Sharqda psixologik bilimlarning rivojlanish tarixi
Download 23.04 Kb.
|
Sharqda psixologik bilimlarning rivojlanish tarixi
Sharqda psixologik bilimlarning rivojlanish tarixi “Dinsotsiopsixologiya” yo’nalishi II kurs talabasi G’ulomqodirov Eldorjon Shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda insonlar ongi va ruhiyatida kechayotgan o’zgarishlar psixologiya fani oldiga ulkan vazifalar qo’ydi. Bu sohada mukammal asarlar yozila boshlanganiga sal kam 2 asr bo’ldi. O’tgan asrimizda psixologiyada ko’plab ilmiy izlanishlar olib borildi. “Psixologiya uzoq o’tmish va qisqa tarixga ega”[1]. Albatta, XX asrda psixologiyaning rivojlanishiga asrlar davomida to’plangan psixologik bilimlar asos bo’lib hizmat qildi. Yunon faylasuflari ijtimoiy fanlar , xususan falsafa negizida o’z fikrlarini bayon qilishgan. Inson psixikasidagi dastlabki qarashlar Aristotelning “Jon haqida” kitobida ko’rsatilgan . “Ulardan keying yangi davr faylasuflari Gobbs, Gelvetsiy, Gegel, sharq mutaffakirlaridan Beruniy va Farobiy ham o’zining barcha asarlarida shaxs va jamiyat o’rtasidagi konfliktlarni psixologik tomondan ochishga harakat qilgan”[2]. Ibn Sino, Ulug’bek , Navoiylar insonning dunyoni va o’zini bilish masalasiga to’xtalib, insonning tabiat , jamiyat va o’zini bilishga qodirligini ta’kidlaydi. Inson bilishi sezgi va idrokdan boshlanib ,tafakkur tomon rivojlanadi. Inson aqli bilishning asosiy quroli va u doim harakatda bo’ladi. “Alloh taolo insonlarga atrofdagi voqealarni tafakkur qilsin deb beshta hissiyot berdi. Dilning idrokga hojati bordur; bu idrokning ba’zisi zohiriydurkim, ul besh sezgi – his-havasdur. Chunonchi, ko‘z, quloq, burun va quvvati zoiqa, ya’ni bir narsani ta’tib bilmoq. Va quvvati lomisa, ya’ni, silab bilmoqlik. Bu idrokotning ba’zisi botiniyki, bu ham beshtadur. Chunonchi: 1. Xayol. 2. Tafakkur. 3. Hifz (Xotira). 4. Tazkir (yodlash). 5. Va quvvati tavahhum (dushmandan ehtiyot). Ushbu hislardin har birining xos qilur amallari bordur. Agar shu his - sezgilardan biriga xalal yetsa, odamlarning qiladigan amallariga xalal yetgusidur”[3].Imom G’azzoliy tomonidan klassifikatsiya qilingan sezgi jarayonlari hozirgi zamonaviy psixologiydagi ilmiy qarashlarga deyarli mos keladi . Insonda bu sezgilardan birida patalogik nuqsonning mavjudligi boshqa sezgi organining yaxshi rivojlanishiga olib keladi. Masalan , ko’r-soqovlarda teri taktil sezgilari yaxshi rivojlangan bo’ladi. Ibn Sino o’zining tib qonunlari kitobida psixologik bilimlarga keng o’rin ajratgan va shaxsning individual hususiyati hisoblangan temperament haqida o’z fikralarini bildirgan . Ibn Sino tomonidan o’tkazilgan ba’zi tajribalar psixologik eksperimentlarning asosi hisoblanadi. Xususan mutaffakir hayvonlar va insonlarga atrof- muhitning qay darajada ta’sir etishini o’rganish maqsadida qo’ylar ustida tajriba o’tkazadi. Bir qo’yni yolg’iz holda , ikkinchisini esa yoniga bo’rini qamab qo’ygan holda ozuqlantiradi. Har ikkisiga bir hil ozuqa beradi. Ammo effekt birinchi qo’yda yaxshi bo’ladi. Beruniy sezgi o’z qo’zg’atuvchi a’zolari ya’ni, retseptorlar orqali yuzaga keladi. Qo’zg’tuvchilar bir me’yorda bo’lsa, yoqimli va zararsiz, agarda me’yordan ortiq bo’lsa, dardli va halokatli bo’ladi. Ko’rish sezgisini nur qo’zg’atadi, hidlash burunga uriladigan hidlar orqali paydo bo’ladi, ta’m ozuqaning mazasi bilan vujudga keladi. Bu to’rt sezgini his etuvchi mahsus a’zolar tanada mavjuddir, beshinchi sezgi esa, butun badanda joylashgan teri taktil sezgilaridir. Beruniy inson ana shu hususiyatlari bilan barcha mavjudodlardan ustunligini ta’kidlab, insonning asosiy vazifasi mehnat orqali ko’zlagan maqsadiga erishish yaxshilik ko’rishdir, degan g’oyani ilgari suradi. Abu Rayxon Beruniy o’zining psixologik ta’limotlarida inson xotirasini “tangrining tuhfasi” deb ta’kidlagan. Xotirasi kuchsiz kishilarda uni tirishqoqlik va ko’p shug’ullanish bilan mustahkamlashi mumkun degan g’oyani ilgari suradi. Beruniy inson ruhiyati haqida so’z yuritar ekan, uning bir – biriga aks ta’sir ko’rsatadigan qismlardan iborat tanaga ega ekanini, bu qismlar bo’ysinuvchi kuch sifatida birlashganini, ruh esa ko’p hollarda tana haroratiga tobe bo’lishini va shu sababli unda xilma – xil holat vujudga kelishini aytadi. Beruniy insonning barcha mavjudodlardan ustunligi uning tafakkuri orqali ekanligini izohlaydi. Shuning uchun ham yerdagi barcha jonzotlar unga bo’ysunadilar, aks holda inson eng kichik hayvondan ham ojiz bo’lar edi. Beruniy fikricha, inson tafakkurining qudrati shundaki, uning yordamida voqea va hodisalarni bir – biriga solishtirish, tahlil qilish orqali rostni yolg’ondan, adolatni adolatsizlikdan, yaxshini yomondan, haqiqatni esa nohaqlikdan ajratish mumkin. Bu psixologiya faniga ijobiy ta’sir ko’rsatishini isbotlaydi. U o’zining “Ilm va san’atning fazilatlari” risolasida insonning tabiatni bilish cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga qarab borishini, bilimning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini aytadi. Sharq psixologiyasi haqida so’z borar ekan , tasavvuf haqida to’xtalib o’tish lozim. So’fiylar inson tabiatini to’rt qismga ajratadilar: ta’b – moddiy asos, dil – yurak, ruh, Ego (Men) – nafs. Bu aynan Zigmund Freyd va psixoanalitiklar tomonidan shaxsni 3ga bo’lishga to’g’ri keladi. Nafs bandasi ta’b chizgilariga ega va u uchun moddiy dunyo ahamiyatlidir. Dil bandasida xali nafs va tab’ alomatlari mavjud. Nafsga ergashganlar dildan bexabar. Boshqachasiga aytsak, moddiy asos odam tug’ilishi bilan ega bo’ladigan psixologik xususiyatlar turkumidir. U ota-onasi va ajdodlaridan nasliy o’zlashtiradigan psixologik qiyofa sifatida tavsif etilishi mumkin. Moddiy asos nafs shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatishini alohida ta’kidlanadi. Moddiy asos agressiv va yovuz. Mazkur ajdodlardan meros sifatlar inson psixikasida qat’iy o’rin egallaydi. Ta’b taraqqiyot davomida nafsga aylanadi. U tevarak-muhit bilan o’zaro ta’sir va oila hamda maktabdagi ijtimoiy adaptatsiya jarayonida ro’y beradi. Nafsning asosiy jihati o’z xohishlari va mayllarini odamga betakalluf qondirishga majbur etishidadir. Aql nafs ziddidir. Uni ushlab turguvchi kuchdir. Nafsga qanday harakatlarni amalga oshirish lozimligini uqtiradi. Nafs psixologiyadagi Egoga monand, aql uni ijtimoiy normalarga rioya etishga yo’naltiradi. Har bir odamning nafsi bor va jamiyatda faoliyat yuritar ekan undan foydalanadi. Ayrim odamlar aqlga tayansa, ayrimlari nafsga ergashadi. Biroq psixika taraqqiyotining oliy darajalarida aql inson kamolotiga xizmat qiladi. Nafs darajasida barcha odamlar tengdir. Biroq inson psixikasi voqealikni bilish va komilliikni istasa ushbu darajadan dil darajasiga o’tishi lozim. Senki yor o‟ldung bu yanglig‟ nafs ila, Ne uchun shaytondin etkaysen gina. Z.Freyd va A.Freyd tomonidan ilgari surilgan psixik himoya mehanizmlari yuqoridagi Alisher Navoiyning g’azaliga to’g’ri keladi. Ya’nikim , ID tomonidan tahdidga uchragagan va xohish bildirilgan ish-harakat yoki faoliyatni bajargan Men holati aks ettirilyapti. Eng muhumi, o’z – o’zini rivojlantirish inson hayotining barcha bosqichlarida va faoliyatining hamma sohasida tug’ulishdan tortib to umrining ohirigacha, uning individdan barkamol shaxs bo’lib shakllanishida, hamda uning ta’lim – tarbiyasining hamma jabhalarida ma’lum qonuniyatlar asosida amalga oshirilishi lozim. Islomiy ta’limotida o’z – o’zini rivojlantirish asosan tashqi ta’sir, ta’lim – tarbiya, ota – ona, o’qituvchi faoliyati bilan emas, ko’proq, shaxsning o’z xohishi, ixlos va e’tiqodi tarzida uning xatti – harakati, faoliyati hamda axloqining ajralmas qismi sifatida qo’yilgan. Xulosa qilib aytganda , IX-XII va XIV –XV asrdagi O’rta Osiyodagi ilm-fan rivojidagi ulkan yutuqlar keyingi davrda Yevropada tom ma’noda renessans (qayta uyg’onish) yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Psixoanalitik maktab vakili Karl Gustav Yung sharq psixologiyasining ahamiyati haqida, - “Sharq psixologiyasini bilish… g’arb psixologiyasini tanqidiy va obyektiv ko’rib chiqish uchun zarur asosni shakllantiradi” –deydi. [4] Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: German Ebbingauz – Classic s in the history of Psychology Imom G’azzoliy – Kimyoi saodat Ne’matova – Sotsial psixologiya Юнг.К.Г –Проблемы души нашего времении Download 23.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling