Shartli reflekslar


Download 136.88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.01.2023
Hajmi136.88 Kb.
#1076023
Bog'liq
Shartli reflekslar - Vikipediya



Shartli reflekslar
Shartli reflekslar - 
odam
va 
hayvonlarning
shaxsiy xayoti davomida orttirgan moslashuv
reaksiyalari sistemasi; shartli (signal) qoʻzgʻatuvchi bilan shartsiz reflektor qoʻzgʻatuvchi
oʻrtasida vujudga keladigan muvaqqat bogʻlanish tufayli paydo boʻladi. Shartli reflekslar
markaziy nerv sistemasiga
ega barcha hayvonlarda bor. "SH.r." terminini 
I.P. Pavlov
taklif
etgan (1903). Shartli reflekslar hosil qilinadigan reaksiyaga befarq boʻlgan qoʻzgʻatuvchi
(signal), yaʼni shartli taʼsirlovchining organizmga. uzluksiz taʼsiri bilan bogʻliq. Mac, chiroq
yoqilganida ovqatlanishga nisbatan Shartli reflekslar hosil boʻlishi uchun itga chiroq
yoqilgandan soʻng ovqat berib turish kerak. Tashqi yoki ichki muhitning har qanday oʻzgarishi
shartli taʼsirlovchi boʻlishi mumkin. Ilgari befarq boʻlgan, lekin vaqt jihatdan biror shartsiz
refleksning namoyon boʻlishi bilan moye keladigan har qanday taʼsirlovchi shartli signal
boʻlishi mumkin.


SH.r.ning shakllanishida 
markaziy nerv sistemasining
 oliy qismlari (baliqlarda 
oʻrta miya
va
miyacha
, sudralib yuruvchilar va qushlarda 
bosh miya yarim sharlari
, odam va sut
emizuvchilarda bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻi) asosiy ahamiyatga ega. Shartli reflekslar
asosida har xil shartsiz reflekslar oʻrtasida ikki tomonlama boglanish boʻlsa kerak, deb
taxmin qilinadi. Shartli va shartsiz taʼsirlovchilarni bir xil neyronlardagi konvergensiyasi va
bosh miya har xil markazlari faolligining oʻzaro moye kelishi Shartli reflekslar hosil
boʻlishining asosiy sharti hisoblanadi. Shartsiz qoʻzgʻatuvchi tomonidan mustahkamlanib
turilmagan Shartli reflekslar tormozlanadi, baʼzan yoʻqolib ketadi. Shuning uchun Shartli
reflekslarning biologik ahamiyati organizmning moslanish imkoniyatlarini kengaytirishdan va
uning xattiharakatlarini har xil sharoitga moslanishiga yordam berishdan iborat.
Organizmning filogenetik taraqqiyoti va individual rivojlanishi davomida Shartli reflekslar ham
tobora murakkablashib boradi (yana qarang 
Oliy nerv faoliyati
).
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Shartli_r
eflekslar&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.


 
Soʻnggi tahrir 4 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Shartli_reflekslar&oldid=2
857725
" dan olindi

Download 136.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling