Konseptual loyiha asosida analitik va sonli modellar yaratish
ChET usuli bir qator ustunliklarga va qulayliklarga ega, ya’ni:
- Yaratilayotgan detal yoki konstruksiyaning fizik harakatini virtual sharoitda namoish eta oladi;
- Detal yoki konstriksiyaning prototiplari sonini kamaytirishi oqibatida yangi mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqt va mablag’ning keskin tejalishiga olib keladi;
- Yaratilayotgan detal konstruksiyasini optimallashtiradi.
ChEU da siz loyihalanayotgan detal yoki konstruksiyani aynan geometriyasiga mos keluvchi model talab etilmaydi, balki uning matematik modelini berilgan chegaraviy shartlarga asoslanib, yozib bera oladigan model yaratsangiz kifoya.
Konseptual loyiha asosida analitik va sonli modellar yaratish
Modelni setkalarga ajratish orqali mustahkamligini tekshirish
3. Geometrik modellashtirish.
Geometrik modellashtirish masalasi ALTning muhim qismi hisoblanadi..
Real olamdagi fizik ob’ektlar haqidagi ma’lumotlar kompyuterga to‘liq kirtilmaydi, chunki ushbu ob’ektlarning holatlari va xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq bo‘lmay qoladi. Masalan:
• Ob’ektning qaysi qismlari ko‘rinarli?
• Obektning har bir elementi qanday rangda bo‘lishi kerak?
• Ob’ektning hajmi, og‘irligi va o‘lchamlari qancha?
• Ob’ekt boshqa ob’ektlar bilan to‘qnashmaydimi?
• Ob’ekt boshqa ob’ekt ichida turibdimi yoki ustida?
Geometrik modellar ALTda ko‘plab masalalarni yechishda ishlatiladi. Vizuallashtirish, hisoblash setkalarini qurish, boshqarish dasturini ishlatish va h.k.z. Birinchi o‘rinda geometrik modellar ob’ektlar shakli va o‘zaro joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni saqlash, ularni kompyuter dasturlari uchun qulay ko‘rinishga keltirishga mo‘ljallangan.
3. Geometrik modellashtirish.
Karkasli modellashtirish
Bu hajmli geometriyani tasavvur qilishning dastlabki tarixiy texnologiyasidir. U 2B-chizmachilikdan boshlab rivojlandi va uch o‘lchovli modellarni tasavvur qilishning eng oddiy usuli sifatida qaraldi.
Ular modelni aniq tasavvur etishda yordam beradi va model elementlari o‘zaro joylashuvini nazorat qiladi.
Bundan tashqari karkaslarni proyeksion ko‘rinishlarni yaratishda qo‘llash mumkin.
Modellarni karkasli ifodalashning kamchiligi shundaki, dasturlar modelning sirt, ya’ni yuza qismini barcha xususiyatlarini ko‘rsata olmaydi va u uni aniq qurish imkoniyatini bermaydi. Shunga qaramasdan bu texnologiya 2B-tizimlarga qaraganda ALT funksional imkoniyatlarini kengaytirishga katta yordam berdi. Hozirgi vaqtda modellarni yaratishda oraliq quruvchi yordamchi tizim sifatida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |