Shartnoma № lbc-c-41048 Toshkent shahri
Download 23.96 Kb.
|
LBC-C-41048
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Shartnoma mazmuni
- Mahalliy noshirlik mahsulotlarini chop etishdan avvalgi kataloglashtirish (CIP)
Shartnoma № LBC-C-41048 Toshkent shahri 2022 yil 26-oktabr Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nomidan Nizom asosida ish yurituvchi direktor U.A.Teshabayeva bir tomondan (keyingi o‘rinlarda – “Bajaruvchi”) va Toshkent moliya instituti "Taxririy-nashriyot" nomidan nizom asosida ish yurituvchi T.Z.Teshaboyev ikkinchi tomondan (keyingi o‘rinlarda – “Buyurtmachi”), ushbu shartnomani tuzdilar: 1. Shartnoma mazmuni “Bajaruvchi” shartnomada ko‘rsatilgan xizmatlarni taqdim etadi va “Buyurtmachi” ushbu xizmatlar uchun haq to‘lash majburiyatini oladi. “Bajaruvchi” quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi: Mahalliy noshirlik mahsulotlarini chop etishdan avvalgi kataloglashtirish (CIP) bibliografik ma’lumotlarni, shu jumladan yangi nashrning standartlashtirilgan bibliografik tavsifini, darsliklar yangi nashrlar uchun muallif belgisining Kutubxona-bibliografik Klassifikatsiya (KBK) indeksining ta’riflarini o‘z ichiga oladi. 2. Narxlar va hisob-kitob tartibi Shartnomaning umumiy summasi 1500000,00 (QQS bilan) so‘mni tashkil etadi. (Bir millon besh yuz ming) so‘m, bitta bibliografik yozuv asosida, shundan 30 %, yani 450 000 (to’rt yuz ellik ming) so’m oldindan to’lov. Shartnoma miqdori “Bajaruvchi”ning hisob-kitob hisobvarag‘iga har ikki tomon Shartnomani imzolaganidan keyin 20 bank kuni ichida 30% miqdorida oldindan to‘lash orqali o‘tkaziladi. Qolgan summa 70% miqdori hisob-fakturaga muvofiq o‘tkaziladi. 2.3. Ushbu shartnomada nazarda tutilgan muddat davomida foydalanilmagan pul “Buyurtmachi”ga qaytarilmaydi, lekin Shartnomaning 2.1-bandiga muvofiq buyurtmalar uchun to‘lov sifatida keyingi kalendar yiliga o‘tkaziladi. 2.4. Shartnoma bo‘yicha hisob-kitoblarni tomonlar ish tugagandan so‘ng amalga oshiradilar va ishni tugatish to‘g‘risidagi Dalolatnoma bilan rasmiylashtiradilar. Download 23.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling