V. QABUL QILUVCHI TASHKILOTDAN MALAKA AMALIYOTI RAHBARINING MAJBURIYATLARI
talabalarga hayot faoliyati va texnika xavfsizligi boʻyicha tushuntirish, shuningdek, amaliyot ob’yektining ichki tartib qoidalari va ish rejimining xususiyatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq koʻrsatish;
qabul qiluvchi tashkilotning belgilangan ob’yektlari boʻyicha talabalarni taqsimlash, ob’yektning tuzilishi, faoliyat yoʻnalishlari va oʻziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish;
amaliyotchi-talabalarga malaka amaliyoti dasturiga taalluqli materiallardan foydalanish tartib-qoidalarini oʻrgatish;
talabalarga ishlab chiqarish texnologiyalari boʻyicha maslahatlar berib borish;
zarur hollarda yaqin atrofda joylashgan boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarga birgalikda tashrif buyurishni tashkillashtirish;
malaka amaliyoti kundaligining yuritilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
talaba ish vaqtining davomiyligiga rioya etilishini nazorat qilish;
malaka amaliyoti kundaligiga talabarning ijobiy va salbiy fazilatlarini, uning oʻzlashtirish darajasi va boshqa ma’lumotlarni yorituvchi yozuvlarni kiritish;
amaliyotchi-talabalar bilan tashkilot rahbarlari va yetakchi xodimlarning uchrashuvini hamda texnologik jarayonlarni takomillashtirish, ishlab chiqarishdagi mavjud muammolarning yechimlarini izlash maqsadida seminar-treninglar tashkil etish.
VI. AMALIYOTCHI TALABANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
VI.1. HUQUQLARI
malaka amaliyotini oʻtash joyi, reja-jadvali, dasturi va tartibi bilan oldindan tanishish;
malaka amaliyotini oʻtkazish boʻyicla oʻz fikr-mulohazalarni bildirish;
malaka amaliyotini oʻtash yuzasidan zarur axborotlar olish;
malaka amaliyoti boʻyicha uslubiy materiallar bilan tanishish hamda malaka amaliyoti rahbarlaridan yoʻl-yoʻriqlar olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |