Shartnoma to`G`risida umumiy tushunchalar
Shartnomalarni o`zgartirish va bekor qilish
Download 84.5 Kb.
|
1351786224 25537
Shartnomalarni o`zgartirish va bekor qilish
Umumiy qoida bo`yicha, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o`zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollardagina o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin: 1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa; 2) Fuqarolik kodeksi, boshqa qonunlar va shartnomada tuzilgan o`zga holatlarda. Taraflardan birining shartnoma buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishga umid qilishga haqli bo`lgan narsadan ko`p darajada muhrum bo`ladigan qilib zarar yetkazishi shartnoma jiddiy buzish hisoblanadi. Bir taraf shartnoma bajarishda to`la yoki qisman bosh tortib, qonun yoxud taraflarning kelishuvida bunga yo`l qo`ysa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan va o`zgartirilgan hisoblanadi. Qonun vaziyat jiddiy o`zgarishi munosabati bilan shartnomani o`zgartirish va bekor qilishga ham yo`l qo`yadi. Shartnoma tuzishda taraflar uchun asos bo`lgan vaziyatning jiddiy o`zgarishi, agar boshqacha tartib shartnomada nazarda tutilmagan bo`lsa yoki uning mohiyatidan anglashilmasa, shartnomani o`zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo`ladi. Vaziyatni taraflar oldindan ko`ra olganlarida shartnorma umuman tuzmasliklari yoki ancha farq qiladigan shartlar bilan tuzishlari mumkin bo`lgan darajada o`zgartirishi uning jiddiy o`zgarish hisoblanadi. Agar taraflar shartnomani jiddiy o`zgargan vaziyatga muvofiqlashtirish yoki uni bekor qilish haqida o`zaro kelisha olmagan bo`lsalar, shartnoma manfaatdor tarafning talabi bilan FKning 383-moddasida ko`rsatilgan shartlar mavjud bo`lgan hollarda shartnoma sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. Basharti, qonun hujjatlaridan, shartnoma yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa, shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo`lsa, uni o`zgartirish yoki bekor qilish to`g`risidagi kelishuv ham shunday shaklda tuziladi. Bir taraf shartnomani o`zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda ko`rsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo`lmaganida esa – o`ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin shartnomani o`zgartirish yoki bekor qilish haqidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin. Agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo`yilmagan bo`lsa, taraflar shartnoma o`zgartirilguncha yoki bekor qilinguncha majburiyat bo`yicha o`zlari bajargan narsalarni qaytarib berishni talab qilishga haqli emaslar. 1 Ammo bu holatdan ayrim istisnolar bor. Chunonchi, O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 maydagi “Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo`l, ichki suv va avtomobil transporti yo`lovchilarining majburiy shaxsiy sug`urtasi to`g`risida”gi qonuniga ko`ra, parvoz vaqtida yoki aeroport, shohbekat, bekat, bandargohda ro`y berishi mumkin bo`lgan baxtsiz hodisalarda davlat majburiy sug`urtasidan o`tkazilishi kerak bo`lgan havo, temir yo`l, ichki suv va avtomobil transporti yo`lovchilari muqarrar tarzda sug`urtalanadilar. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1993. 6-son. 250-modda. O`zbekistonning yangi qonunlari. 8-son. -T.: Adolat. 1994. 2Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси., 1998 йил. 9-сон. 170-модда. Ўзбекистоннинг янги қонунлари. 20-сон. -Т.: Адолат. 1999. 3 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2003 йил 4 сентябрдаги 383-сонли қарорига 1-илова. //”Норма” Юридик ахборот тизими. 2005 йил 1 апрелгача бўлган версияси. 4 Рахманкулов М., Роль и сущность гражданско-правового договора в условиях рыночной экономики. -Т.: Фан. 1994. -113-114 б. Download 84.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling