Sharq va G’arb mutaffakirlari notiqlik xususiyati


Abu Nasr Forobiy va nutq odobi


Download 93.83 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi93.83 Kb.
#1382789
1   2   3   4
Bog'liq
Sharq va G\'arb muttafakirlari notiqlik xususiyati

Abu Nasr Forobiy va nutq odobi:

  • Abu Nasr Farobiy to`g’ri so`zlash, to`g’ri mantiqiy xulosalar chiqorish, mazmundor va go`zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati zo’rligi haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta`lim berish va ta`lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish” qanday so`rash va qanday javob berish (masalasi) ga kelganimizda bu haqidagi bilimlarning eng birinchisi jismlarga (substansiya-narsalar) va aksidensiya (hodisalar) ga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman.
  • Ikkinchi ilm grammatikadir: u jismlarga berilgan ism (nom) larni qanday tartibga solishni hamda substansiya va aksidensiyaning joylashishini va bundan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so`zlarni va nutqni qanday tuzishni o`rgatadi.
  • Uchinchi ilm mantiqdir: ma`lum xulosalar keltirib chiqarish uchun logik figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o`rgatadi, bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz hamda nima to`g’ri, nima yolg’on ekanligi haqida hukm chiqaramiz .
  • Yuqorida ko`rsatilganlardan ko`rinadiki, grammatika va mantiq fanlarining nutq tuzishdagi ahamiyatini ikki buyuk olim ham yuksak darajada anglaganlar va ularga katta ahamiyat berganlar.
  • Abu Nasr Farobiyning asli ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Ulug’ Tarxon bo`lib, u “Sharq Arustusi”, “Muallimi soniy” hisoblangan. Olim butun umri mobaynida 160 dan ortiq asar yaratgan. Forobiy asarlari XII-XIII asrlardayoq lotin, qadimiy yahudiy, fors tillariga tarjima qilingan Toshkentdagi Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida qadimgi Sharq faylasuflarining asarlaridan jami 107 risolani, jumladan, Forobiyning 16 risolasini o`z ichiga olgan “Hakimlar risolalari” to`plami mavjud. Olim grammatika, mantiq she`riyat ilmlar fanlardan to`g’ri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga so`z vositasida to`g’ri tushuntirish, aqliy tarbiya berish uchun xizmat qilishini ta`kidlaydi.

Abu Abdullox al-Xorazmiy va Voiz Koshifiy asarlarida nutq madaniyati masalalari:

  • Nutq madaniyati masalalari Beruniy zamondoshi bo`lgan Abu Abdulloh al Xorazmiy asarlarida ham o`z aksini topgan. Olimning to`liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan yagona ma`lum asari- “Mafotih ul-ulum” (“Ilmlar kalitlari”) dir. Bu asarning uch nusxasi Buyuk Britaniya muzeyida, bir nusxasi Berlin kutubxonasida saqlanadi. Amerikalik olim K.Bosvort asrimizning 60- yillarida ushbu asarni olti nusxasini Turkiya kutubxonalarida borligini (Istambulda) aniqladi. Asarda nutq madaniyatining ba`zi bir masalalari-devonxona ish qog’ozlari, ularning shakllari, ishlatiladigan islohatlar; shuningdek adabiyotshunoslik fani islohatlari, ularning ta`rifi haqida ma`lumot beradi. Asarning beshinchi bobida aruz va qofiya ilmi hamda she`riyatda ishlatiladigan badiiy tasvir vositalari, ularning fazilatlari va nuqsonlari haqida so`zlaydi. Asarning beshinchi bobi besh bo`limdan tashkil topgan. Beshinchi bo`lim X asr O`rta Osiyo she`riyatiga bag’ishlanadi. Bu shuni ko`rsatadiki, X asrdayoq o`lkamizda badiiy nutq yuksak darajada rivojlangan, uning nazariyasi mukammal ishlangan. “Mafotih ul-ulum” asarining “arab ilmlari qismidagi yetti kalom, o`n ikki bobdan grammatika (sarf va nahv), sakkiz bobdan ish yurgizish, besh bob she`r va aruz ilmlariga bag’ishlangan. Kitob arab tilida yozilganligi sababli ham arab adabiy tili grammatikasi, uning qonun-qoidalari bayon etiladi. Shu o`rinda olim arab she`riyati va uning tarkibiy qismlaridan bo`lgan aruz haqida ham mufassal ma`lumotlar berishga harakat qiladi”.

Download 93.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling