Bo‘ron kosmik kemasining karkasli modeli
3. Geometrik modellashtirish.
Sirtli modellashtirish
Karkasli modellashtirishdan farqli ravishda kam sonli cheklovlarga egaligi tufayli uch o‘lchovli ob’ektni aniqlash imkoniga ega. Sirtli tasavvurga asoslangan geometrik modellashtirish sifatli vizuallashtirishni ta’minlaydi, sonli modellashtirish uchun hisoblash setkalarini oddiy quradi, tutashma chiziqlarni aniqlaydi, loyiha chizmalarini generatsiya qiladi.
Bo‘ron kosmik kemasining sirtli modeli
3. Geometrik modellashtirish.
Qattiq jinsli modellashtirish
Sirtli modellashtirish o‘zining keng imkoniyatlariga qaramasdan, ALT nuqtai nazaridan qaraganda unda bir nechta cheklovlar mavjud: hajm, massa va inersiya momentlarini hisoblash cheklovi, bul algebrasi operatsiyalarini qo‘llash cheklovi. Ushbu cheklovlar qattiq jinsli modellashtirishni qo‘llash orqali bartaraf etiladi. Bu model ushbu kunda 3D CAD/CAM/CAE tizimlarining standartiga aylangan.
4. CAD, CAM, CAE tizimlari
CAD
Kompyuter yordamida loyihalash (Computer-Aided Design, CAD) - iborasi, loyihalashni amalga oshiradigan muhandis, arxitektor va boshqa professionallarga yordam beruvchi keng qamrovli kompyuter uskunalarini ifodalaydi.
Mahsulotlarni hayotiy davrini (PLM) boshqarish tamoyili doirasida, CAD tizimlari ikki o‘lchovli chizish tizimlaridan boshlab uch o‘lchovli parametrli modellashtirishtiruvchi ko‘pgina apparat va dasturiy vositlarni o‘z ichichga oladi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari sohalar bo‘yicha qo‘llanilishiga ko‘ra qurilish-arxitekturali (AYES CAD), mexanik (MCAD), elektron qurilmalar va asboblarni loyihalash (EDA) tizimlariga ajratiladi.
4. CAD, CAM, CAE tizimlari
2D CAD
CAD-tizimlari elektron ko‘rinishidagi an’anaviy chizmalarni yaratuvchi 2D-dasturlardan boshlangan. Bu konstruktorlik hujjatlarini yaratish va modifikatsiyalash ishlarini ancha yengillashtirdi. 2D CAD hozida ham yetarli darajada mashhur bo‘lib qolmoqda, ular chizma hujjatlarini shakllantirishda mustaqil tizim va 3D tizimlariga yordamchi ilova sifatida qo‘llaniladi. Chizmachilik CAD tizimlari universal instrument hisoblanadi. Uning imkoniyatlaridan mashinasozlikda, qurilish-arxitektura chizmalarida, elektrik va gidravlik prinsipial sxemalarni qurishda va shunga o‘xshash sohalarda foydalanish mumkin. 3D imkoniyatlari keyinchalik yaratilgan bo‘lsada, AutoCAD chizma muharririlari oilasida eng tanilgan tizim sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |