O’qituvchi: __________________ O’quvchi: Eraliyeva Feruza Guruh: PPS34 - Kasbiy faoliyatlarida turli voqea hodisalarga nisbatan muayyan munosabatlarini bildirib, u yoki bu tarzda hissiyotlarini namoyon etadilar. Psixologiyasida namoyon bo‘ladigan bunday ruhiy holatlar voqelikda sodir etilgan hodisalar ta’siri natijasidir. Bu esa, o‘z navbatida, xodimning o‘ziga xos individual 53 psixologik xususiyatlarini bildiradi va u haqidagi birlamchi tasavvurlarni bilishga yordam beradi. Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» atamalari bir xil ma’noda ishlatiladi
. Lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish noto‘g‘ridir. Odatda, tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan histuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiqdir. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgi, yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, sarosima va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hisoblanadi. - . Lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish noto‘g‘ridir. Odatda, tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan histuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiqdir. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgi, yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, sarosima va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hisoblanadi.
Inson yuzidagi tabassum - Ularning eng muhim farqi shundaki, biri (hissiyot) ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda hissiyot shaxs hayotiy faoliyatining muhim jabhasi bo‘lib, inson emotsional holatining rang-barangligi, ko‘p qirraligini bildiradi. Hissiy ton (tus) (yunoncha «tonos» – zo‘riqish, urg‘u berish ma’nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha «emovere» – qo‘zg‘atish, hayajonlash demak), affektlar (lotincha «affectuq» – ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma’nosini anglatadi), stress (inglizcha «stress» – zo‘riqish degani), frustratsiya (frustratsion – rejalarning barbod bo‘lishi, maqsadga erisha olmaslik) va kayfiyat kabi tushunchalar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |