Ишларни бажариш ва бинони барпо этиш кетма-кетлиги


Download 141 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi141 Kb.
#1611911
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1.1-ma\'ruza



1-mavzu

QURILISH TASHKILOTLARITIZIMI TUSHUNCHASI



O’quv mashg’ulot shakli

Ma’ruza





Ma’ruza rejasi



1.Qurilish ishtirokchilari.
2.Qurilish davrlari.
3.Qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishda o’ziga xos qonuniyatlar.
4.Kapital qurilishni tashkil etish asoslari.



Tayanch iboralar
Investor, developer, kuruvchi, buyurtmachi, foydalanuvchi, foydalanuvchi tashkilot, loyihalashtiruvchi, pudratchi, menedjer, loyiha – menedjeri, kapital qurilish, yetkazib beruvchi, transport (tashish) tashkiloti, bank.


1. Qurilish ishtirokchilari
Qurilish – bu mamlakat halq xo’jaligining yirik sohasi bo’lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va halqning farovonlik darajasi o’sishida yetakchi rol o’ynaydi. Qurilishda bir necha yuz minglab kishilar faoliyat olib borishadi, ular bevosita sanoat miqyosida foydalaniluvchi inshootlar, fuqarolikka oid inshootlar va boshqa turdagi obyektlarda ish bilan mashg’ul bo’lishadi, shuningdek qurilish tashkilotlari va korxonalarida o’z faoliyatlarini olib borishadi.
Qurilishning asosiy ishtirokchilariga yuridik va jismoniy shaxslar kiradi, ya’ni bu tarkib har qanday davlatga tegishli, jamoaviy, xususiy tashkilotlar va yakka tartibda faoliyat olib boruvchilardan iborat hisoblanadi.
Investor (sarmoyachi) – sarmoya sarflashdan daromad olish maqsadida, iqtisodiyotga (loyiha, korxona va hokazolarga) uzoq muddatli sarmoya sarflashni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs hisoblanadi. Investor (o’z mablag’idan moliyalashtirishni amalga oshirsa) qurilishni amalga oshiruvchisi bo’lishi ham mumkin.
Developer (ingliz tilida to develop – rivojlantirish degan ma’noni anglatadi) – investorning ko’rinishlaridan biri bo’lib, qurilish amalga oshirilgan yoki amalga oshirilmagan uchastkalarni sotish maqsadida, shahar va shahar tashqarisida joylashgan yer maydonlarining rivojlantirilishi uchun (hududlarning o’zlashtirilishi, kommunikasiya tarmoqlari va yo’llarning o’tkazilishi) mablag’ sarflovchi shaxs.

Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling