Программное обеспечение (ПО)


Download 1.15 Mb.
bet1/8
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1312282
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-Ma\'ruza

Ma`ruza ZAMONAVIY AVTOMATLASHTIRILGAN LOYIHALASH TIZIMLARI


Reja:
  • Loyihalash jarayonlari va bosqichlari.
  • Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari.
  • Geometrik modellashtirish
  • CAD, CAM, CAE tizimlari.
  • AutoCAD dasturi haqida umumiy ma`lumotlar.
  • Standart primitivlari.
  • Loyihalash jarayonlari va bosqichlari.

Loyihalash - tadqiqot, hisoblash va konstruktorlik tavsifidagi ishlar kompleksini bajarish asosida ob'yektning birlamchi bayonini natijaviy bayonga o'zgartiradigan jarayondir.
Loyihalash - loyihalash uchun topshiriq bo'lgan holda bajariladi. Topshiriq jamiyatning qandaydir texnikaviy buyumni olishga bo'lgan ehtiyojini aks ettiradi. Bu topshiriq u yoki bu hujjatlar ko'rinishida bo'ladi va ob’yektning birlamchi bayoni vazifasini bajaradi. Loyihalash natijasini, odatda, ob'yektni berilgan sharoitlarda tayyorlash uchun yetarli ma'lumotlarni jamlagan hujjatlarning to'liq komplektini o'taydi. Bu hujjatlar ob’yektning natijaviy bayoni bo'ladi.
Loyihaviy yechimlarning hammasi yoki bir qismi inson va kompyuter texnologiyalarining o'zaro ta'siri yo'li bilan olinadigan loyihalash avtomatlashtirilgan deb, kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmaydigan loyihalash esa, avtomatlashtirilmagan loyihalash deb ataladi.
  • Loyihalash jarayonlari va bosqichlari.

BOSQICHLAR
Tayyorlovchi bosqich
Eskizni loyihalash
Texnik loyihalash
Namunani ishlab chiqarish
Ishchi loyihalash
Mahsulot ishlab chiqarish
Ishlatish
HUJJATLAR
Texnik topshiriq
Eskiz loyiha
Texnik loyiha
Ishchi loyiha
Tayyor mahsulotga hujjatlar
Loyihalash bosqichlari
2. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari
Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining kompyuter dasturlari bilan chambarchas muloqotida amalga oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash texnikasi vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va kompyuter texnologiyalari orasidagi funksiyalarni ratsional taqsimlash va masalalarni mashinada yechish metodlarini asosli tanlash lozim.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling