Shartli matematik kutilma va uning xossalari
Download 298.85 Kb.
|
Shartli matematik kutilma va uning xossalari
Shartli matematik kutilma va uning xossalari. (Ω, ,F P) ehtimollik fazosi, B hodisa uchun (B ∈F) uning ehtimolligi P B( )> 0 bo‘lsin. Bu ehtimollik fazosidan yangi (Ω, ,F PB )ehtimollik fazosiga o‘tamiz va undan har qanday A ∈F hodisa uchun uning ehtimolligini PB ( )A = P A B( / )= P ABP B(( )) tenglik bilan aniqlaymiz. Oson ko‘rinadiki, PB ehtimollik P P P1, 2, 3 aksiomalarni qanoatlantiradi. (Ω, ,F P) fazoda aniqlangan tasodifiy miqdor ξ (Ω, ,F PB ) da ham tasodifiy miqdor bo‘ladi. Ta’rif 1. Tasodifiy miqdor ξ ning (Ω, ,F PB ) dagi matematik kutilmasi uning B hodisaga nisbatan shartli matematik kutilmasi deb atalib, E(ξ/B) ko‘rinishda belgilanadi. Demak, E /B . va PB ehtimollik ta’rifiga ko‘ra, E Ω ΩB ΩB Oxirgi integralni Eξ dan farqi shundaki, unda integrallash faqat B ⊂Ω to‘plam bo‘yicha bo‘ladi, xolos va uni (ξ;B)= ∫ ξ ω( )P d( ω). B deb belgilasak, E (ξ;B) E (ξ /B)= P B( ) tenglikni olamiz. Oson ko‘rish mumkinki, funksiya x B( / )= PB (ξ< = <x) P(ξ x B/ ) ξ tasodifiy miqdorning (Ω, ,F PB ) fazodagi taqsimot funksiyasi bo‘ladi. Ta’rif 2. F x B( / ) funksiyasi ξ tasodifiy miqdorning B hodisaga nisbatan shartli taqsimot funksiyasi deyiladi. Ixtiyoriy qism σ−algebra F F1 ( 1 ⊂F) B hodisadan bog‘liqsiz deyiladi, agar har qanday hodisa A1 ∈F1 uchun P AB( 1 )= P A( )1 ⋅P B( ) tenglik bajarilsa. Xususan tasodifiy miqdor ξ yuzaga keltirgan σ-algebra σ ξ( ) hodisa B ga bog‘liq bo‘lmasa, uni B hodisadan bog‘liqsiz deyiladi. Agar ξ tasodifiy miqdor B hodisaga bog‘liq bo‘lmasa, PB (A)= P A( ) tenglik har qanday A ∈ σ ξ( ) hodisa uchun bajariladi. Demak, bu holda F x( /B)= F x( )= <P(ξ x), E (ξ /B)= Eξ, E (ξ;B)= P B E( ) ξ tengliklar o‘rinli bo‘ladi. Agar {Bn,n ≥1} ketma-ketlik hodisalarning to‘la guruhini tashkil qilsa, Eξ =∫ΩξdP =∑n B∫n ξdP =∑n E (ξ /Bn ) (P Bn ) tenglik o‘rinli bo‘ladi va uni matematik kutilmalar uchun to‘la ehtimollik formulasi deyiladi. Misol. Faraz qilaylik, biror bir mexanizmning xizmat qilish muddati F x( ) taqsimot funksiyasiga ega bo‘lgan ξ tasodifiy miqdor bo‘lsin. Mexanizmning a vaqt davomida ishlab turgani ma’lum bo‘lsa, uning yana qolgan vaqt davomida xizmat qilish ehtimolligi taqsimoti topilsin. Bu taqsimotning matematik kutilmasi nimaga teng? O‘z o‘zidan ma’lumki qo‘yilgan masalaning yechimi P (ξ −a ≥ x /ξ ≥a), E (ξ −a /ξ ≥a) ifodalarni topishdan iborat bo‘ladi va bunda P a( )=P(ξ/a)>0 deb hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan formulalarga asosan, P a x / , E a Quyidagi holatni qayd qilib o‘tish qiziqarli. Ko‘p tatbiqiy masalalarda, ayniqsa bir nechta ishonchli detallardan tashkil topgan murakkab mexanizmlarning ishida ξ tasodifiy miqdorning taqsimoti P x( )=1−F x( )=P(ξ≥x)=e−2µx, µ>0 ko‘rsatkichli taqsimot deb hisoblash mumkin bo‘ladi (Bunday mexanizmlar uchun elektron hisoblash qurilmalari misol bo‘la oladi). Lekin, ko‘rsatkichli taqsimot uchun mexanizmning qolgan vaqt davomida ham xizmat qilish ehtimolligi ( x a+ ) P a x µa = = e−µx = P( )x (1) yangi (ishlamagan) mexanizmning xizmat qilish muddati taqsimoti bilan bir xil bo‘ladi. Ko‘rsatkichli taqsimotning oxirgi jumlasida keltirilgan xossasi xizmat muddati mexanizmning kelgusidagi ishiga ta’sir etmasligini bildiradi va uni P x( + =a) P x( )⋅P a( ) (2) funksional tenglama ko‘rinishida ifoda etish mumkin. O‘z navbatida, (2) funksional munosabat faqat va faqat (1) ko‘rsatkichli taqsimot uchun bajariladi, xolos. Biror ehtimollik fazosi (Ω,F ,P) da aniqlangan tasodifiy miqdor ξ ning taqsimot funksiyasi F(x), g x( ) esa, R da aniqlangan Borel funksiyasi (ya’ni har qanday Borel to‘plami uchun g−1(B) ={x g x: ( )∈B} yana borel to‘plami) bo‘lsa, g(ξ) tasodifiy miqdor bo‘ladi. Quyidagi mulohazalardan matematik kutilma Eg(ξ) ni hisoblash uchun, g(ξ) ni taqsimot funksiyasini topish shart bo‘lmasdan, uni bevosita g(⋅) funksiya va F(x) orqali ifoda etish mumkinligi kelib chiqadi. Haqiqatan ham, Stiltes integrali va matematik kutilmaning ta’riflaridan va ularning xossalaridan foydalanib, quyidagi teoremaning o‘rinli bo‘lishiga ishonch hosil qilish mumkin. Download 298.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling