Shartli belgilar F


Download 7.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana07.03.2017
Hajmi7.2 Kb.
#1887
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

KIMYO
8–sinf uchun darslik
TOSHKENT
2006

Aziz  o‘quvchi!
Yodingda tut! Vatan onadek muqaddas. Uning o‘tmishi bilan faxrlana-
miz. Negaki, Ar-Roziy, Al-Farg‘oniy, Al-Buxoriy, Beruniy, Abu Ali ibn 
Sino, Amir Temur, Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk 
ajdodlarimiz dunyoning eng mo‘tabar olimlari bo‘lganlar.
Bugungi kundan quvonchimiz cheksiz, chunki biz mustaqil O‘zbekiston 
farzandlarimiz.  Kelajak  qanday bo‘lishi sen va sening tengdoshlaring 
qo‘lida. Ota–onang, aziz Vataning – kutgan inson bo‘l, yetuk mutaxassis, 
ijodkor, zabardast bunyodkor bo‘l! Fan olamining jilovdori bo‘l!
O‘qi, o‘rgan, amaliyotga  tadbiq et! Senga  oq yo‘l.
Mualliflar
Aziz do‘stim!
8-sinf “Kimyo” darsligini o‘qib-o‘rganishingizda men va mening yosh 
do‘stlarim Sizlarga yaqindan yordam beramiz. Biz quyidagi shartli 
belgilar asosida faoliyat ko‘rsatamiz!
– namunaviy masala va mashqlar
– mustaqil yechish uchun
   masala va mashqlar
– savol va topshiriqlar
– test savollari 
– labaratoriya ishlari
Shartli belgilar

F
an va texnika jadal rivojlanayotgan bugungi kunda 
kimyo fani sirlarini ilmiy asosda o‘rganish nafaqat kimyo, 
balki biologiya, fizika, matematika, geografiya, geologiya, as-
tronomiya kabi fanlarni o‘rganishda ham muhim ahamiyatga 
egadir.
Yangi  texnologik  jarayonlarga  doir  bilimlarni  egallash 
ham kimyoviy bilimlarga asos bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. 
Davlat ta’lim standartlarida 8-sinfda kimyo fani o‘qitishda 
o‘rganilishi ko‘zda tutilgan Davriy qonun, kimyoviy element-
lar davriy jadvali, kimyoviy bog‘lanishlar turlari, elektrolitik 
dissotsiatsiyalanish nazariyasi, azot, olltingugurt, galogenlar 
guruhchalari elementlari hamda mineral o‘g‘itlar singari mav-
zular ketma-ketligi zamonaviy ilmiy tushunchalar asosida qizi-
qarli usullarda yoritib berildi.
Barcha mavzularni bayon qilishda o‘quvchilarning yosh 
xususiyatlari e’tiborga olingan holda mustaqil tarzda masala-
mashqlarni yechishlari uchun har bir bobda masala yechish-
ning namunaviy usullari keltirildi.
SO‘Z BOSHI

4
SO‘Z  BOSHI
Shunindek, nazariy bilimlar tevarak atrofdagi voqea va 
hodisalar bilan uzviy bog‘langan holda bayon qilindi. 
Mavzuni atroflicha o‘zlashtirish uchun har bir mavzu-
da tegishli savol, topshiriq hamda test topshiriqlari berildi. 
Nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun galogenlar, oltingu-
gurt, azot mavzulari bo‘yicha tajribaviy masalalar yechishga, 
ammiak olish va u bilan tajribalar o‘tkazishga hamda mine-
ral o‘g‘itlarni aniqlashga doir amaliy mashg‘ulotlarni bajarish 
tartibi keng yoritildi.
Darslikda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan xorij va o‘zbek 
olimlarining ilmiy tadqiqotlari haqidagi muhim ma’lumotlar 
ham o‘rin olgan.
O‘rganilishi rejalashtirilgan nazariy bilimlarni o‘zlashti-
rishni osonlashtirish uchun mavzular kimyoviy korxonalar-
dagi jarayonlar, tabiiy boyliklarni qayta ishlash va kundalik 
turmushdagi kimyoviy hodisalar mohiyati bilan uzviy bog‘lab 
hikoya qilindi.
Darslikni tayyorlashda mamlakatimizdagi bir qator 
yetakchi uslubchi amaliyotchilar, o‘qituvchilar hamda olim-
larning takliflari inobatga olindi.
Darslikni takomillashtirish borasida har qanday taklif 
va fikr-mulohazalar mualliflar tomonidan mamnuniyat bilan 
qabul qilinadi. Darslik haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon 
qiluvchi mutaxassislarga oldindan o‘z minnatdorchiligimizni 
bildiramiz.
Mualliflar

AZIZ O‘QUVCHI!
Mo‘jizalarga boy kimyo fanini 8-sinfda a’lo darajada o‘zlashtirishingiz
uchun  7-sinfda o‘rganilgan kimyoviy tushunchalar, qonunlar,
noorganik birikmalarning asosiy sinflari va ular orasidagi o‘zaro
bog‘liqlik kabi eng muhim mavzularni takrorlab olishingiz zarur.
1-§
Dastlabki kimyoviy tushuncha
va qonunlar
Atomlarning o‘lchamlari hamda ularning nisbiy va absolyut massalari 
to‘g‘risida atroflicha bilimga ega bo‘lish uchun quyidagi eng muhim tu-
shunchalarni bilish talab etiladi.
Kimyoviy hodisalarda bo‘linmaydigan moddaning eng kichik 
zarrasi atomlardir.
«Atom» so‘zi qadimgi yunon tilida bo‘linmas degan ma’noni 
anglatadi. Hozirgi vaqtda atom bir qator yanada kichik zarralardan 
iborat ekanligi isbotlangan.
Kimyoviy element – atomlarning muayyan turidir. Masalan, kis-
lorod atomlari kislorod elementini bildiradi.
Har bir kimyoviy elementning lotincha nomini bosh harfi, zaru-
rat bo‘lsa bosh harf bilan keyingi harflardan birini qo‘shib yozish 
bilan kimyoviy elementning belgisi ifodalanadi. Masalan, H (ash)- 
vodorodning kimyoviy belgisi, uning lotincha Hydrogenium (suv 
hosil qiluvchi) nomining bosh harfi.
Atomlar juda kichik zarrachalar bo‘lib, ma’lum massaga ega. Ma-
7-SINF KIMYO KURSINING ASOSIY 
TUSHUNCHALARINI TAKRORLASH

I-BOB
6
7-SINF  KIMYO  KURSI  MAVZULARINI  TAKRORLASH
salan, vodorod atomining absolyut massasi 0,00000000000000000
000001674 g yoki 1,674•10
-24
 g. Uglerod atomining absolyut mas-
sasi – 19,993•10 
–24
 g.
Atomning nisbiy massasi- 
12
C atomining massasini 
1
/
12
 qismidan 
necha marta katta ekanligini bildiradigan sondir.
12
C atomining 
1
/
12
 qismining massasi 1,66057•10
-24
 g.
1,66057•10
-24
 g=1 a.m.b.
Nisbiy atom massa A
r
 bilan ifodalanadi. Indeksdagi «r» nisbiy (rela-
tive) degan ma’noni anglatadi.
Elementning nisbiy atom massasiga son jihatdan teng qilib grammlar 
bilan ifodalangan qiymat g-mol deyiladi( yoki mol deyiladi).
Bir mol har qanday modda 6,02•10
23
 ta zarracha (atom, molekula, 
ion) tutadi.
6,02•10
23
 soni Avogadro doimiysi deyiladi.
Ba’zi kimyoviy elementlarning ko‘rsatkichlari
1-jadval
Kimyoviy ele-
ment nomi
Belgisi
Haqiqiy
massasi (g)
Nisbiy atom 
massa, A
r
1 molidagi 
atomlar soni
Vodorod
H
1,674•10
-24
1,008
6,02•10
23
Kislorod
O
26,67•10
-24
15,999
6,02•10
23
Uglerod
C
19,993•10
-24
12,011
6,02•10
23
 
1-misol.
 Kislorod atomining absolyut massasi 2,667•10
-23
 ga teng. 
Uning nisbiy atom massasini aniqlang.
 Yechish.
 1 atom massa birligi 1,66057•10
-24
 ga teng.
A
r
=


=


2 667 10
1 66057 10
16
23
24
,
,
           
 Javob: A
r
=16

I-BOB
7
7-SINF  KIMYO  KURSI  MAVZULARINI  TAKRORLASH
 2-misol.
 0,301•10
23
 ta kislorod atomlari necha g bo‘ladi?
  Yechish..
 1) 6,02•10
23
 ta kislorod atomlari 1 mol bo‘lib, 16 g keladi
6,02•10
23
 ta kislorod atomlari---------------16 g bo‘lsa
0,301•10
23
 ta kislorod atomlari--------------x g bo‘ladi
x
=



=
0 301 10
16
6 02 10
0 8
23
23
,
,
,
              
Javob: 0,8 g
Argon atomining nisbiy atom massasi 39,948 ga teng  ekanligini 
bilgan holda, uning haqiqiy (absolyut) massasini hisoblang.
Temir atomining haqiqiy (absolyut) massasi 93,13•10
-27
  kg    ga 
teng bo‘lsa, uning nisbiy atom massasi qanday bo‘ladi?
Atomning nisbiy massasini absolyut massaga, absolyut massasini 
nisbiy massaga aylantirish uchun qanday amallarni bajarish kerak?
3 g uglerodda qancha atom bo‘ladi?
0,602 •10
23
 ta vodorod atomi necha gramni tashkil qiladi? 
“A” elementning bitta atomining massasi 4•10
-26
 kg ga teng. Bu 
elementning nisbiy atom massasini hisoblang. Bu elementning 
nomini aniqlang?
Kimyoviy formula
Kimyoviy formula – modda tarkibini kimyoviy belgilar va (zarur 
bo‘lsa) indekslar  yordamida ifodalanishidir.
Kimyoviy formulaga qarab  moddaning sifat va miqdor tarkibini 
bilib olish mumkin.
Masalan: H
2
SO
4
 – sulfat kislota. 
H
2
SO
4
 – sulfat kislotaning bitta molekulasini va molekulada 2 ta 
vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomi mavjudligini, shuningdek, 
moddaning 1 molini ham bildiradi.
1.
2.
3.
4.
5.
6.



I-BOB
8
7-SINF  KIMYO  KURSI  MAVZULARINI  TAKRORLASH
Shuningdek, molekulani absolyut va nisbiy massasini ham topish 
mumkin.
Absolyut massasini topish uchun 2 ta vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 
ta kislorod atomlarining haqiqiy massalari qo‘shiladi. Bunday kichik sonlar 
ustida amallarni bajarish qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun 
molekulaning nisbiy massasi /Mr/ va mol miqdori hisoblab topiladi.
Mr/H
2
SO
4
/=1·2+32+16·4=98
Bir mol – moddaning nisbiy molekulyar massasiga son jihatidan 
teng va gramm bilan ifodalangan qiymatdir.
Bir  mol – /
12
C/ uglerod izotopining 12 gramida nechta atom 
bo‘lsa, o‘shancha struktura birligi (molekula, atom, ion, elektron) 
tutgan moddaning miqdoridir.
12 gramm uglerodda 6,02·10
23 
ta atom bo‘ladi.
Modda miqdori – 
υ
 harfi bilan belgilanadi va uning qiymati 
mollar bilan ifodalanadi.
Moddaning molyar massasi – M harfi bilan belgilanib g/mol 
bilan ifodalanadi.
Ba’zi kimyoviy moddalarning ko‘rsatkichlari
2-Jadval 
Modda
Kimyoviy 
formulasi
Molyar massasi
Modda miq-
dori
Molekulalar 
soni
Suv
H
2
O
18 g
mol
6,02·10
23
Karbonat angidrid
CO
2
44 g
mol
6,02·10
23
Sulfat kislota
H
2
SO
4
98 g
mol
6,02·10
23
Valentlik
1) Berilgan kimyoviy formulalardan shu modda tarkibiga kirgan ele-
mentlarning valentligini topish.
Element atomlarining boshqa elementning muayyan sondagi atom-
larini biriktirib olish xususiyati shu elementning  valentligi deyiladi.
Valentlikni o‘lchov birligi qilib vodorodning valentligi qabul qi-
lingan.








I-BOB
9
7-SINF  KIMYO  KURSI  MAVZULARINI  TAKRORLASH
Vodorod atomining valentligi I (bir) ga teng.
Kislorod atomi doimo ikki valentli bo‘ladi.
Valentligi noma’lum bo‘lgan elementning valentligi, vodorodli yoki 
kislorodli, shuningdek, valentligi ma’lum bo‘lgan boshqa bir element bilan 
hosil qilgan birikmalaridan aniqlanadi.
 1-misol.
 Quyidagi birikmalarning formulalarini daftaringizga 
ko‘chirib yozing va elementlarning valentligini aniqlang.
As
2
O
5
,   Cu
2
O,   TeO
3
, H
2
Se,  Cl
2
O
7
,  KH
1) As
2
O
5
 — kislorodning valentligi ikki. Kislorod atomlari beshta, 
har birining valentligi 2, kislorod atomlarining umumiy valentligi (2x5=10) 
10 ga teng.  Mishyakning  ham umumiy valentliklari  10 bo’lishi kerak. 
Birikmada 2 ta mishyak atomi 10:2=5. Demak: har bir mishyak atomiga 
5 ta birlik mos keladi. Birikmada mishyakning valentligi 5 ga teng.
Cu
2
O –   2·1=2;     2:2= 1. 
Mis bir valentli
TeO
3
  –   2·3=6;    6:1= 6. 
Tellur olti valentli
H
2
Se  –  1·2=2;     2:1=2. 
Selen ikki valentli
Cl
2
O
7  
–  2·7=14;   14:2=7. 
Xlor etti valentli
KH   –  1·1=1;     1:1=1.  
Kaliy  bir valentli
2) Elementlarning valentliklari ma’lum bo‘lsa, ikkita elementdan tashkil 
topgan moddaning formulasini tuzish.
 1-misol:
  Fosfor besh, kislorod ikki valentlik ekanligidan foydalanib 
fosfor(V)-oksidining formulasini tuzish.
Fosfor va kislorodning belgilarini yozish – PO
Elementlarning valentliklarini rim raqami bilan elementning 
belgisi ustiga yozish – P
V
O
II
Valentliklarni ifodalovchi sonlarni ya’ni besh va ikkini eng kichik 
umumiy bo‘linuvchisini topish, bu o‘nga teng.
Formuladagi element atomlar sonini topish uchun umu-
miy bo‘linuvchini shu elementning valentligiga bo‘lamiz.


2)
3)
4)
5)
6)
1)
2)
3)
4)

I-BOB
10
7-SINF  KIMYO  KURSI  MAVZULARINI  TAKRORLASH
Fosfor — 10:5=2;  Kislorod — 10:2=5
Demak birikmada fosfor 2 ta, kislorod 5 ta atomni  tashkil qilar ekan.
Kimyoviy belgilar ostiga topilgan sonlarni indeks qilib yozib 
qo‘yamiz – P
2
O
5
 2-misol.
  Uglerod (IV)-oksiddagi uglerodning valentligini toping.
 Yechish:
  Birikmadagi kislorodning valentligi 2, uglerodniki m.
Agar binar birikmaning formulasi va elementlardan birining 
valentligi (n) ma’lum bo‘lsa, ikkinchi element valentligini (m) m
ny
x
=
 
formula bo‘yicha aniqlash mumkin. Masalan, CO
2
 da uglerod valentligi 
m
= ⋅ =
2 2
1
4
ga teng; n=2 — kislorod valentligi, y=2 — kislorod atomlari
 
soni, x=1 — uglerod atomlari soni.
Quyidagi vodorodli birikmalardagi elementlarning valentligini 
aniqlang. 
RbH,   CaH
2
,   NH
3
,  SiH
4
, BH
3
, H
2
S, KH
Quyidagi elementlarning kislorodli birikmalarining formulalarini 
yozing:            
Cl(VII),  Se(VI),  P(V),  Pb(IV),  B(III),  Cd(II),  Ag(I)
Xrom ikki, uch va olti valentli kislorodli birikmalarini hosil qi-
ladi.  Xromning ana shu oksidlarining formulalarini yozing.
Modda miqdori. Mol
1. Moddaning massasi aniq bo‘lganda, uning modda miqdorini aniq-
lash yoki modda miqdori berilganda uning massasini topish.
5)
1.
2.
3.

I-BOB
11
7-SINF  KIMYO  KURSI  MAVZULARINI  TAKRORLASH
 1-misol:
 49 g sulfat kislotadagi modda miqdorini hisoblab toping. 
 Yechish:
 1) M/H
2
SO
4
/=98 g/mol.
               2) Modda miqdori 
η
 ni hisoblash.
η
=
=
=
m
M
49
98
0 5
,
           
Javob: 0,5 
mol.
 2-misol:
 5 mol Mis (II)-oksid necha gramm?
 Yechish:
  1) M/CuO/=64+16=80 g/mol.
                2) Modda massasini hisoblash.
η
η
=
=
⋅ = ⋅ =
m
M
formuladan m
M
g
:
80 5
400
          Javob: 5 mol CuO 400 g.
  
Quyidagi moddalarning nisbiy molekulyar massalarini hisoblang. 
ohaktosh, marmar, bo‘r – CaCO

malaxit – (CuOH)
2
CO
3
 qand, shakar  –  C
12
H
22
O
11
temir kuporosi – FeSO
4
·7H
2
O
12,6 g nitrat kislotadagi modda miqdorini hisoblang.
2,5 mol shakar necha gramm bo‘ladi?  Bu miqdor shakarda nech-
ta molekula va uglerod atomi bo‘ladi?
19,6 g fosfat kislotada nechta kislorod atomi bor?
1  mol  sulfat  kislotadagi  kislorod  atomlarining  soni  necha  mol 
suvdagi kislorod  atomlari soniga teng bo‘ladi?
Temir(II)-sulfatdagi oltingugurtning massa ulushini hisoblang.
Mis(II)-sulfatda misning massa ulushi ko‘pmi, kislorodnikimi?
Quyidagi moddalarning  qaysi birida temirning massa ulushi ko‘p? 
FeO;   Fe
2
O
3
;   Fe
3
O
4
;   FeCl
3
.
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.

I-BOB
12
7-SINF  KIMYO  KURSI  MAVZULARINI  TAKRORLASH
9. Kislorodning vodorodli birikmasi tarkibida 94,12% kislorod va 
5,88% vodorod bo‘ladi. Bu moddaning formulasini aniqlang.
10. 
Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib moddalarning formula-
larini keltirib chiqaring.
A) C   –  92,3%; 
H  –  7,7%;
B) Mn  –  49,6%; 
O  –  50,4%;
C) Sn  –  77,7%; 
O  –  21,0%; 
H  –  1,3%;
D) H  –  3,7%; 
P  –  37,8%; 
O  –  58,5%;
E) K  –  39,67%; 
Mn  –  27,87%;     O  –  32,46%;
Avagadro qonuni. Molyar hajm. Gazning zichligi va nisbiy zichligi
Bir xil sharoitdagi turli gazlarning bir xil hajmlaridagi molekula-
lar soni bir xil bo‘ladi (Avogadro qonuni).
Bug‘ holatidagi moddaning va har qanday gazning 1 moli n.sh.da 
22,4 l hajmni egallaydi va bu hajm bu molyar hajm deb ataladi.
Ba’zi gaz moddalarning molyar hajmlari
3-Jadval
Modda
Mr
Molyar massasi
Molyar hajmi
Molekulyar soni
H
2
2
2 g
22,4 l
6,02·10
23
 ta
CO
2
44
44 g
22,4 l
6,02·10
23
 ta
Cl
2
71
71 g
22,4 l     
6,02·10
23
 ta
Gazning zichligini topish uchun,
  
ρ
=
M
V
m
 
formulasidan;
Gazning nisbiy zichligini topish uchun esa  D
M
M
=
1
2
 formulasidan 
foydalanamiz.
1-misol:
 22 g karbonat angidrid /n.sh.da/ qanday hajmni egallaydi?
Yechish:
 1)   M/CO
2
/=44 g.





I-BOB
13
7-SINF  KIMYO  KURSI  MAVZULARINI  TAKRORLASH
2)  22 g CO
2
 ning hajmini hisoblash.
             44 g CO
2
  22,4 l hajmni egallaydi
             22 g CO
2
   x l hajmni egallaydi
x
l
=

=
22 22 4
44
11 2
,
,
   
Javob: 22 g CO
2
 gazi 11,2 l hajmni egallaydi.
22 g karbonat angidriddagi modda miqdorini topib, har qanday gaz-
ning 1 moli n.sh.da 22,4 l hajmni egallashidan foydalanib ham topishimiz 
mumkin.
n
mol
=
=
22
44
0 5
,
                    
mol gaz 22,4 l hajmni egallasa, 0,5 mol karbonat angidrid-chi? 
11,2 l hajmni  egallaydi.
2-misol:
 20°C dagi 90 g suv gaz holatga o‘tkazilganda hajmi qancha 
            bo‘ladi.
Yechish:
 Suyuq, qattiq holatdagi moddalar gaz holatga o‘tganda, gaz
            qonunlariga bo‘ysunadi. Shuning uchun:
M/H
2
O/=18
90 g suvning gaz holatdagi hajmini hisoblash.
18g  H
2
O /gaz/ 22,4 l hajmni egallaydi.
90g  H
2
O /gaz/ x l hajmni egallaydi.
x
l
=

=
90 22 4
18
112
,
    
Javob: 90 g suvning hajmi 112 
l.
 3-misol:
 Tarkibida 71,45% metan va 28,55% uglerod (II)-oksid 
            
bo‘lgan 7,84 m

aralashmaning massasini aniqlang.
Yechish:
 1)7,84 m
3
 aralashmada qancha metan va uglerod (II)-
            oksid bor?
A) V/CH
4
/=7,84·0,7145=5,6 m
3
 B) 
V/CO/=7,84·0,2855=2,24 m
3
2) M/CH
4
/=16 g/mol,          
M/CO/=28 g/mol.
1)
2)

I-BOB
14
7-SINF  KIMYO  KURSI  MAVZULARINI  TAKRORLASH
3) 5,6 m
3
 CH
4
 ning massasini topish.
    22,4 m
3
 CH
4
 16 kg bo‘lsa
    5,6 m
3
 CH
4
    x  kg bo‘ladi              
x
kg CH
=
⋅ =
5 6 16
22 4
4
4
,
,
4) 2,24 m
3
 CO ning massasini toping.
    22,4 m
3
 CO 28 kg bo‘lsa
    2,24 m
3
 CO   x kg bo‘ladi      
x
kg
=

=
2 24 28
22 4
2 8
,
,
,
5) Gazlar aralashmasining umumiy massasi:
    4 kg + 2,8 kg=6,8 kg.
Javob: Gaz aralashmasining umumiy massasi 6,8 kg.
4-misol:
 1 l suvdagi modda miqdorini va molekulalar sonini hisob-
            lang /suv 20°C da/.
Yechish:
 1) 1 l suvning massasini toping. Suvning zichligi 1 g/sm
3
 
            ekanligini bilasiz.
m/H
2
O/=1000 sm
3
 · 1 g/sm
3
=1000 g.
2) 1000 g suvdagi modda miqdorini toping.
η
=
=
1000
18
55 56
,
mol
                 
3) 1 l /1000 g yoki 55,56 mol/ suvdagi molekulalar sonini hisoblab 
topish.
mol suvda 6,01·10
23
 ta molekula bor.
55,56 mol suvda x ta molekula bor.
x
ta
=


=

55 56 6 02 10
1
334 4 10
23
23
,
,
,
Javob: 1 
l suv 55,56 mol, 333,9·10
23
 yoki 3,339·10
25
 ta molekula bor.

I-BOB
15
7-SINF  KIMYO  KURSI  MAVZULARINI  TAKRORLASH
5-misol:
 16 g oltingugurt (IV) oksid n.sh.da qanday hajmni egal-
laydi? 
Yechish:
 1) 16 g SO
2
 dagi modda miqdorini topish.
M/SO
2
/=64 g/mol,    
η
=
=
16
64
0 25
,
mol
2) 16 g (yoki 0,25 mol) SO
2
 qancha hajmni egallaydi.
1
22 4
0 25
2
2
mol SO
l hajmni egallaydi
mol SO x l hajmni egallaydi
,
,




   
x
l
=

=
0 25 22 4
1
5 6
,
,
,
Javob: 16 g SO
2
 5,6 l  hajmni egallaydi.

Download 7.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling