Qo`shiq yoki kinoga bo`lgan munosabat - Qo‘rqinch, dahshat hissiy kechinma sifatida obyektlarga shaxsning munosabatini aks ettirib, turlicha shaklda namoyon bo‘lishi mumkin: odam dahshatdan qochadi, qo‘rquvdan serrayib qoladi, o‘zini idora qila olmay har tomonga uradi, hatto, xavf-xatarga ham o‘zini tashlashi mumkin. Ba’zi holatlarda emotsiya ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. U xattiharakatga, fikr-mulohaza bildirishga turtki beradigan kuch bo‘lib, shijoatni oshirib yuboradi va bu holat stenik hislar deb ataladi. Boshqa bir holatda emotsiya (astenik deb atalmish emotsiyalar) faollikning sustligi yoki loqaydligi bilan ajralib turadi, his-tuyg‘ularning boshdan kechirilishi kishini bo‘shashtirib yuboradi.
Insonni tushkinlikka tushib qolishi - His-tuyg‘ular hissiyot (emotsiya), kayfiyat, kuchli hayajonlanish tarzida boshdan kechirilishi chog‘ida ma’lum darajada seziladigan tashqi belgilarga ham ega bo‘ladi. Masalan, yuzlarning ifodali (mimika), ho‘l va gavdaning ma’noli harakatlari, turq-tarovat, ohang, ko‘z qorachiqlarining kengayishi yoki torayishi kabilar shular jumlasiga kiradi. Bu ifodali harakatlar ba’zan shaxsga o‘ziga o‘zi hisob bermagan tarzda yuz bersa, boshqa bir holatda ongning nazorati ostida sodir bo‘ladi1 . Affekt (hissiy portlash) – kishini tez chulg‘ab oladigan va shiddat bilan o‘tadigan jarayon
Xissiyotning mimikada namoyon bo`lishi - U ongning anchagina o‘zgarganligi, xatti harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o‘zini o‘zi idrok qila olmaslik, shuningdek, shaxsning hayoti va faoliyati o‘zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. Affekt holatida birdaniga katta kuch sarf qilinishi sababli ham u qisqa muddatli bo‘ladi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, affekt bo‘rondir. 1 Qarang: ҒозиевЭ. Умумийпсихология. –Т., 2002. – 188–190-б.55 Hissiy portlash ro‘y berganda kishi o‘zini nazorat qila olmay qoladi, qilayotgan ishining oqibatini o‘ylamaydi va ahl-hushini yo‘qotib qo‘yadi. Tormozlanish miya qobig‘ini egallab, kishining tajribasi, uning madaniy va ma’naviy asoslarda mustahkamlangan muvaqqat bog‘lanishlarning tarkib topgan tizimini ishlatmay qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |