Sharqiy Osiyoda yashayotgan xalqlarning kelib chiqishi, etnogenezi, urf-odatlari va anʼanalari


Download 39.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi39.5 Kb.
#1591025
Bog'liq
Sharqiy Osiyoda yashayotgan xalqlarning kelib chiqishi, etnogenezi, urf-odatlari va anʼanalari


Sharqiy Osiyoda yashayotgan xalqlarning kelib chiqishi, etnogenezi, urf-odatlari va anʼanalari

Osiyo kit'asining eng kup sonli xalklari Sharkiy kismida joylashgan. Juda keng xududni egallagan bu regionga Xitoy, Mongoliya, Koreya va Yaponiya davlatlari kiradi. 1 milliard 750 mln.dan ortik axoliga ega bulgan Sharkiy va Markaziy Osiyoda xozir 1 milliard 300 mln.dan ortik xitoylar, 135 mln.dan ortik yaponlar, 70 mln. koreyslar, 20 mln.dan ortik tayvanliklar, 2 mln.ga yakin mugullar va boshka elatlar yashaydi.


Sharkiy osiyoliklarning etnogenezi va etnik tarixi nixoyatda boy va murakkabdir. Kelib chikishi xam xar xil. Xitoylarning ajdodlari Xuanxe daryosi buylarida yashagan deb faraz kilinadi. Keyingi yillarda utkazilgan antropologik, tarixiy-arxeologik tadkikotlar va etnolingvistik ma'lumotlar Sharkiy Osiyo xalklarining shakllanish tarixini umumiy tasavvur kilishga imkon beradi. Eramizdan avvalgi U-1U ming yilliklarda Sharkiy Osiyoda bir necha neolitik madaniy markazlar paydo bulgan. Xozirgi Xitoyning sharkiy soxillarida kashf etilgan Sinlyangan madaniyati keyinchalik “sharkiy” nomli etnoslarning paydo bulishiga zamin yaratgan. Usha davrlarda Xuanxe daryosining bosh shoxobchasi Veykxe vodiysida mashxur Yanshao neolitik dexkonchilik madaniyati paydo bulib xitoy xalki eng kadimiy ajdodlarining asosini, bir kismi esa tibet-birma etnoslarining shakllanishiga sabab bulgan. Yanshaoliklar daryo soxillarida yarim yertulalarda va ustunlarga urnatilgan sinch uylarda yashab, dexkonchilik va xunarmandchilik bilan shugullanganlar.
111 ming yilliklarda sharkiy yanshoaliklar Urta Xitoy tekisliklarida yashovchi janubiy kabilalar bilan aralashib ilk Xitoy tiliga asos solingan. Keyingi ming yillikda kadimiy xitoy kabilalari – sya va shanlar yirik kabilaviy ittifoklar tuzib dastlabki sinfiy jamiyatlar negizida ilk davlatlarni yaratganlar. Ular kushni turli irkdagi etnik guruxlar bilan yakin alokada bulganlar. Garbiy kushnilari tibetlik syan etnik birikmalarning keyinchalik shakllangan tibet-birma xalklarining negizini tashkil kilgan edi. Shan davrida iyeroglif tipidagi yozuv paydo bulgan, uning jez idishlari va folbinlar fol ochadigan maxsus suyaklarga yozilgan namunalari bizgacha yetib kelgan. Keyinchalik bu yozuv kushni Koreya va Yaponiyaga tarkalgan.
Shunday kilib, eramizdan avvalgi 1 ming yillikning boshlariga kelib Urta-Xitoy tekisliklarida uzok davr davom kilgan kadimgi xitoy etnosining shakllanish jarayoni tugaydi va ular uzlarini “xuasya” deb atay boshlaydilar. Kadimiy xitoylar etnik birligining paydo bulishi usha davrlarda Xuanxe va Yanszi daryolari voxalaridagi davlatlarning birlashishiga dastlabki turtki edi. Okibatda eramizdan avvalgi 111 asrlarga kelib markazlashgan Sin va Xan imperiyalari yuzaga kelgan. Janubiy Xitoyda kadimdan xar xil kabilalar yashagan. Eramizdan avalgi davrning sunggi asrlarida xitoylar janubga xarakat kila boshlaydi va maxalliy kabilalarni asta-sekin xitoylashtira boshlaydi.
Yapon xalkning etnogenezi xaligacha tulik aniklanmagan. Yapon tili yukorida kayd kilinganidek, mustakil til turkumiga kirmaydi. Yapon orollarida ilgari odam yashamagan. Yaponlarning eng kadimgi madaniyati neolit davriga oid umumiy “dzemon” nomi bilan ma'lum bulib, kelgindi axolisi – aynlar indoneziya orolliklari va kit'adan kelgan koreyslar bilan aralashib murakkab etnik guruxni yuzaga keltirgan. Eramizning 1 asrlarida Yaponiyada jamoa – urug tuzumi yemirila borib, sinflar paydo buladi va VII asrda yakka davlat tashkil topadi. Usha vaktda Xitoyning ta'siri zur bulgan, yozuvi va madaniy elementlari utgan. Asli yapon va koreys xalklarining mustakil millat sifatida shakllanishi VII-XII asrlarga tugri keladi.
Koreyslarning ajdodlari eramizdan avvalgi 11 ming yillikka kelib joylashgan. Ular janubiy Manchjuriya, Shimoliy Xitoydan materik orkali va dengiz buylab kelganlar. Eramizning boshlarida bir necha asrlarp davomida xar xil kabilalar uzaro urush olib borganlar, dastlab, X asrda Choson davlati paydor bulib, Ko-Ryo sulolasi xukmronligida birikkanlar. Ularga ixitoyning ta'siri zur bulgan, yozuvini kabul kilib uzlarining alfavitini tashkil kilganlar. XIII asrlarda Xitoy va Koreyamugullar tomonidan talon-taroj kilingan. Urushlar mamlakatni ancha orkaga tashlagan. Fakat Yaponiya saklanib, uzi Koreyaga yurish kilgan.
Mugullar ancha keyin paydo bulgan. Ularning ajdodlari – kodonlar eramizning 1-11 ming yilligi oraligida Markaziy osiyoda uz imperiyasini urnatgan va uz ichiga xozirgi Muguliston va Shimoliy Xitoyni kamrab olgan. Mugullarning etnogenezida eramizdan avvalgi 1 ming yillikda yashagan, xunn, syanbiy kabilalari xam ishtirok kilgan. XII asrlarda Muguliston chullarida tatar, nayman, merkit kabi yirik mugul kabilaviy ittifoklar paydo buladi. XIII asrlarda mazkur elat va kabilalar Temuchin (Chingizxon) boshchiligida birikib mugul xalkiga asos solinadi. XVII asrlarda kaxramonlik kurashi natijasida ozod buladi.
Sharkiy va Markaziy Osiyo xalklarining xujalik faoliyati va madaniyatining turli xilda bulishi uning geografik muxiti, tabiiy iklim sharoiti bilan belgilanib, bir necha xildagi xujalik-madaniy tiplarni yuzaga keltirgan. Shu nuktai-nazardan regionda tub fark kiladigan ikki geografik mintaka – issik va mu'tadil iklimli tabiatga xos xujalik-madaniy tiplar kadimiy davrdan shakllanib kelgan. Asli xozirgi davrda turtta yirik xujalik-madaniy tiplar mavjud ekanligi aniklangan va ular uzaro ijtimoiy-iktisodiy darajasi bilan farklanadilar.
Eng kadimiy xujalik-madaniy tiplardan ovchi, balkchi va terimchi guruxlar mezolit davrida paydo bulib, sof xolatda saklanmagan. Issik iklimli zonada uchraydigan urmon terimchilari va ovchilari Xitoy mon-kxmer xalklarida kisman saklangan. Shimoli-sharkiy rayonlarda yakin davrlargacha mu'tadil iklimga oid terimchi va balikchi elatlar yashab kelgan.
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling