Shartnoma to`G`risida umumiy tushunchalar


-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar


Download 180.5 Kb.
bet5/11
Sana30.03.2023
Hajmi180.5 Kb.
#1308853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
shartnoma tuzish

9-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar
Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlik va texnikaviy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan mustaqil ravishda ayni bir paytning o‘zida Tashqi ishlar vazirligini ogohlantirgan holda, kiritiladi.
Boshqa vazirliklar va idoralar tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar tuzish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birga yoki ular bilan kelishilgan holda kiritadilar.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish tartibi
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarning xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘rib chiqiladi.
11-modda. Muzokaralar olib borish to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash to‘g‘risidagi qarorlar
Muzokaralar olib borish to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash to‘g‘risidagi qarorlar:
1) O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan esa, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
2) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
3) idoralararo shartnomalarga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda qabul qilinadi.

Download 180.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling