Sharq va G’arb mutaffakirlari notiqlik xususiyati


Download 93.83 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi93.83 Kb.
#1382789
  1   2   3   4
Bog'liq
Sharq va G\'arb muttafakirlari notiqlik xususiyati

Sharq va G’arb muttafakirlari notiqlik xususiyati

SPP 1/20 Abidjanova Parizoda

Reja

1.Nutq

2.Beruniy asarlarida nutq madaniyatiga oid fikrlar.

3.Abu Nasr Forobiy va nutq odobi.

4.Abu Abdullox al-Xorazmiy va Voyiz Koshifiy asarlarida nutq madaniyati masalalari.

Nutq

  • Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli.
  • Lingvistik nazariyada Nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl Nutq (tashqi nutq), yaʼni ga-pirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yorda-mida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi

Beruniy asarlarida nutq madaniyatiga oid fikrlar:

  • Sharq qadimdan o`z mutafakir olimlari bilan ulug’lanib kelingan. Chunki bu donishmandlarning ilm-fan sohasiga qo`shgan ulkan merosi umumjahon madaniyati xazinasiga qo`shilgan ulkan boylikdir. Bu meros bilan biz haqli ravishda faxrlanamiz.
  • Sharqda va`zxonlik-balog’a, balog’at (chechanlik, notiqlik) deb yuritilgan va notiqlik san`ati rivojlanishi bilan nutq oldiga qo`yilgan talablar ham murakkablashib bordi. Buyuk allomalardan Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Koshg’ariy, Zamaxshariy, Abu Ya`qub Sakkokiylar ham tilga, lug’atga so`z odobi, grammatika va mantiqshunoslik ilmiga doir asarlar yozganlar, boshqa sohalarga doir yozgan asarlarida ham nutq madaniyati masalalariga katta e`tibor berganlar.
  • Mana shunday Sharq mutafakkirlaridan biri Abu Rayhon Beruniy. Butun umrini ilm-fanga baxshida etgan olim Xorazmdagi notinchliklar tufayli bir muddat Jurjonda-shoh Qobus huzurida istiqomat qiladi, ilmiy asarlar yaratadi. Qobusga bag’ishlab “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarlarini yozdi.

Download 93.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling