Shartnoma № ­­­­ Buxoro sh. " " 2022-yil


Download 18.57 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi18.57 Kb.
#1249418
Bog'liq
Shartnoma


SHARTNOMA № ­­­­_____

Buxoro sh. “___”__________ 2022-yil



Ustavga asosan “ YTT Nasimov Shamsiddin Ibodillo o’g’li” (keyinchalik muassasa deb yuritiladi) direktori Nasimov Shamsiddin bir tomondan va muassasada ta'lim oluvchi __________________________ning ota/onasi ________________________________ ikkinchi tomondan mazkur shartnomani tuzdilar.
Muassasa ta'lim oluvchiga o’zi tanlagan fan yo’nalishi bo’yicha, maxsus dasturlar asosida tarix, ona tili va adabiyot, IELTS va matematika, huquq fanlaridan chuqurlashtirilgan darslarni va yotoqxona xizmatini tashkil etadi. Dars mashg’ulotlari har oyda to’liq 30 kun (ichki tartib imtizom bo’yicha soat ertalabki vaqt bilan 07:00 dan kechki vaqt bilan soat 24:00 gacha belgilangan dars mashg’ulotlari va uy vazifalarni qildirish), har hafta sinov testlari, har oy oxirida blok testlari o’quv yili davomida uzluksiz olib boriladi. Ta’lim oluvchi to’lovni o’qish muddatiga qarab pul o’tkazish yo’ki naqt to’lash yo’li bilan amalga oshiradi. Shartnoma imzolangandan 2023-yil 5-avgust sanasigacha kuchda bo’lib, o’qish muddati tugab, shartnoma o’z kuchini yo’qotadi.

1. Tomonlarning majburiyati
2.1. Muassasaning majburiyatlari:
1.1 Tanlangan OTM bo’yicha o’quv reja va dasturlar asosida o’quvchiga yetarli nazariy, amaliy bilimlarni hamda ko’nikmalarni chuqurlashtirilgan holatda olib borish;
1.2 Tanlangan OTM bo’yicha kadrlarni tayyorlash;
1.3 O’quv kursi davomida (bir o’quv yili) uzluksiz chuqurlashtirilgan darslarni olib borish;
1.4 Ta’lim oluvchiga yotoqxonada (kvartirada) yashash uchun barcha sharoitlarni yaratib berish va u yerning tozaligi, sanitariyasini nazorat qilib borilishi;
1.5 Ta’lim oluvchining har oygi test natijalarini ota-onasiga yetkazib, kamchiliklarni ota-onasi bilan birgalikda bartaraf etish, ta’lim oluvchining xulqini nazorat qilib borish;
1.6 Ta’lim oluvchi ichki tartib intizomni buzsa 3 martagacha ogohlantirish berish, yana shu hol takrorlansa o’quv jarayonlaridan ta’lim oluvchini chetlashtirish:
1.7 Ta’lim oluvchilar o’rtasida nizolar kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslik, ularning xavfsizligini nazorat qilib borish;
1.8 Shartnomani ta’lim oluvchining ota-onasiga batafsil tushuntirish;
1.9 Ta’lim oluvchi o’qishga kira olmasa, bir o’quv yili davomida to’lovsiz o’qitish yoki to’lov miqdori 4 oy vaqt davomida qaytarilib berishi.

2.2 Ta’lim oluvchining majburiyatlari:
2.1 Belgilangan bilim va ko’nikmalarni egallab borish;
2.2 Ta’lim oluvchining sababsiz yoki uzrli dars qoldirilishi muassasaga to’lanadigan to’lovga hech qanday ta’sir etmaydi;
2.3 Ta’lim oluvchi muassasaning ichki tartib intizomlariga to’liq amal qilishi agar ichki tartib intizomga amal qilmasa 3 marta ogohlantirishdan keyin ham bu holat davom etsa muassasa tomonidan chetlashtiriladi, va hech qanday da’vo bildirmasligi;
2.4 Har oyda ta’lim oluvchining ota-onasi, yaqinlari farzandlarini o’qishini, natijasini so’rab, kamchiliklar bo’lsa, muassasa bilan birgalikda bartaraf etish;
2.5 Belgilangan to’lovni kelishilgan oyning 15-sanasidan 20-sanasigacha kechiktirmasdan to’lov qilib borilishi, aks holda, ta’lim oluvchi o’qishdan chetlashtirilishi mumkin, bunda oldingi to’lov qaytarib berilmaydi;
2.6 Shartnoma shartlari bilan tanishib chiqish.


  1. To’lov miqdori va to’lash tartibi:

3.1 To’lovning umumiy miqdori: 12 mln so’m.


To’lash tartibi: shartnoma tuzilgan paytda boshlang’ich to’lov: 6 mln so’m
Keyingi to’lov 2023 yilning 10 aprel sanasigacha 6 mln so’m

3.2 Shartnomada ko’rsatilgan 3.1 bandga ko’ra, umumiy to’lov kelishilgan vaqt davomida, belgilangan miqdorda, shartnomada ko’rsatilgan kelishilgan oyning ma’lum bir sanasida to’lab borishi shart. Aks holda o’qishdan chetlashtiriladi va oldingi to’lov qaytarib berilmaydi.


3.4 Shartnomada ko’rsatilgan 3.2 bandiga ko’ra to’lov to’langach, o’qish mijoz tamonidan shartnoma imzolanganidan keyin to’xtatilsa, to’langan to’lov qaytarib berilmaydi.


Tomonlarning yuridik manzili:

Birinchi tomon:

Buxoro viloyati Peshku tumani


Qal’a MFY 64-uy
YTT “Nasimov Shamsiddin Ibodillo o’g’li”
H/R: 20218000305411476001
INN: 629149373
Imzo: ________
Muhr:
Ikkinchi tomon:

Ikkinchi tomon:


Manzil: _________________________


________________________________
F.I.O. : _________________________
________________________________
Pasport seriya: ____________________

Imzo: ___________



Download 18.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling