Sharqiy osiyoda islom dinining tarqalishiga oid tadqiqotlar tahlili


Mustaqil ta'lim uchun adabiyotlar


Download 58.54 Kb.
bet5/7
Sana28.01.2023
Hajmi58.54 Kb.
#1136734
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Islom dini tarixi

Mustaqil ta'lim uchun adabiyotlar:
1. Saidboyev T.S. slam i obshestvo.-M.: Nauka, 1984.
2. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson. 1-kitob.-T.:Yozuvchi,1996.
3. Komilov N. Tasavvuf. 2-kitob.-T.: G'ofur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at hamda «O'zbekiston» nashriyotlari. 1999.
4. Mustaqillik izohli lug'at.-T.: Fan, 1998. Najmiddin Kubro (170-172); Sufiylik (202-204); Yassaviy (252-253); qadriyatlar (279-280).
5. Poklik iymondandir. Tuplam.-T.: 1993.
6. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot yo'lida.-T.: O'zbekiston, 1997.
777777Markaziy Osiyo davlatlarida bugungi islom dini ko'rinishlarining paydo bo'lishida hamda ularning davlat bilan munosabatlari shakllanishida nafaqat Sovet davri, balki undan oldingi chor Rossiyasi hukmronligi paytidagi hukumat siyosati ham muhim ahamiyatga ega. Birmingem universiteti tadqiqotchisining aytishicha, Markaziy Osiyoda, xususan, O'zbekistonda uzoq yillar rasmiy islom ta'limoti salafiy aqidasiga asoslanganini bugun ko'pchilik bilmaydi.
Sovet Ittifoqi davrida islom va davlat munosabatlari qanday bo'lgan? Bugungi O'rta Osiyo mamlakatlari yuritayotgan din siyosati sobiq sho'rolar davridagi siyosatdan qanchalik farq qiladi? Jorj Vashington universitetida kechgan davra suhbatida Birmingem Universiteti tadqiqotchisi Galina Yemelianova shu mavzuda fikr yuritdi.
Olimaning aytishicha, an'anaviy islom dinida nasroniylikdagi cherkov kabi markaziy diniy boshqaruv yo'q. Siyosiy hokimiyat dindorlarni o'z nazoratida tutib turish uchun davlatga tobe muftiyat, shayxul islom kabi idora va unvonlarni o'ylab topgan, deydi u.
"Rossiya O'rta Osiyoni bosib olgandan keyin bu yerdagi musulmonlarga nisbatan ham Rossiyadagi tartibni joriy qila boshladi. Yekaterina II XVIII asr oxirida tatar va boshqird musulmonlarini boshqarish uchun yaratgan muftiyat modeli O'rta Osiyoda ham tatbiq qilindi. Turkiston gubernatorligi to'g'ridan to'g'ri Rossiya siyosati ostida boshqarilgan bo'lsa, Buxoro amirligi va Xiva xonligi diniy siyosatda mustaqilligini saqlab qoldi", - deydi Yemelianova.
Islom olamida Markaziy Osiyoning ahamiyati katta. Qur'ondan keyin eng ishonarli ikkinchi manba sanaladigan sahih hadis to'plamlarining ikkitasi shu mintaqa olimlari - Imom Buxoriy va Imom Termiziy tomonidan yozilgan. Shu bois, deydi tadqiqotchi, Islomning shakllanishida mintaqaning roli katta bo'lgan.
Tadqiqotchining yana aytishicha, O'rta Osiyoda hozirgacha mavjud an'anaviy islom ta'limi tizimi temuriylar davrida dunyoga kelgan.
"Hozirda qadimchilar deb ataladigan an'anaviy diniy ta'lim tarafdorlari va madrasalar shu davrda bunyod etilgan", - deydi u.
XIX asr oxiriga kelib O'rta Osiyo musulmonlari orasida dinni va jamiyatni isloh qilishga chaqiruvchi jadidchilar guruhi paydo bo'ldi. Shu bilan musulmonlar orasida qadimchilar va modernistlar o'rtasida ziddiyat yuzaga keldi. Sovetlar hokimiyati o'rnatilguncha qadimchilarning qo'li baland kelgan, deydi Yemelianova.
"Sovetlar hokimiyatga kelgach, ular, avvalo, qadimchilarni yo'q qilishga tushdi. Chunki qadimchilar O'rta Osiyoda an'anaviy islom namoyandalari edi. An'anaviy ulamolarni chetga surib, jadidchilarni hokimiyatga, mahalliy idoralarga jalb qilishdi. Ularning yordami bilan eski dindorlardan qutulishni niyat qilishdi", - deydi u.
Shuningdek, sovet hokimiyatining ilk yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatni og'irlashtirmaslik uchun mahalliy shariat sudlari va qoziliklarining ishlashiga ruxsat berilgan.Ammo Stalin hokimiyatni egallagach, vaziyat keskin o'zgardi.
"Sovetlar barcha dindorlarni, qadimchilarni ham, modernistlarni ham yo'q qila boshladi. Ular madrasalarni, masjidlarni yakson qilishdi. Vaqf mulklarini davlat hisobiga o'tkazdi. Ko'plab ulamolar qatag'on qilindi", - deydi tadqiqotchi.
"Hujum" harakati kabi siyosiy kampaniyalar doirasida ayollar ro'mol va paranjilaridan voz kechishga majburlandi. Universal majburiy ta'lim orqali ateistik ta'limot olg'a surilib, dahriylik davlat siyosatiga aylandi.
Ammo Ikkinchi jahon urushi davrida yana dindorlarga imkoniyat berila boshlandi. 1943-yil O'rta Osiyo musulmonlari diniy idorasi tuzildi. Rasmiy tarzda ayrim madrasa va masjidlar faoliyat yuritishiga ruxsat berildi.
"Toshkentda muftiyat tuzildi. U boshqa respublikalarda bo'lmagan, faqat Toshkentdan boshqarilgan. Markaziy Osiyoning boshqa respublikalarida muftiyatning filiallari, qoziliklar ochilgan", - deydi tadqiqotchi.
Olimaning kuzatishicha, hukumatning qattiq nazorati ostida faoliyat yuritgan bu muftiyat madrasalarida salafiylik targ'ib qilingan. Buni o'sha paytda tasavvufga qarshi siyosat kuchli bo'lgani bilan izohlash mumkin, deydi u.
"Bu davrni Rossiya imperiyasi davridagi siyosat bilan qiyoslaydigan bo'lsak, sovetlar muftiyat orqali islomning barcha jabhalarini nazorat qilgan bo'lsa, chor Rossiyasi davrida islomiy ta'lim davlat nazoratida bo'lmagan edi. Madrasalar nimani qanday o'qitish bo'yicha erkinlikka ega bo'lgan", - deydi Yemelianova.
Markaziy Osiyo davlatlari 90-yillar boshiga kelib mustaqillikka erishdi. Diniy qadriyatlar rasman qayta tiklansa-da, amalda din nazorati bo'yicha sovet modeli davom etdi, deydi olima.
"Din ustidan nazoratning eng kuchli ko'rinishi O'zekistonda kuzatildi, - deydi olima. - O'lkaning Afg'onistonga chegaradoshligi ham buning sabablaridan biri. Siyosatda shakl o'zgargan bo'lsa ham, mohiyatan sovet boshqaruvi o'zgarmadi".
Shuningdek, Qirg'iziston va Qozog'istonda salafiylik ta'limotini qo'llab-quvvatlovchi shaxslarning rasmiy diniy idora darajasigacha ko'tarilishi kuzatildi. O'zbekistonda esa tasavvuf o'zbek milliy-diniy qadriyatlarining bir qismi sifatida rasman e'zozlandi; aksincha, salafiylikka qarshi keskin kurash olib borildi.
"Tarixiy nuqtai nazardan Sovetlar hukmronligi uzoq davom etmagan bo'lsa-da, davlat va din munosabatlarining shakllanishida Markaziy Osiyo uchun eng muhim bosqich vazifasini o'tadi", - deydi olima.
Bu, asosan, dinning hukumat tomonidan qattiq nazorat ostida saqlanishi sifatida namoyon bo'ldi va mazkur tartib Sovet Ittifoqi qulaganiga chorak ask to'lgan bo'lsa-da, hanuz amalda.





Behzod Muhammadiy


Behzod Muhammadiy AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari bilan nom qozongan. 
Yurtimizda yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning bebaho ilmiy-ma’naviy merosini tadqiq qilish, ular qoldirgan asarlarni ilmiy-izohli tarjima qilib, ommalashtirish hamda xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozmalarning elektron nusxalarini to‘plab, xalqimizga yetkazish dolzarb masalalarga aylanmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida “muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo‘’tabar zot merosining gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – “Al-Jome’ as-Sahih” kitobi islom dinida Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba’ bo‘lib, ahli islom e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i hisoblanadi. Mana, o‘n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri bilan munavvar etib, haq va diyonat yo‘liga chorlab kelmoqda”.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy milodiy 810-yilda (194-hijriy) Buxoro shahrida dunyoga kelib, bolalik chog‘laridanoq Buxorodagi yetuk allomalardan dars olib, hadis ilmida kuchli xotira va o‘tkir zehn sohibi bo‘lib voyaga yetdi. Imom al-Buxoriy o‘n olti yoshida onasi va akasi Ahmad hamrohligida Makka shahriga haj qilgani borib, o‘sha yerda qoldi va hadis ilmini o‘rganishda davom etdi. U yerdagi zabardast ulamolardan Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vasallamning hadislarini yozib olib, o‘sha davrdagi Islom olamida mashhur bo‘lgan ilmiy markazlarga safar qildi, qishloq va shaharlarni kezdi, hadis ilmidagi bahs-munozalarda ishtirok etdi. Natijada, Imom al-Buxoriy hadis ilmida kamolotga erishib, o‘zi yod olgan 600 mingga yaqin hadislarni sahih va g‘ayri sahihlariga ajratdi.
Imom al-Buxoriy Islom olami va muhaddislar orasida “Imom ul-Muhaddisiyn” (Barcha muhaddislarning peshvosi) deb hurmat bilan tilga olinadi. Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-Sahih” (Ishonarli to‘plam) asari haqida so‘z ketganda shuni aytish mumkinki, mazkur manba Islom dini ta’limotida Qur’oni karimdan keyin asosiy manba sifatida foydalaniladi. Imom al-Buxoriy yashagan davrdan oldin ta’lif etilgan hadis kitoblarida sahih va g‘ayri sahih hadislar aralash holda berilgan bo‘lib, o‘quvchi ulardagi biror hadisni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini, hadis rivoyat qiluvchining ahvolini tekshirmay va aniqlamay turib, bilolmasdi. Buning uchun o‘quvchi o‘sha hadisga aniqlik kiritish maqsadida ulamolardan so‘rashga majbur bo‘lardi.
Mana shunday og‘ir davrda Imom al-Buxoriy “Al-Jomi’ as-Sahih” kitobini 16 yilda yozib tugatib, unga 7275 dan ortiq sahih hadislarni boblarga ajratib tartibli ravishda jamladi.
Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-Sahih” kitobiga mashhur olimlar tomonidan yuzdan ziyod sharh va xoshiyalar bitilgan. Jumladan, “Fathul-Boriy”, “Al-Kavkab ad-Daroriy”, “Irshodus-Sariy”, “Umdat al-Qoriy”, “Fayzul Boriy” va boshqa ko‘plab sharhlarni misol qilib keltirish mumkin.
Bundan tashqari, Imom al Buxoriyning “Al-Adab al-Mufrad” (Odob durdonalari), “Birr ul-Volidayn” (Ota-onani hurmat qilish), “At-Tarix al-Kabir” (Katta tarix), “At-Tarix al-Avsat” (O‘rtacha tarix), “At-Tarix as-Sag‘iyr” (Kichik tarix), “Al-Jome’ al-Kabir” (Katta hadislar to‘plami), “Kitab al-Ilal” (Nuqsonli hadislar kitobi), “Kitab al-Kunya” (Hadis roviylarining taxalluslari) kabi yigirmadan ortiq asarlarlari mavjud.
Imom Buxoriyning ijodiy merosi o‘zining hajmi, zamonasining diniy va ijtimoiy fanlarini to‘la-to‘kis qamrab olganligi bilan kishini hayratga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 14-15 aprel kunlari Samarqand viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini qurish taklifini bildirib, shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir bobomiz, barcha muhaddislar peshvosi Imom Buxoriy mangu qo‘nim topgan ushbu maskanda o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy muhit mavjud. Majmuaga ziyoratga kelgan odam bu markazga ham kirib, o‘ziga katta ozuqa olsin, bobolarimiz hikmatlaridan o‘rganib ketsin. Shunda ularning qalbida ulug‘ ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usi rivoj topadi, ayni paytda shunday buyuk zotlarning avlodi mas’uliyatini his etadi”. 
Demak, hadislar mazmunan har bir mo‘minning ishonchini, e’tiqodini mustahkamlaydi va shu bilan birga insonni ma’naviy kamolotga da’vat etadi. Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo‘lib hisoblanadi va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish shu kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.

Download 58.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling