Sharqiy buxoroda o’qitish va maktab ishlari maktab ta’limi


Madrasalarda o’qitish ishlari


Download 21.73 Kb.
bet2/2
Sana15.11.2023
Hajmi21.73 Kb.
#1775118
1   2
Bog'liq
SHARQIY BUXORODA O’QITISH VA MAKTAB ISHLARI

2. Madrasalarda o’qitish ishlari.
Amirlikda faoliyat yuritgan madrasalar soni manbalarda turlicha keltirilgan bo‘lib, aniq ma'lumot mavjud emas. Jumladan, XX asrning boshlarida Buxoroda madrasalar sonini o‘sha davrda yashagan Abdurauf Fitrat va Sadriddin Ayniy 200 ta, Sadr Ziyo 204 ta, Muhammad Ali Baljuvoniy esa 400 ga yaqin, Turkiston general-gubernatorligi hisoboti bilan bog‘liq arxiv hujjatlardan birida 1914 yilda Buxoro amirligida 350 ta madrasa faoliyat ko‘rsatayotgani qayd etilgan. O‘z MAda saqlanayotgan «Qushbegi» fondidagi hujjatlarga tayanib, Buxoro shahrining o‘zida 160 tadan ortiq madrasa faoliyat yuritganini keltirib o‘tish mumkin . Bundan tashqari, XIX asrning 40-yillari, rus sayyohi N.Xanikovning ko‘rsatishiga ko‘ra, Buxoroda amir ro‘yxatida ko‘rsatilgan 103 ta madrasa bo‘lib, ulardan 60 tasi eng katta madrasa hisoblangan. Ingliz sayyohi A.Byorns shaharda madrasalar soni 366 ta desa, P.P.Ivanov esa 150 dan ortiq madrasa faoliyat yuritgan va o‘quvchilarning soni 30 mingtaga yetgan deb ko‘rsatadi. L.Klimovich amirlik poytaxtida 103 ta madrasa, talabalar soni 20 000 ta deya ta'kidlaydi. Xullas, turli ma'lumotlar umumlashtirilganda Buxoro amirligida 200 dan 400 ga yaqin madrasa mavjud bo‘lgan.
Sharqiy Buxoroda ham madrasalar faoliyat yuritgan bo‘ib, uar orasida eng yirigi Dehnovdagi Sayid Otaliq madrasasidir. U XVI asr so‘ngida qurilgan va hujralari soni bo‘yicha Sharqiy Buxoroda birinchi o‘rinda turadi.
Boysunning Tuzbozor mahallasiga burilishida (hozirgi «Samo» kinoteatri o‘rnida) 1870 yilda Buxoro amiri Muzaffarxon davrida me'moriy yodgorlik hisoblangan «Xududiya» madrasasi qurildi. oradan ozroq vaqt o‘tgach Mirza Salimbek tomonidan Boysundagi «Halosiya» madrasasini quridi, yer va mulklarning bir qismi vaqfga topshirildi. Bu madrasalar «Qo‘sh madrasa» deb nom olgan. Madrasa xovlisida usti gumbaz qilib berkitilgan yopiq suv havzasi – sardoba bo‘lib, darvozadan kiraverishda chapda darsxona, o‘ngda masjid, xovli to‘rida esa xonaqoh joylashgan. Madrasasida muddaris, mutavalli, muazzin, farrosh va qoravullar uchun maxsus xujralar bo‘lgan.
«Hududiya» madrasasi muddarislar: Mullo Xudoyberdi Boysuniy, Mullo Holl Oxund, Mirzo Abduholik va boshqalar ilmu tahlil bilan shug‘ullangan. Madrasa faqat me'moriy yodgorlik bo‘lmasdan, tarixiy va madaniy jixatidan ahamiyatli bo‘lgan. Bu yerda Boysuniy taxallusi bilan ijod qilib, nom qozongan Masexo ibn Qozi Mullo Muntaxoyi Boysuniy, Mullo Holl Oxund, Mullo G‘ulom Muhammad Ali, Mirzo Abduholik, Jo‘ra Mullo Mirzo o‘g‘li, Mullo Sharif, Mullo No‘'mon, Mullo Xudoyberdi Boysuniy, Mullo Do‘stmuhammad Nodir Boysuniy, Mufti Ravshan, Mullo Norkul, Burixuja Kodirxuja ug‘li, Sayid Ataqulbek, Sharifmaxsum va boshqalar taxsil olishgan.


1


2


3


4


5


6


Download 21.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling