sinegoriya deb atalardi. Bora-bora esa ana shu sinegorlar toifasidan sud hay’atining ajralmas qismi bo‘lgan hozirgi tushunchadagi advokatlar kelib chiqdiki, bu ma’noda sinegorlar instituti chinakamiga ijobiy, demokratik rol o‘ynadi, deb aytish mumkin.
Sinegorlar notiqlik san’ati va huquqshunoslikdan maxsus ta’lim olgan kishilar bo‘lib, ana shu sud jarayonidagi qatnashuvchilar hisobiga o‘z himoyalaridagi kishilardan xizmat haqi olib, tirikchilik qiluvchi professional notiqlar edi. Shu ma’noda ularni ixtisoslashgan notiqlar, deb aytish mumkin. Chunki sud notiqligi oldida birovni oqlash uchun ular bor bilimlarini va mahoratlarini ishga solishga majbur edilar. Bugina emas, ular dastavval olgan ishlarini ipidan ignasigacha o‘rganib chiqishlari va nihoyat jonli so‘z san’atiga oid bor mahoratlarini ishga solib, sud jarayonida yutib chiqishga harakat qilishlari lozim edi. Shuning uchun ham sinegorlar sud notiqligi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |