Televideniyeda jurnalistik kasblar


Download 47.05 Kb.
bet1/6
Sana11.01.2023
Hajmi47.05 Kb.
#1089344
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QvXuCz0rTYFPCGVVZGpneypGza82qVOvbUWrn3Ss


TELEVIDENIYEDA JURNALISTIK KASBLAR
60 yillarda kadrda ishlaydigan har bir jurnalistni «sharhlovchi» deb atashardi. Bora-bora esa teletomoshabinlar oldidagi jurnalistning qiyofasi shakllanib bordi. Har bir tur ko’rsatuvning uslubi, qonun-qoidasi shakllandi; ularni chalkashtirib yuborish mantiqsizlik sanalardi.
Ular quyidagilar:
1. Telemuxbir;
2. SHarhlovchi;
3. Intervyuchi (yirik intervyular ustasi analitik);
4. Olib boruvchi (munozara yoki boshqa ko’rsatuvlar, chet elda ularni moderator deb atashadi);
5. Tok-shoular olib boruvchisi;
6. Iiformatsion ko’rsatuvlar olib boruvchisi (AQSH da informatsion ko’rsatuvlar olib boruvchisini yangiliklar taqdim etuvchi deb atashib ularni aniq ravishda sharhlovchi va muhbirdan ajrata olishadi).
Bizning teleekran amaliyoti telejurnalist qiyofasini aniq, sof holda belgilab berolmaydi. Ayrim hollarda bir ko’rsatuvda jurnalist barcha rollarni o’zi bajarishiga to’g’ri keladi, masalan viloyatlar telekanallarida jurnalist ham intervyuer, ham sharhlovchi, ham operator, ham redaktorlik vazifasini bajaradi. Lekin asosiysi bu hollarda janrlar bir-biri bilan aralashib ketmasligi lozim, bizlarda esa bu narsaga e’tibor berishmaydi.
Ertami kechmi yosh jurnalist o’zining kasbiy imkoniyatlarini belgilab oladi va o’zi eplay oladigan ishlarni bajaradi. Yillar o’tgan sari jurnalist qiyofasi o’zgarib boradi, lekin bu jarayon organizmning psixofizik jarayonidir. Xalqaro mavzuga oid sharhning ustasi teleko’prikda lom-mim deya olmasligi mumkin. Shuningdek ko’chada omma bilan ishlovchi muxbir, studiyadagi monologni ijro eta olmaydi, yirik planda o’zini noqulay his etadi. Bu narsa intervyuchi bilan ham sodir bo’lishi mumkin, doim san’at axllari bilan suhbat olib borishga o’rgangan intervyuchi siyosatchi bilan hech qachon suhbat olib borolmaydi. Bunday hollar ko’plab uchrab turadi: chunki jurnalistga hech kim, uning ekrandagi qiyofasini, uning imidjini topishga yordam bera olmaydi. Bundan tashqari, ekran jurnalistlariga yordam beruvchi rejissyorlarning kamligi ham bosh sabab bo’lmoqda.
Amerikalik mashxur telejurnalistlar Piter Djennings, Den Razer, Tom Brokau, Fil Donaxyu kabilar ham shu yo’l bilan tanilganlar. Bunday talantlar atrofida boshqa yangiliklar yig’uvchilari to’planishadi, chunki bu qobiliyatlilarga ko’rsatuv – reytingi va daromadi bog’liq. Kollektiv bilan ishlab bu jurnalistlarning asosiy kasbiy sifatidir.
Bulardan tashqari jurnalist yoqimli ko’rinishga, shirin ovozga va to’g’ri talaffuzga ega bo’lishi lozim, bulardan tashqari keng dunyoqarashga ega bo’lishi, inson va hayot sirlarini bilishi, aql va topqirlikka ega bo’lishi, sabrli, kamtarin va o’ziga ishonishi kerak va asosiysi kollektivda ishlay olishi lozim. Bu sifatlar barchada bo’lishi qiyin, lekin jurnalistik hayotda ishtirok etuvchilar o’zlarida bu sifatlarni rivojlantirishi kerak.
Har bir jurnalist intervyu oladigan kishisiga o’zini hamma narsada tayyor emasdek ko’rsatmoqchi bo’lsada, savollarni oldindan tayyorlab qo’yishizarur. Iroq vakili oqshom yangiliklariga intervyu berayotgan paytda olib boruvchi Ted Koppel uni BMT siyosati va xarbiy aviatsiya haqidagi savollarga ko’mib yubordi. Keyinchalik bir haftadan so’ng Iroq vakili yana «Si-en-en» ko’rsatuviga intervyu bergani kelganda King undan AQSH bu urush holatida bo’lgan davlatda yashash og’ir emasmi deb so’radi. U esa «Sрaxsan o’z fikrimni aytsam ancha og’ir» deb javob berdi.
«TV-revyu» jurnali tanqidchisi Yu. Bogomolov teleekranda Xozircha o’zim o’ylab topishim mumkin bo’lmagan savollarni kam eshityapman dedi. Boshqacharoq qilib o’z fikrini u shunday izxor etdi: «Mening o’zim ko’tarishim mumkin bo’lgan og’irlikni ko’tarayotgan shtangchi polvonni kuzatishning qizig’i yo’q. Rekordlarni ko’rish qiziq. SHuning uchun ham chiroyli, qiziqarli savollarni yoqtiraman. Qiziqarli javob olmoqchimisiz, qiziqarli savol toping» deb yozadi u. Xulosa shuki, intervyu oluvchining o’zi aqlli, bilimli, odamlarni tushunadigan bo’lishi lozim. Lekin bunday mutaxassislar afsuski kam.
Sрu bilai birga yirik shoular ya’ni – ommaviy ko’rsatuvlar tashkil etuvchilar juda ko’pchilikka ta’sir etishi mumkin. Siyosiy ko’rsatuv ham shou bo’lishi mumkin (masalan deputatlikka yoki prezidentlikka nomzodlar bilan uchrashuvlar) yoki shou shaharning qishga tayyorgarligi, me’moriy loyihalar tanlovi haqida ham bo’lishi ham mumkin.
Millatlararo munosabatlar ancha taranglashgan 1992 yilda V.Pozner sobiq ittifoqning turli tomonlaridagi «qaynoq nuqtalarda» yashovchi yoshlarni muloqotga chorladi. Ko’rsatuv davomida yoshlar maktab o’qituvchilari o’z muloqotlari yakunida, barcha millat vakillari eng avvalo insonlar va ular birinchi navbatda inson sifatida bir-biriga muomala qilishi lozim degan g’oyat muhim xulosaga keldilar. Buning zamirida albatta jurnalistning ko’rsatuvga Xozirlik ko’rgani, har bir savol javob ustida chuqur o’ylagani, ularning o’nlab yordamchi variantlarini yaratgani, o’zining muomalasi, kerak bo’lsa, hazil-mutoyibalari bilan turli kelishmovchilik va muammolarni hal etishga erishganligi yotadi.
U ko’rsatuv ishtirokchilari to’plangan auditoriyada erkin harakat qiladi, so’z olish uchun qo’l ko’targan har bir ishtirokchi oldiga tez boradi va unga o’ziga xos savol bilan yo’l izlaydi. Ayni paytda, o’zini kameradan chetroq tutadi, yonidagi ishtirokchini ham to’sib qo’ymaydi. V.Pozner o’z auditoriyasi oldida so’zlamaydi, aksincha uning o’rtasida ishlaydi. Bu ko’pchilik olib boruvchilarga nasib bo’lmaydigan baxt.
Bugun shou ko’rsatuvlarni ko’plab telejurnalistlar olib borishayapti. Ular ichida turli fikrdagi qatnashchilarni auditoriyaning ikki tomonga o’tkazib ko’rsatuv olib borish keng tarqaldi. Bu ko’rsatuvlar ancha jiddiy tortishuvlarga boy bo’lishi mumkin. Shuning uchun olib boruvchi unga puxta tayyorlanishi, o’zini tutish, savol berish, muomala, ko’pincha qatnashchilarni aniq maqsad atrofida birlashtirib tura olishi lozim. U suhbatdoshini yaxshi o’rganishi, voqeaning har qanday rivojiga tayyor turishi lozim. Buning uchun esa u qo’yilayotgan muammoni chuqur bilishi kerak. Suhbatdoshiga o’z fikrini izxor etishi uchun teng vaqt berishi, ularni (fikri garchi unga yoqmasa ham) e’tibor bilan tinglashi, hurmat bilan munosabatda bo’lishi zarur. U albatta voqeaning rivojini chuqur his etishi lozim. Uning vazifasi suhbatdoshlarni mavzudan chiqmasligiga, emotsional ruhni yo’qotmaslikka erishishdir. Eng muhimi olib boruvchi suhbat ishtirokchisiga aylanmasligi, u yoki bu tomonga o’tib olmasligi lozim. To’g’ri, u suhbatdoshi bilan bahslashishi, uning fikriga gumon bilan qarashi mumkin. Ko’pincha telejurnalistga yuqori martabali suhbatdoshlar bilan muloqotda o’zini tutishiga qarab ham baho berishadi. Jurnalist yuqori lavozimli kishi oldida ham o’zini yo’qotmasligi, ular bilan ham yuksak mahorat va muloqot olib borishi lozim. Intervyu va tok-shou (ommaviy ko’rsatuvlar) ham olib boruvchidan tezkor munosabat, zukkolik va sezgirlik, topqirlik va mahorat, eng muhimi suhbatdoshi bilan samimiy madaniyat ila muloqot qilishini talab etadi. Uning qo’pollikka yo’l qo’yishga haqqi yo’q.
Turli xildagi tok-shou (ommaviy ko’rsatuvlar) turiga matbuot anjumanlari (Rossiya televideniyasining «Bez retushi» ko’rsatuvini misol qilishi mumkin). Bunga saylovoldi jarayonda nomzodlarning birma-bir tortishuvlarini ham qo’shish mumkin. Unda suhbatdosh sherigining o’ziga yoqmagan yoki g’azabini keltiradigan savoliga ham javob berishi kerak. Bu paytda olib boruvchi qo’shilmasdan, mustaqil rolini yoqlab qolishi zarur. Agar ular ilgarigi partiya jurnalistlari kabi biror tomonni himoya qilib ko’rsatuvlar olib borsalar u holda bu janr inqirozga uchrashiga shubha yo’q.
Studiyada ommaviy ko’rsatuv olib borayotgan telejurnalistni kimyoviy jarayonni reaktsiyaga kiritishda ko’maklashadigan katalizatorga qiyoslash mumkin. Ma’lumki katalizator reaktsiyada qatnashmaydi lekin uni tezlashtirishga hissa qo’shadi. U yoki bu mashhur, taniqli jurnalistniig ko’rsatuvda ishtirok etishi televidenie xarakterini o’zgartiradi. Yosh jurnalist uchun esa bu – katta maktab vazifasini o’taydi. Mashhur telejurnalistning ko’rsatuv tayyorlash jarayoni unga ish faoliyatida katta yordam beradi.

Download 47.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling