ALT-inson-mashina tizimidir. Kompyuter texnologiyalari yordamida hamma tuzilgan va tuzilayotgan loyihalash tizimlari avtomatlashtirilgan tizimlarga kiradi. Ularda loyihani texnikaviy vositalar yordamida ishlayotgan inson muhandis salohiyatli o'rin egallaydi. Loyihani avtomatlashtirish vositalari muhandislarning ish unumdorligini oshirishga qaratilgan.
Muhandislik ishlarida kompyuterlashtirilgan tizimni yaratishdan asosiy maqsad loyihalashtiruvchi, konstruktor, texnolog, muhandis-menedjerlarning ish vaqtini tejash orqali rejalashtirish va loyihalash jarayonlari ish unumdorligini oshirish hamda olinadigan natijalar sifatini yaxshilash hisoblanadi.
2. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari
ALT klassifikatsiyasi
- CAD (Computer Aided Design) - loyihalashni avtomatlashtirish vositasi bo’lib 2 o’lchamli va 3 o’lchamli geometrik loyihalash yoki texnologik hujjatlarni tayyorlash dasturi hisoblanadi.
- CAE (Computer Aided Engineering) - muhandislik hisoblashlarni avtomatlashtirish vositasi, fizik jarayonlarni foydalanishni tahlil qilish, dinamik modellashtirish, buyumlarni optimallash va tekshirish.
- CAM (Computer Aided Manufacturing) - buyum ishlab chiqarishda texnologik tayyorgarlik vositasi, avtomatlashtirishni dasturlash va jihozlarni boshqarish. Rus analogi bo’yicha - ishlab chiqarish tizimini avtomatlashtirish.
- SARR (Computer Aided Process Planning) - CAD va CAM tizimlari kesimida qo’llaniladigan texnologik jarayonlarni rejalashtirishni avtomatlashtirish vositasidir.
- PDM (Product Document Management) - hujjat almashinuvini boshqarish vositasi.
- GIS (Geoinformatics Systems)- geoaxborot tizimlari.
2. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari.
O‘z navbatida CAD vositalari turli sohalarda qo‘llanilishi bo‘yicha ajratiladi:
- MCAD (Mechanical Computer Aided Design)- mashinasozlikda CAD
- EDA (Electronic Design Automation)- elektron qurilmalarni avtomatik loyihalash tizimlari
- AEC (Architecture Engineering and Construction)- qurilish- arxitekturani avtomatik loyihalash tizimlari
Do'stlaringiz bilan baham: |