Sharqiy buxoroda o’qitish va maktab ishlari maktab ta’limi


Download 21.73 Kb.
bet1/2
Sana15.11.2023
Hajmi21.73 Kb.
#1775118
  1   2
Bog'liq
SHARQIY BUXORODA O’QITISH VA MAKTAB ISHLARI


SHARQIY BUXORODA O’QITISH VA MAKTAB ISHLARI

1.Maktab ta’limi. Ma'lumki, maktablar jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, bola o‘zining ilk tahsilini maktabda oladi. Maktabda olayotgan ta'lim va tarbiyaga qarab bolaning ongi o‘sadi, uning kelajagi belgilanadi. Shuning uchun ham, ota-bobolarimiz azal-azaldan o‘z qishloqlarida maktablar ochish hamda o‘z farzandlarini o‘qitishga alohida e'tibor berganlar.


XIX asrda Surxon vohasi qishloqlarida ziyolilar va badavlat kishilar tomonidan ko’plab maktablar tashkil etilgan. Jumladan, Boysun bekligidagi Xatak qishlog’ida Ibrohim mergan o’g’li Mirzanazar tomonidan maktab ochilgan. Shu qishloqning markazida Boysunning taniqli kishilaridan bo’lgan Alimardonboy tomonidan yana bir maktab qurib berilgan. Bundan tashqari, Bog’lidarada Hamroqul oqsosol boshchiligida maktab qurilgan. Birgina Xo’janqon qishlog’ining o’zida to’rtta maktab faoliyat yuritib, ularga mulla Abdurahmon, mulla Rahimqul, Chori hoji va Haydar miyon asos solishgan. Yarim o’troq va yarim ko’chmanchi aholining qishki qo’nish vaqtida foydalanish uchun Nov qishlog’ida mulla Rizo bilan mullo Mirzo tashabbusi bilan maktab tashkil etilgan. Yuqorida ismi qayd etilgan Alimardonboy Yoriqsoy qishlog’ida ham maktab ochgan.
Shu bilan birga, maktab chiqimlarining katta qismi sahovatpesha insonlar tomonidan qoplangan. Xususan, Sherobod bekligining mirzasi lavozimida 28 yil ishlagan Mirza Abdulmo’min har yili maktab bitiruvchilarini imtihon qilar, ulardan iqtidorlilarini Buxoro madrasalariga o’qishga jo’natar, tolibi ilmlar uchun zarur bo’lgan barcha xarajatlarni o’z hisobidan to’lar edi.
Ta’kidlash joizki, Sovet hokimiyati o‘z ta'lim tizimi afzalliklarini ko‘rsatish hamda mahalliy aholini kamsitish maqsadida, inqilobga qadar butun musulmon aholisi yoppasiga savodsiz bo‘lgan, degan fikrni keng targ‘ib qildi. Sovet hokimiyatni maorifga sohasidagi siyosatini taqqoslash maqsadida sovet davri adabiyotlarida qayd etilgan 1897-yilda O‘zbekiston hududidagi savodli kishilar soni 3,6%, Turkmanistonda 7,8%, Tojikistonda 2,3%, Qirg‘izistonda 3,1%, Qozog‘istonda 8,1%, Rossiyada 29,6% bo‘lganligi ta'kidlanadi1.
Biroq, bunday talqin mafkura sohasidagi afsonadan iborat edi. Tadqiqotchi P.G.Kim tarixiy manbalarda keltirilgan faktlarga asoslanib, 1897 yili Rossiya, Belorussiya va Turkistonda aholining, maktablarning, ulardagi o‘quvchilarning sonlarini kuzatib, bu o‘lkalardagi savodxonlikning darajasi ko‘rsatib berdi. Unga ko‘ra, Rossiyada aholining umumiy soni — 126 368 800, maktablar soni — 33 401, o‘quvchilar soni — 2 318 100, aholining umumiy soniga nisbatan o‘quvchilar— 1,8 foizni tashkil etgan holda aholining savodxonligi — 21 foiz; Belorussiyada aholining umumiy soni 6 492 857, maktablar soni — 2263, o‘quvchilar soni — 125 418, aholining umumiy soniga nisbatan o‘quvchilar — 1,9 foizni tashkil etgan holda, aholining savodxonligi —24,7 foiz; Turkistonda aholining umumiy soni — 3 792 774, maktablar soni — 6027, o‘quvchilar soni —64 015, aholining umumiy soniga nisbatan o‘quvchilar — 1,7 foizni tashkil etgan holda aholining savodxonligi—19,55 foiz bo‘lgan2. Savodxon aholini hisobga olish davrida arab imlosini bilsa-da, ruscha o‘qish-yozishni bilmaganligi uchun mahalliy millat vakillari savodsizlar safiga qo‘shib yuborilgan edi.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar boshqa tarixiy manbalar bilan ham tasdiqlanadi. Xususan, 1880-yilda Boysun bekligida bo’lgan I.V.Mushketov Darband amlokdorligida 400 xo‘jalik yashashi, shundan yuzdan ortig‘i mullalarga tegishli ekanligini qayd qiladi3. Bundan tashqari, mahalliy ziyolilar va beklarning tashabbusi bilan Surxon vohasidagi deyarli barcha qishloqlarda maktablar ochilgan bo’lib, bu sovet tuzumi davridagi mahalliy aholining 98,8 % savodsiz edi, degan fikrning haqiqatga to’g’ri kelmasligini ko’rsatadi. Aksincha, rus mustamlakachilari maktab ta’limiga hech qanday g’amxo’rlik ko’rsatishmagan. Xususan, Termiz shahrida rus mustamlaka ma’muriyati 30 yillik boshqaruvi davrida bor-yo’g’u bitta maktab (1906 yil) ochganligining o’zi ularning asl qiyofasini ko’rsatadi. Vaholanki, 1900 yili Termizda yashovchi rus aholisi 8052 erkak va 2069 ayoldan iborat edi4.
To’g’ri, “Sherobod” aksionerlik jamiyati bo‘lg‘usi ishchi-xodimlarini shakllantirish maqsadida Termizda o‘zining tayyorlov maktabini ochgan edi. 1916-1917-o‘quv yilida maktab ishlariga 2760 rubl mablag‘ ajratildi. Unda o‘qimoqchi bo‘lgan kishilarga chegirmalar belgilanib, o‘qish haqi pasaytirildi5.
Shunga qaramay, chor hukumati xalqning savodsiz qolishini o‘zi uchun foydali deb bilar, aholi ma'naviyatini o‘sishini katta xavf sifatida qabul qilardi. Shu bois o‘qish majburiyati yo‘q, mavjud maktablarda o‘quv adabiyotlari yetishmas edi. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qish juda qimmat bo‘lgani uchun ularda faqat oliy tabaqadagilar va boylarning bolalari o‘qir edilar. Kambag‘allarning bolalari o‘qish imkoniyatiga ega emas edi.
Rossiya imperiyasining maorif sohasidagi siyosati Buxoro amirligi maktablariga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatgan. Buxoro amiri qushbegisi hujjatlarida ota-onalar o‘z bolalarining o‘qishlari uchun 15-20 tanga «maktab puli» to‘laganliklari qayd etilgan6. Bu esa, kambag‘al oilalar uchun qiyinchiliklar tug‘dirar edi. Aholining katta qismi savodsiz bo‘lish sababi ham shunda edi.

Download 21.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling