Shartnomada quyidagi tariflar qo‘llaniladi


QURILISH SOHASIDA ELEKTRON DAVLAT XARIDLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


Download 22.35 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi22.35 Kb.
#1486387
1   2
QURILISH SOHASIDA ELEKTRON DAVLAT XARIDLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarida davlat xaridlari hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash bo‘yicha tartib-taomillarni elektron tizimga o‘tkazish orqali yanada takomillashtirish hamda shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimi joriy etilsin:
qurilish sohasidagi davlat xaridlarini o‘tkazishda tanlov hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini taqdim etish talab etilmaydi;
elektron tanlov (tender) (keyingi o‘rinlarda — tanlov) savdolarini amalga oshirish uchun tanlov hujjatlari va texnik vazifalar faqat tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismi bo‘yicha kompleks ekspertizadan o‘tkaziladi;
tanlov savdolarida joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi qurilish-pudrat tashkilotlarining so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 1,5 baravaridan oshgan oferentlar ishtirok etmaydi;
tanlov natijalari bo‘yicha shartnomada belgilangan narxga nisbatan sifati va hajmiga ta’sir qilmagan holda tejalgan mablag‘lar pudrat tashkiloti tasarrufida qoldiriladi.
2. Davlat buyurtmachilari qurilish sohasidagi tanlovlarni maxsus axborot portali operatorlari orqali onlayn rejimda o‘tkazilishini ta’minlasin.
Qurilish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda tanlovlarni o‘tkazish bo‘yicha maxsus axborot portali operatorlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ysin.
3. Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, qurilish vaziri B.I. Zakirov va moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Kapital qurilishda tanlov savdolari va ularni tashkil etish 
O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilish, shuningdek ilgari to‘xtatib qo‘yilgan ob'ektlar qurilishini davom ettirish bilan bog‘liq ishlar va xizmatlarning butun kompleksini bajarish, tovarlar xarid qilish, asbob-uskunalar sotib olish 
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi 302-son qaroriga asosan tanlov 
savdolari (tenderlar) orqali amalga oshiriladi. Uni tashkil etish va o‘tkazish tartibi 
va shartlarini esa ushbu Qarorda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi 
hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risidagi Nizom» belgilaydi. 
Nizom tanlov savdolarini o‘tkazishning barcha tashkiliy bosqichlarini belgilab 
beradi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

Xulosa

Qurilish iqtisodiѐtini isloh qilish umummilliy iqtisodiѐtni isloh qilishning tarkibiy qismidir. Davlat qurilish iqtisodiѐtini isloh qilishning ustivor yo‘nalishlarini tanlashga imkon beradi.
Tarmoq iqtisodiѐtining ahvoli va ko‘rsatkichlari qurilishda xo‘jalik yuritishning to‘liq bozor mexanizmlarini amalga oshirish bo‘yicha boshqa tarmoqlardan ancha orqada qolaѐtganligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, mulk egalari sinfining shakllanishi sust, yirik xususiy qurilish firmalari yo‘q, tadbirkorlik faoliyati hali kerakli sur'at va ko‘lamga ega bo‘lgani yo‘k, qurilish tashkilotlari (firmalari) o‘rtasida hali jiddiy raqobat mavjud emas.
Bugungi kunda xo‘jalik yuritishda tobora mustaqil bo‘lib boraѐtgan qurilish majmuasi va avvalo uning ishlab chiqarish bo‘g‘inlarini qayta qurish lozim: avvalgidek ―yuqoridan‖ buyruq kutib o‘tirish tamoyillaridan voz kechish, o‘z-o‘zini ta'minlash va o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta'minlashga o‘tish zarur.
Qurilishning samaradorligini oshirish tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rivojlantirishni, yirik, o‘rta va kichik qurilish korxonalari va tashkilotlarini oqilona birlashtirishni ko‘zda tutadi.
Download 22.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling