Sharq taronalari
Download 1.86 Mb.
|
sharq taronalari kurs ishi
Assalomu alaykum,
Aziz vatandoshlar, Muhtaram mehmonlar! Hurmatli festival qatnashchilari! Xonimlar va janoblar! Bugun siz, azizlar bilan go‘zal O‘zbekiston diyorida, “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqand shahrida ko‘rishib turganimdan baxtiyorman. Barchangizni “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Mana, yigirma ikki yildirki, biz bu festivalni YuNeSKO rahnamoligida o‘tkazib kelmoqdamiz. Bugun ushbu tashkilotning Bosh direktori Odri Azule xonim yurtimizga shaxsan tashrif buyurib, anjumanimizga alohida fayz va ko‘tarinki ruh bag‘ishlagani uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, tantanamizda qatnashayotgan faxriy mehmonlarimiz Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedevga, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Vladimir Tolstoyga, Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vaziri Aqto‘ti Raimqulovaga, Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot va turizm vaziri Azamat Jamanqulovga, Tojikiston Respublikasi Madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzodaga, Turkmaniston Madaniyat vaziri Atageldi Shamuradovga, Bangladesh Xalq Respublikasi Madaniyat vaziri Muhammad Xolidga, Butan Qirolligi Madaniyat va ichki ishlar vaziri Sherub Gyyel-tshenga, Polsha Respublikasi madaniyat va milliy meros vaziri o‘rinbosari Pavel Levandovskiga, Buyuk Britaniya Parlamenti Lordlar Palatasi a'zosi Muhammad Iltof Shayxga, Belarus Respublikasi Milliy Majlisi senatori Yekaterina Dulovaga, Yaponiyaning Nara shahri meri Moto-nobu Naka-gavaga, Koreya Respublikasi Andong shahri meri Kvon Yong-sega, Lal Bahodur Shastri instituti raisi, Hind-o‘zbek do‘stlik aloqalari kengashi prezidenti Anil Shastriga, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi muhtaram elchilari va vakillariga, festivalimizni jahon miqyosida yoritish maqsadida yurtimizga kelgan ommaviy axborot vositalari xodimlariga chuqur tashakkur izhor etaman. Bugungi anjumanimizga dunyoning barcha qit'alaridagi 75 ta davlatdan 340 nafar aziz mehmonlarimiz ishtirok etmoqdalar. Biz ushbu taniqli madaniyat arboblari, mashhur ijodiy guruhlar va iste'dod sohiblarini, san'atning chinakam fidoyilari, tinchlik va ezgulik elchilari sifatida, hurmat qilamiz va yuksak qadrlaymiz. Xush kelibsiz go‘zal O‘zbekistonimizga, Xush kelibsiz muazzam Samarqand shahriga! Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling