Sharq taronalari


Download 1.86 Mb.
bet1/6
Sana07.05.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1438723
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sharq taronalari kurs ishi


Mundarija
Kirish ………………………………………………………………………………

I-Bob “Sharq taronalari” V xalqaro musiqa festivali doirasida o’tkazilgan shashmaqom an’analari va zamonaviylik konferensiyasi………………………………………………………………………...1.1 O‘zbekiston Respublikasi Rrezidentining qarori “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida………………...
1.2 Qadimiy va hamisha navqiron Samarqandda “Sharq taronalari” V xalqaro musiqa festivaliga ko`rilgan tayyorgarlik……………………………………………

II- Bob O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Sharq taronalari» o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalida ishtiroki………………………..
2.1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 avgust kuni «Sharq taronalari» o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimidagi nutqi ………………………………………………………………….
2.2 "Sharq taronalari" haqida 10 fakt…………………………………......................
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Musiqa, qoʻshiq inson qalbida eng nafis tuygʻularni uygʻotuvchi, kishini ruhlantirib, ezgu ishlarga boshlovchi qudratli kuch. Til, millat tanlamaydigan navolar tarjimonsiz, hech bir vositasiz inson yuragiga kirib boradi. Dillarni dillarga, ellarni ellarga bogʻlaydi. Tinchlikni, madaniyatni, maʼnaviyatni targʻib etadi, insoniylikni ulugʻlaydi.


1997-yildan buyon har ikki yilda muntazam oʻtkazib kelinayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Oʻtgan yillar mobaynida mazkur sanʼat forumi dunyo xalqlari milliy musiqa madaniyati anʼanalarini asrab-avaylash, targʻib etish, tili, dini, millatidan qatʼi nazar, barcha xalqlarni sanʼat orqali yaqinlashtirish va ular oʻrtasida doʻstlik aloqalarini mustahkamlaydigan nufuzli festivalga aylandi.
Festival “Sharq taronalari” deb nomlansa-da, unda sayyoramizning barcha qitʼalaridan xonanda va sozandalar, musiqashunoslar ishtirok etib, oʻz milliy kuy-qoʻshiqlarini ijro etmoqda, anʼana va qadriyatlarini namoyish qilayotir.
Shu paytgacha oʻn bir marta oʻtkazilgan ushbu musiqa anjumanida dunyoning 114 davlatidan vakillar qatnashgan. Birgina joriy yilning oʻzida ishtirokchi davlatlar soni 75 tani tashkil etdi. Festival tanlov dasturlarida esa 32 mamlakat musiqiy jamoasi, xonanda va sozandalar qatnashdi. Argentina, Myanma davlatlari va Fiji orollari vakillari “Sharq taronalari”da ilk bor ishtirok etdi.
Festivalning tantanali ochilish marosimida birinchi Prezidentimiz Islom Karimov taʼkidlaganidek, sayyoramizda turli kelishmovchilik va qarama-qarshiliklar, urush va nizolar avj olgan tahlikali zamonda, odamzot tobora oʻz dunyosiga oʻralib borayotgan bir sharoitda, musiqa insonga insonligini eslatib, uning qalbida kelajakka umid va ishonch uygʻotadi. Bu fikrlarni BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh direktori Odri Azule xonim ham alohida qayd etdi.
– Jaloliddin Rumiy “O rubob ohangi, qaydan paydo boʻlursan?” deb hayratlangan edi. Biz esa bu savolga javoban “Ohang, shubhasiz, oʻzaro aloqa, hamkorlik natijasidir” deya javob berishimiz mumkin, – dedi Odri Azule tabrik soʻzida. – Zero, madaniyatlar bir-biridan ayro holda taraqqiy etmaydi. Ular oʻzaro muloqot natijasida oʻsadi, rivojlanadi. Bugun Samarqand zaminida oʻtayotgan festival dasturi ayni shu fikrning yaqqol tasdigʻidir. Mazkur festivalda biz umumbashariy qadriyatlarni yana bir bor his qilishimizni aytish lozim.
Bu jihatlar festival doirasidagi tadbirlarda yana bir bor oʻz ifodasini topdi. Registon maydonidagi asosiy sahnada, shuningdek, Samarqand shahri, Oqdaryo, Pastdargʻom, Jomboy, Samarqand, Urgut tumanlaridagi istirohat bogʻlari, musiqa va sanʼat maktablarida dunyo xalqlari kuy-qoʻshiqlari yangradi. Doʻstlik, hamjihatlik, ahillik madh etildi


I-Bob “Sharq taronalari” Vxalqaro musiqa festivali doirasida o’tkazilgan shashmaqom an’analari va zamonaviylik konferensiyasi
1.1 O‘zbekiston Respublikasi Rrezidentining qarori “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
Samarqand shahrida 1997-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali qisqa muddatda jahondagi nufuzli musiqa anjumanlari qatoridan munosib o‘rin egalladi. Ko‘plab davlatlar, xalqaro madaniyat tashkilotlari, dunyo miqyosida tanilgan mashhur san’at namoyandalarining bu festivalga bo‘lgan qiziqishi va e’tibori ortib, ishtirokchi mamlakatlar safi kengayib borayotgani buning yaqqol dalilidir.Asosiy g‘oyasi insonlarni go‘zallik, nafosat va ezgulikka da’vat etish, dunyo xalqlarining noyob musiqiy merosi va an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishdan iborat bo‘lgan “Sharq taronalari” musiqa festivali tili, madaniyati, milliy qadriyatlari rang-barang bo‘lgan turli millat va elatlarni san’at vositasida mushtarak maqsadlar yo‘lida yaqinlashtirishga, O‘zbekistonning jahon miqyosidagi obro‘-e’tibori ortishiga xizmat qilayotganini qayd etish zarur.
Ayniqsa, bugungi notinch va tahlikali zamonda yovuzlik va jaholatning har qanday ko‘rinishlariga qarshi ma’rifat asosida kurashish, xalqimiz ma’naviyati, uning ko‘p asrlik musiqa xazinasini boyitishda mazkur festivalning roli va ahamiyati yanada kuchayib bormoqda.
Shu munosabat bilan 2005-yilning 25 — 30-avgust kunlari Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” 5-xalqaro musiqa festivalini yuksak g‘oyaviy-badiiy darajada, uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida:
1. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi 1-ilovaga, festivalning tantanali ochilish va yopilish marosimlari uchun badiiy dasturlar yaratish bo‘yicha ijodiy guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tashkiliy qo‘mita o‘n kun muddatda festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish rejasini, anjumanning tantanali ochilish va yopilish marosimlari hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarning badiiy ssenariylarini ishlab chiqsin.
3. Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va badiiy dasturlarning ssenariylarini ishlab chiqishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:
Sharq musiqasi — Sharq sivilizatsiyasi va madaniyatining uzviy bir qismi, insoniyat tafakkurining bebaho xazinasi ekanini, uning ahamiyati va mohiyatini aks ettirish;
turli millat va elatlarni musiqa san’ati vositasida o‘zaro yaqinlashtirish g‘oyasini badiiy talqin etish;
xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik va hamkorlikni, chin insoniy fazilatlarni ulug‘lash;
yurtimizning, jumladan, Samarqand shahrining jahon tarixida tutgan o‘rni va ahamiyati, umumbashariy madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini. boy musiqiy merosimizni keng namoyon etish;
yosh avlod qalbida san’atga bo‘lgan mehr va ixlos tuyg‘ularini kamol toptirish;
mumtoz sharq musiqa san’ati insonlarni gumanizm va ezgulik ruhida tarbiyalashda, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashda ta’sirchan vosita bo‘lib xizmat qilishini yorqin ifoda etish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-iyun,
PQ-103-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi PQ-103-son qaroriga
1-ILOVA
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
TARKIBI

Sh.Mirziyoyev



O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, rais

X.Sultonov



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)

A.Azizxo‘jayev



O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri, festival bosh direktori, rais o‘rinbosari

M.Nurmurotov



Samarqand viloyati hokimi, rais o‘rinbosari

B.Yo‘ldoshev



O‘zbekiston xalq artisti, bosh rejissor

Komissiya a’zolari

A.Oripov



O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

V.Tyan



“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi raisi

A.Ramatov



“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi raisi

M.Hazratqulov



Milliy axborot agentligi bosh direktori

A.Xo‘jayev



“O‘zteleradio” kompaniyasi raisi

B.Husanboyev



“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi

A.Usmonov



“Xalq so‘zi” gazetasi bosh muharriri

A.Qo‘ldoshev



Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari

S.Rafiqov



Samarqand shahar hokimi

S.Ahrorov



“Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalining ijrochi direktori

A.Ikromov



YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi mas’ul kotibi

T.Qo‘ziyev



Badiiy akademiya raisi

Maykl Barri Leyn



YUNESKOning Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha bosh maslahatchisi (kelishuv asosida)

T.Shirinov



Samarqand davlat universiteti rektori

1.2 Qadimiy va hamisha navqiron Samarqandda “Sharq taronalari” V xalqaro musiqa festivaliga ko`rilgan tayyorgarlik



Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand qo`shaloq bayram og`ushida. “Sharq taronalari” V  xalqaro musiqa festivaliga ko`rilgan tayyorgarlik shaharga yanada fayz va chiroy baxsh etgan. Keng va ozoda ko`chalar bo`yida rang-barang bayroqlar hilpiraydi. So`lim bog` va xiyobonlar tarovati kishiga xush kayfiyat bag`ishlaydi. Odamlar yuzidagi tabassum katta bayram yaqinlashayotganidan darak beradi. 
So`zda ta`riflab, qalamda tasvirlab bo`lmaydigan his-tuyg`ular musiqada o`z ifodasini topadi. Uni tushunish, ta`sirini sezish uchun tarjimon shart emas. Musiqa xalqlarni, turli millat va elatlarni bir-biriga tanitadi, yaqinlashtiradi.
Bugun Samarqandga kelgan kishi ana shunday bayramona, do`stona muhitning guvohi bo`ladi. Bu erda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o`ninchi bor o`tkazilmoqda. Oltmish olti mamlakat san`atkorlari, minglab sayyohlar va muxlislarning bir-biriga shirinso`zligi, ochiqyuzligini ko`rib, davlatimiz rahbarining ilk festivalning ochilish marosimidagi quyidagi so`zlari yodga tushadi: “Ishonamanki, bu festival har bir odamni mehru shafqatli, mehru oqibatli bo`lishga da`vat etadi, er yuzida barqarorlik va ahillik tabiatini uyg`otadi. Ishonamanki, “Sharq taronalari” musiqa festivali xalqlarimiz madaniyatlarini o`zaro boyitadi, millatimiz va dinimizdan qat`i nazar, xalqlarimizni va insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi”.
Bu olijanob maqsadlar hayotda o`z ifodasini topmoqda. 1997 yildan buyon har ikki yilda o`tkazib kelinayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali jahon ahlining o`zaro madaniy muloqotga bo`lgan hayotiy ehtiyojini ro`yobga chiqarishda beqiyos vosita bo`lib xizmat qilmoqda.
Samarqand, Registon maydoni. 28 avgust, soat 19.00. 
Muhtasham madrasalar gulgun shafaq fonida yanada go`zal va salobatli ko`rinadi. Betakror amfiteatr hosil qilgan bu obidalar anjumanga o`zgacha ruh, ulug`vorlik bag`ishlaydi. Moviy gumbazlar rang-barang chiroqlar yog`dusida jilolanadi. Maydon “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimiga yig`ilgan tomoshabinlar bilan to`lgan. Ular orasida anjuman qatnashchilari va mehmonlari, san`at ixlosmandlari, musiqashunos olimlar, chet ellik va mahalliy jurnalistlar, sayyohlar bor.
Festival ishtirokchilari va tomoshabinlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovni qarsaklar bilan kutib oladi.
Karnay-surnay, nog`ora sadolari yangraydi.
So`z O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga beriladi.
Davlatimiz rahbari “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali ishtirokchilari va mehmonlarini qutlar ekan, mazkur anjumanning chuqur gumanistik ruhi va falsafasi, xalqlar o`rtasida do`stlik rishtalarini mustahkamlash, madaniy muloqotni rivojlantirish, mumtoz musiqa an`analarini asrab-avaylashdagi ahamiyati haqida to`xtaldi, festival ishiga muvaffaqiyat tiladi.
YuNESKO Bosh direktorining o`rinbosari Erik Falt Prezident Islom Karimov rahnamoligida O`zbekiston tarixiy va ma`naviy merosini saqlab, barcha sohalarda barqaror rivojlanib borayotganini alohida ta`kidladi. 
Xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bag`ishlangan konsert boshlanadi. O`zbek mumtoz ashulalari dillarni rom etadi, jozibador raqslar ko`ngillarga zavq-shavq bag`ishlaydi. Tomoshabinlar diltortar ashulalarga jo`r bo`lib, raqsga tushadi. O`zbek san`atkorlari ijrosida jahon klassik kompozitorlari asarlaridan namunalar yangraganda festival ishtirokchilariyu tomoshabinlar hayratga tushadi. Mamlakatimizda milliy san`at bilan bir qatorda jahon musiqa madaniyatining eng nodir namunalari ham sevib ijro etilishini namoyon etadi...
Yurtimizda musiqa san`ati qadimdan rivojlangan. Samarqand yaqinidagi Mo`minobod qishlog`idan suyakdan yasalgan 3 ming 300 yillik nay topilgani, ko`hna Afrosiyob devoriy suratlaridagi mug`anniy va sozandalar tasviri, ulug` allomalarimizning musiqaga oid falsafiy-estetik qarashlari azaldan xalqimizning musiqiy madaniyati yuksak bo`lganini ko`rsatadi.
Abu Nasr Forobiy “Musiqa haqida katta kitob” asarida tovushlarning vujudga kelishi, kuylar uyg`unligi, ritm o`lchovlari va turlarini sharhlab bergan. Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” kitobida yurak, asab kasalliklarini musiqa vositasida davolash yaxshi samara berishini ta`kidlagan. Komil Xorazmiy Xorazm notasini ixtiro qilib, “Rost” maqomining debochasini ushbu notaga tushirgan.
Amir Temur davrida ilm-fan va san`atning barcha sohalari qatori musiqa va qo`shiqchilik ham yuksak darajada rivojlangan. Samarqandda turli o`lkalardan kelgan sozanda va xonandalar jam bo`lgan. Musiqa kechalari o`tkazilib, har kim o`z rasmi bilan ashula aytgan.
Bugun ham mamlakatimizda o`z hofizi, o`z san`atkori bo`lmagan qishloq yoki mahallani topish qiyin. Har bir o`zbekning xonadonida dutor, doira kabi cholg`u asbobining bo`lishi ham xalqimizning san`atga ixlosidan dalolat beradi.
Istiqlol yillarida milliy musiqamizni chuqur o`rganish va rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Shashmaqom, Katta ashula, Askiya insoniyatning eng durdona kashfiyotlari sifatida YuNESKOning Jahon nomoddiy merosi ro`yxatiga kiritildi. O`zbekiston davlat konservatoriyasi, o`nlab teatr va madaniyat saroylari, san`at yo`nalishidagi kollej va liseylar barpo etildi.
Bolalar musiqa va san`at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo`yicha 2009-2014 yillarga mo`ljallangan Davlat dasturi doirasida 278 musiqa va san`at maktabi foydalanishga topshirildi. Ular 30 mingdan ortiq yangi musiqa asboblari, 61 ming nusxa o`quv qo`llanmalari, milliy va jahon musiqasi notalari bilan ta`minlandi.
“Yagonasan, muqaddas Vatan!”, “Nihol”, “Yurt kelajagi”, “Kamalak yulduzlari” kabi ko`rik-tanlovlar iste`dodli san`atkorlarni qo`llab-quvvatlash, yoshlar ma`naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
“Sharq taronalari” festivali mamlakatimizda madaniyat va san`atga qaratilayotgan alohida e`tiborning yuksak namunasidir.
Vatanimiz mustaqilligining 24 yillik bayrami arafasida o`tayotgan bu galgi festivalga Samarqandda katta tayyorgarlik ko`rildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Registon maydoni ta`mirlanib, atrofi obodonlashtirildi. Amfiteatr kengaytirilib, yoritish tizimi yangilandi. Ulug`bek, Sherdor, Tillakori madrasalari restavrasiya qilindi. Ko`ksaroy maydoni, Amir Temur, Ruhobod xiyobonlarida keng ko`lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, yangi favvoralar bunyod etildi.
– Samarqanddagi o`zgarishlardan juda xursandmiz. Bu erga butun dunyodan san`atkorlar kelibdi, – deydi mehnat faxriysi To`xta Xudoynazarov. – Bunday katta tadbirlarni tashkil etishning o`zi bo`lmaydi. Buning uchun avvalo tinchlik-osoyishtalik, katta iqtisodiy imkoniyatlar kerak. O`zbekistonimiz ana shunday yutuqlarga erishayotgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Yurtimizga, tinch va farovon hayotimizga ko`z tegmasin!
Festivalning nufuzi va qamrovi tobora ortib bormoqda. Ko`plab mamlakatlar, xalqaro madaniyat tashkilotlari, mashhur san`at namoyandalari unda qatnashish istagini bildirmoqda. 1997 yilda o`tkazilgan birinchi festivalda 31 mamlakat vakillari qatnashgan bo`lsa, bu yilgi anjumanga 66 davlat san`atkorlari tashrif buyurdi. Festival YuNESKO shafeligida o`tkazilayotgani ham anjumanning yuksak maqom va nufuzini ko`rsatadi.
...Marosim borgan sari qiziydi. Mumtoz ashulalar, folklor namunalari, zavqli raqslar dillarni jo`shtiradi. Sho`x kuy-qo`shiqlardan zavqlangan tomoshabinlar san`atkorlarga jo`r bo`ladi, raqsga tushadi.
– Dunyoning ko`p joylarida bo`lganman, lekin hech qaerda Samarqanddagidek boy taassurot olmaganman, – deydi ekvadorlik sozanda Geo Sakuillo. – Bu erda qandaydir sehr bor. Bu erda asrlar uchrashgan, sivilizasiya rivojining eng yaxshi jihatlari mujassam bo`lgan. Shaharning diqqatga sazovor joylarini aylanib oxiriga etolmayapmiz. Tarixni, O`zbekistonni o`zimiz uchun qayta kashf etyapmiz. Xalqingizning buyuk merosiga, tinch-xotirjam hayotiga havasimiz keldi.
Qadim Registon uzra porlagan rang-barang mushaklar Samarqand osmonidagi yulduzlar kabi butun borliqni munavvar etadi, ko`ngillarga surur bag`ishlaydi...
Ushbu festival jahon san`at ahlining o`zaro fikr va tajriba almashishi uchun yaxshi imkoniyat yaratmoqda, yangi nomlarni kashf etib, har tomonlama qo`llab-quvvatlamoqda. Mamlakatimiz san`ati va madaniyatini, shu bilan birga, zamonaviy taraqqiyoti va sayyohlik salohiyatini butun dunyoga namoyish etishda muhim omil bo`lmoqda. 
Anjuman qatnashchilari Registon maydonidagi asosiy sahnadan tashqari, Oqdaryo, Jomboy, Samarqand, Tayloq tumanlarida ham konsert dasturlarini namoyish etmoqda. Samarqand shahridagi istirohat bog`lari va xiyobonlar, teatrlar, mahalla guzarlari, bolalar musiqa va san`at maktablarida uchrashuvlar o`tkazilmoqda.
Festival ishtirokchilari va mehmonlari Samarqandning noyob tarixiy obidalarini ziyorat qilish, to`kin va farovon bozorlarimizni ko`rish, istiqlol yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va mehmondo`st xalqimiz bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`lmoqda.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling