Kvintiliandir. Mark Fabiy Kvintilian notiqlik san’atida yirik notiq va nazariyotchi sifatida shuhrat qozongan. Uning «Notiq bilimi haqida» nomli asari mavjuddir. Kvintilian Sitseron va boshqa Rim notiqlari fikriga qo‘shilgan holda, hamma notiq birinchi navbatda bilimli bo‘lishi lozimligini aytadi. Shuningdek, u notiq axloqiy olijanob bo‘lishi lozim, busiz hech qachon haqiqiy notiq darajasiga ko‘tarila olmaydi, deb biladi.
Kvintilian Rimdagi notiqlik maktabining asoschisi hisoblanadi. Ungacha notiqlik bilimini berish xususiy maktablarda amalga oshirilgan.
Umuman qadimgi Yunoniston va Rimning notiqlik san’ati tajribalari o‘rta asr va keyingi davr notiqlarining vujudga kelishida muhim rol o‘ynaydi.
O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi ham qadimdan so‘zga chechan, badiiy didli kishilarni qadrlab kelgan. O‘sha davrda notiqlik san’ati -
Do'stlaringiz bilan baham: |