Shartnoma №3 Autsorsing usulida xususiy tibbiyot muassasalarida laboratoriya taxlili xizmatini tashkil etish bo’yicha Sardoba sh. “ ” dekabr 2022 y


Download 20.6 Kb.
bet1/4
Sana20.01.2023
Hajmi20.6 Kb.
#1105284
  1   2   3   4
Bog'liq
Шартнома 1 лотинча


Shartnoma №3


Autsorsing usulida xususiy tibbiyot muassasalarida laboratoriya taxlili xizmatini tashkil etish bo’yicha


Sardoba sh. “ ” dekabr 2022 y
“Oqoltin Medical” MChJ raxbari J.Mirzaev jamiyat Nizom asosida faoliyat yurutuvchi bir tomondan, “Rehab ZR white gold” MChJ raxbari R.A.Gulyamov Nizom asosida faoliyat yurutuvchi ikkinchi tomondan, (kelgusida tomonlar), ushbu shartnomani O’zbekiston Respublikasi Prezidetining 26.01.2022-yildagi PQ-102-sonli qarori 6-bandi xamda Sog’liqni saqlash vazirining 11.03.2022-yildagi markazlashgan labaratoriya, sterilizatsiya va yuqori texnologik tekshiruvlar tizimini tashkil etishga oid chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida tibbiyot muassasalaridagi laboratoriya diagnostika taxlil faoliyatini autsosing asosida xususiy sektorga xizmat ko’rsatish maqsadida ushbu shartnomani tuzdik.
1.Shartnoma predmeti
1.1 Ushbu shartnoma predmeti bo’lib, xizmat ko’rsatuvchi tomomnining buyurtmachi xisobidan xar kuni laboratoriya taxlil natijalarini tashkil etish xisoblanadi. Shartnoma tuzish kuniga bemorning ro’yxatdagi sonidan kelib chiqqan xolda xamda axoli, muassasadagi koykalar soniga asosan shartnoma summasi bir oyga _______________________(_______________________________________________) so’mni tashkil etadi.
2.Shartnomada qo’llanilgan termin va tushunchalar
2.1 Buyurtmachi “Rehab ZR white gold” MChJ
2.2 Autsorser “Oqoltin Medical” MChJ
2.3 To’lovchi “Rehab ZR white gold” MChJ
2.4 Shartnoma umumiy summasi - _______________________ (_________________________________________)so’m. Sanitariya me’yorlariga asosan bir bemorga to’g’ri keladigan me’yor asosida kalkulyatsiya bo’yicha sarflanadigan
dori-darmonlarning o’rtacha bozor narxlari doirasida Autsorserning barcha xarajatlarini (soliq va majburiy to’lovlar, xodimlar ish xaqi bilan bog’liq to’lovlar, va ajratmalar, transport xarajatlari, omborxonadagi uskuna va anjomlarni saqlash va ta’mirlash xarajatlari va boshqalar, kommunal to’lo’vlardan tashqari) xisobga olib qo’shilgan 20 foizlik ustama bilan xisoblangan summa.

Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling