasida ta’minlanganlik holati bo‘yicha axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari dars beradigan fanlari bo‘yicha kutubxonaning adabiyotlar bilan ta’minlanganligini o‘rganib chiqib, yetishmayotgan adabiyotlarni ta’minlash fan o‘qituvchisi zimmasiga yuklatilsin.

VII ESHITILDI:
Turli masalalar. Onlayn o‘tilayotgan darslarning sifati masalasi.
Kafedra mudiri R.R.Alimova o‘tilayotgan darslarning sifatiga e’tibor qaratish kerakligi, talabalarga mavzu bo‘yicha tavsiya qilinayotgan adabiyotlarning kutubxonada mavjudligi, yo‘q bo‘lsa, ta’minlab qo‘yish masalasini o‘rtaga tashladi. Bundan tashqari modul tizimini kerakli hujjatlar bilan ta’minlash hali oxiriga yetmaganligini ham eslatib o‘tdi. Fanlar kontentlari to‘liq bo‘lishi har bir professor-o‘qituvchining zimmasiga yuklatildi.
QAROR QILINDI:

  1. O‘qitilayotgan fanlarning sifatiga alohida e’tibor qilinsin.

  2. Modul platformasini zaruriy materiallar bilan ta’minlash ma’suliyati fan o‘qituvchisi zimmasiga yuklatilsin.

Kafedra mudiri: R.R.Alimova


Kotib: A. Shosaidov
Download 82.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling