Shashmaqom


“SHASHMAQOM” MUSHKILOTI: “BUZRUK” VA “ROST” MAQOMLARI


Download 53.48 Kb.
bet3/5
Sana04.02.2023
Hajmi53.48 Kb.
#1164917
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu1

2“SHASHMAQOM” MUSHKILOTI: “BUZRUK” VA “ROST” MAQOMLARI
“Shashmaqom” o‘zbek xalqining eng qimmatbaho va qadimiy boyliklaridandir.Tadqiq etib, o‘rganib borar ekanmiz, “Shashmaqom”ning naqadar mukammaltuzilganligining guvohi bo‘lamiz. Ma’lumki, “Shashmaqom” - Buzruk, Rost, Navo,Dugoh, Segoh, Iroq kabi maqomlaridan iborat bo‘lib, har bir maqom cholg‘u(“mushkilot”) va ashula (“nasr”) bo‘limlaridan tashkil topgan. Har bir maqomningcholg‘u bo‘limida Tasnif, Tarje’, Gardun, Muhammas, Saqil va boshqa iboralar bilan nomlangan bir necha qismlar mavjud bo‘lib, ular qaysi maqom tarkibida bo‘lsalar, shu maqom nomi bilan qo‘shilib “Tasnifi Buzruk”, “Tarje’i Rost”, “Garduni Navo”,“Muhammas Chorgoh”, “Saqili Iroq” kabi ataladi.
Tasnif - yaratilgan asar ma’nosini, tarje’ - qaytarma, gardun - falak gardishi,muhammas - beshlik, saqil - vazmin ma’nosini bildiradi. Bu qismlar maqomning harbirida mustaqil kuy-mavzularga ega bo‘lsa ham, tuzilish jihatidan bir-biridan deyarlifarq etmaydi. Ayrim maqomlarning esa o‘ziga hos, boshqa qismlari bilan otdoshbo‘lmagan, cholg‘u yo‘llari ham mavjud.1 Masalan, bunday qismlar Navo maqomidagi Nag‘mai Oraz Tarje’i Navoning ma’lum varianti bo‘lib, u bilan bir xil doyra usulidadir.Dugoh maqomidagi Peshravi Dugoh (peshrav shaklining bizgacha yetib kelgan tipiknamunasi, uning doira usuli tarje’lardagi kabi bo‘ladi). Tasniflar keng diapazonga ega,ba’zan esa ikki oktavadan ham ortiqroqdir. Tasniflar Buzruk maqomida 212, Rost va Nanoda 114, Dugohda 150, Segohda 125, Iroqda esa 326 taktdan iboratdir. Buma’lumot Tasnif yo‘llari hajmining ancha katta ekanini ko‘rsatadi.Maqom cholg‘u qismlaridan Nasrulloi, Vazmin, Oraz, Husayniy, Islim, HojiXo‘ja, Ashkullo, Mirzakarim, Kalon kabilar bastakor ustozlarning ham nomlari bo‘lib,shu maqomchilar bastalagan qismlar ekanligidan dalolat beradi. Maqomlarning cholg‘u qismlari, ayniqsa, Navo, Dugoh, Segoh, Iroqlardagi cholg‘ular surnay yo‘llarisifatida mashhur bo‘lib kelganlar.Maqomlar cholg‘u bo‘limi har bir qismining bo‘laklari “xona” va “bozgo‘y”iboralari bilan belgilangan. Xona va bozgo‘ylar kuyning mavzular majmui rivojida vashakllanishida muhim ahamiyatga ega. Xonalar muhammas va saqillardan boshqacholg‘u qismlarida dastlab kichikroq bo‘lib, borgan sari kengayib boradi. Bozgo‘ylaresa birdek, o‘zgarmay qoladi.
Maqomlar to‘la ijro etiladigan bo‘lsa, avval ularning cholg‘u yo‘llari ketma ketijro etiladi va ashula bo‘limining sho‘balariga o‘tiladi. Maqomlarning cholg‘ubo‘limida bir xil nom bilan ataluvchi kuy yo‘llari - Tasnif, Tarje’, Gardun, Muhammas,Saqillardan tashqari, har bir maqomning o‘ziga mansub qismlari ham uchraydi.Shashmaqomning bu cholg‘u yo‘llari kuy tuzilishi jixatidan juda murakkab va puxtayaratilganligi bilan ajralib turadi. Har bir maqomning kuy va ashula yo‘llari faqatginao‘sha maqomlar lad asosi, badiiy eststik ta’siri bilangina cheklanmaydi, balki turli qismlarda ular o‘z xususiyati bilan o‘zgarib boyib boradi. Maqomlardagi asosiy kuymavzusi ko‘pincha ritmik va melodik variatsiyalar vositasi bilan turli shakllargatushiriladi.
Ularga yangi-yangi melodik tuzilmalar kiritish bilan kuy yo‘li takomillashtiriladi, ularning ta’sir kuchi ortib boradi. Tasnif, Tarje’, Gardun,Muhammas, Saqil yo‘llari birin-kstin ijro etilar ekan, ulardagi lad asosi va kuymavzusining yaqin bo‘lgani, kuy jumlalarining rang-barang, ohangdorligi vayoqimliligi, doyra usullarining turli-tumanligi bilan butunlay sezilmay qoladi, bundaijodkor bastakorlarning juda ham ustalik bilan yaratgan maqom yo‘llariningoriginalligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Xona - uy, xona ma’nosida, ya’ni “kuyni tashkil etgan tovushlar va uning boshqaunsurlari joylashtirilgan xona” ma’nosini bildiradi. Bozgo‘y (kuyning qaytarmabo‘lagi) esa, kuyning takrorlanadigan qismi bo‘lib, xonaning har bir aylanishidan so‘ngqaytariladi. Ko‘pincha, kuyda qancha xona bo‘lsa, shuncha bozgo‘y bo‘ladn. Ba’zanbozgo‘ylar har bir xonadan keyingina emas, balki ularning bir nechtasidan so‘ng yokibirinchi xonadan oldin ham kelishi mumkin (masalan, Tasnifi Navo, Tasnifi Dugoh vaboshqalar). Xona va bozgo‘ylar maqom cholg‘u yo‘llarini tashkil etadigan kuybo‘laklaridir. Masalan, mashhur kuy yo‘llaridan Tasnifi Dugohni olaylik. TasnifiDugoh bozgo‘ydan boshlanadi va buni sozandalar turlicha ijro etib kelganlar.
Maqomlarning cholg‘u bo‘limidagi kuy yo‘llarining doyra usullari ham turlituman va juda murakkabdir. Cholg‘u bo‘limidagi kuy yo‘llari ko‘pincha shu doyrausullari nomi bilan ham ataladi. Masalan, Gardun, Muhammas, Saqil, Samoiylar shularjumlasidandir. Musiqachi bastakorlar o‘tmishda doyra usullarini ifodalashda ma’lumkoidaga asoslangan ritmlar uslubini ixtiro etganlar.
Usullar maqomlarning tuzilish xarakterinn belgilovchi omillaridandir. Ularni ajrata olish maqomlar qisfasini to‘g‘ri tushunishga imkon beradi. O‘tmishda mashurbo‘lgan Saqil, Hafif, Ramal, Xazaj, Duyak, Ufar, Foxtiy, Turk, Muhammas, Avsat,Chorzarb, Zarbul-Futq, Durafshon, Samoiy, Chanbar, Miatayn kabi ritm o‘lchovbaqrlari va doyra-nog‘ora usullari bizning kungacha yetib kelgan. Bu usullar musiqaasarlari, xususan maqom yo‘llarida uchraydi. Ular qachon va kim tomonidanyaratilgani bizga bozga ma’lum emas. Ularni sodda yoki murakkabligiga qarab, avvalyoki keyinchalik yaratilganini bilish mumkin. Manbalarda ko‘rsatilishicha, dastlabkiusul inson yuragining urishidan olingan. Tomirni barmoq bilan ushlab ko‘rilsa, uninggo‘yo “tan-tan”ga o‘xshash bir tekis urayotgani bilinadi. Olimlar buni “Usuli zarbiqadim” (“Qadimiy zarb usuli»), deb ataganlar. So‘nggi davrlarda, shu usul asosidamurakkabroq usullar yuzaga kelgan.2
Lekin ular zamon o‘tishi bilan juda katta o‘zgarishlarga uchragan. Shashmaqomqiyofasiga usul jihatidan nazar tashlansa, maqomlar turkumlarining yaratilishidaularning cholg‘u qismlari va sho‘balarida usullar dastlab sodda bo‘lib, keyin ijroetiladigan qismlarda sekin-asta murakkablashib boradi. Masalan, Tasnif, Tarje’lardausul ancha sodda bo‘lsa, Muhammas va Saqillarda juda murakkab bo‘lib, 16, 24 taktnitashkil etadi.
Saraxborlarda esa usul mazkur “Zarbul qadim”ning o‘zi 2/4 takt-ritm o‘lchovidabo‘lsa, Talqinlarda 3/4, 3/8, Nasrlarda 6/4, Ufarlarda esa 6/8 yoki 3\4 takt-ritmo‘lchovlarida murakkablashib boradi. Shunday qilib Shashmaqomning tuzilishidamusiqa madaniyatining soddalikdan murakkablikka tomon tarixiy taraqqiyot yo‘li aksettirilgan. Usullargina emas, kuy yo‘llari ham maqom qismlarida ma’lum bir qonuniyatasosida soddalikdan sekin-asta murakkablasha boradi. Shuning uchun ham,
Shashmaqom xalq musiqasining klassik namunasi bo‘lib, o‘zining kuy mavzusijihatidan turli-tuman, usullarning esa qariyb hammasini o‘zida mujassamlashtirgan.Tarje’ - arabcha so‘z bo‘lib, qaytarish, takrorlash ma’nosida keladi. Kuy ifodasisifatida bir kichik motivning turli balandliklarda takrorlanishi, ularning transpozitsiyaetilgan shaklda va ritmik hamda melodik variatsiyalar shaklida kelishi, demakdir.Maqomlarning cholg‘u yo‘llaridagi kuy bo‘laklari bo‘lgan shunday peshravlar Navomaqomidagi Tarje’ning uchinchi xonasida ham uchraydi. Tarje’i Dugoh esa TasnifiDugohning ruhiga yaqin bo‘lsada, uning tarkibida boshqa maqom yo‘llarida mavjud bo‘lgan unsurlar juda ko‘p uchraydi va yuqorida aytilgan peshrav motivlari IIxonaning oxirida keladi.3 Tarje’i Dugohning bozgo‘yi boshqa xonalar bilan birlikdaTasnifi Dugohni eslatadi. Tarjei Segoh doyra usuli, kuy xarakati, xonalar tarkibidagikuy jumlalari nuqtai nazardan Tasnifi Buzrukning ma’lum melodik varitsiyasidir.Shashmaqomning cholg‘u bo‘limidagi qismlaridan yana biri Gardun, deb ataladi.Gardun - osmon gardishi, aylana, taqdir ma’nolarida keladi Musiqa istilohida esaGardun - ma’lum doyra usulining hamda shu usul jo‘rligida muayyan lad (maqom)gamuvofiq ravishda ijro etiladigan kuy nomidir.Gardun cholg‘u yo‘llari Iroqdan boshqa hamma maqomlarda mavjud bo‘lib, ularGarduni Buzruk, Garduni Rost, Garduni Navo, Garduni Dugoh, Garduni Segohnomlari bilan mashhurdir. Gardun yo‘llari unchalik katta hajmda bo‘lmasada, kuytuzilishi va xarakati nuqtai nazaridan Tasnif yoki Tarje’larga ko‘ra ancha murakkabdir.Gardun yo‘llarida bozgo‘y hamma xonalardan keyin kelavermaydi, balki ko‘pinchaikki-uch xonalardan so‘ng takrorlanadi.Muhammas - beshlangan, beshlik ma’nosida bo‘lib, bu nom juda qadimzamonlardan ma’lumdir. Dastlab, bu ibora bilan doyra usulining bir turi, she’riyatdaesa besh misradan tuziladigan she’r shakli ifodalangan. Muhammas cholg‘u yo‘llariuchun eng xarakterli narsa shuki, ularda xona va bozgo‘ylar doyra usuli hajmidagi birxil o‘lchovda, 16 (yoki 8) taktdan iborat bo‘ladi, ya’ni Muhammas doyra usuli har birxona va bozgo‘y hajmini belgilaydi. Ba’zan kuy o‘z xarakatida avjga yetganda,bozgo‘yga qaytib tushishi uchun bir xona kifoya etmay koladi. Shuning uchunko‘pincha avjda ikki-uch xona ketma-ket ijro etilib, so‘ngra bozgo‘yga yetib kelinadi..Muhammas yo‘llarining tuzilishi, doyra usuli ham juda murakkab bo‘lsada, ularmaqomlarnnng boshqa cholg‘u yo‘llaridan ko‘ra mashhurroqdir. Buning sababi,Muhammas yo‘llarida kuyning jozibadorligi, emotsional jihatdan ta’sirchanligi,ularning murakkab qiyofasiga qaramay eshituvchiga oson yetib borishidadir.
Maqomlarning cholg‘u bo‘limidagi qismlaridan eng ko‘p uchraydigan yana birturi Saqillardir. Saqil - arabcha so‘z bo‘lib, “og‘ir, vazmin, cho‘zilgan” degan ma’nonianglatadi. Musiqa istilohida esa vazmin sur’atda ijro etilib kelingan murakkab doyrausulinnng nomidir Saqillarga xos kuy xususiyati, ijro etish uslubi Shashmaqomdatasodifiy qabul qilinmagan bo‘lsa kerak. Chunki, Buxoro maqomlarida Saqillardanso‘ng, ularning ashula bo‘limiga o‘tiladi. Ashula bo‘limi esa vazminroq ijro etilibkelingan Saraxborlar bilan boshlanadi. Saqil o‘zining doyra usuli xususiyati bilanSaraxborlarga oson ulanib ketadi va o‘rtada usul sur’ati jihatidan ham kuchli burilishsodir bo‘lmaydi.Quyida Buzruk va Rost maqomlarining cholg‘u yo‘llariga to‘xtalib o‘tamiz. Bu maqom juda ko‘p kuy va ashula yo‘llarini o‘z ichiga olgani uchun “katta”, “ulug‘ maqom” - deb nomlangan bo‘lishi ehtimol.5 Buzruk maqomining hamma cholg‘u qismlari kuy tuzilishi jihatadan mukammal va betakror asarlar bo‘lib, ohangdorligi bilan kishini maftun etadi. Buzruk maqomining cholg‘u va ashula yo‘llari yuksak badiiy qiymatga ega.Buzrukning asosiy qismlari “re” - miksolidiy va doriy ladlariga mos keladi.Maqomlar ijrosida yetakchi soz sanalgan tanbur cholg‘usi Buzruk maqomining ijro etilishida kvartaga sozlanadi. Buzrukning, cholg‘u va ashula yo‘llarini tinglar ekanmiz,I, II, IV, V, VII lad pag‘onalari tayanch nuqtalari sifatida alohida ajralib turadi.Buzruk maqomi boshqa maqomlar kabi cholg‘u (mushkulot) va ashula (nasr)bo‘limlaridan tashkil topgan. Uning cholg‘u bo‘limi Tasnifi Buzruk, Tarjei Buzruk,Garduni Buzruk, Muhammas Buzruk, Muhammas Nasrulloyi, Saqili Islimiy, SaqiliSulton, - deb nomlangan asarlaridan iborat. Uning Tasnif va Tarje’ yo‘llarida bir xildoyra usuli qo‘llaniladi:Tasnifi Buzruk ohanglari mazkur maqomning bosh mavzusi sifatida uning boshqaqismlarida ham namoyon bo‘lib turadi va uning ruhiy holati yaqqol sezilib turadi.Ayniqsa Tasnifi Buzrukdagi unsurlar va bozgo‘yga o‘xshash ohanglar boshqamaqomlarning qismlarida ham uchraydi. Tasnifi Buzrukning hissiy ta’sir kuchi yuksakbo‘lib, kishiga umid, ulug‘vorlik ko‘tarinki ruh baxsh etadi, Tarjei Buzruk esa tantanavor yangraydi. Tarjei Buzrukning peshrav elementlari Nasrulloiy, Ajamtaronalari, Cho‘li Iroq kabi ko‘plab kuy va ashulalarda ham foydalanilgan.Buzruk maqomining Gardun yo‘li murakkab 8/4-2/4-3/4-3/4 taktli doyra usulidaijro etilib, yuksak professional musiqa asari sifatida puxta yaratilgan.
Buzruk maqomining Muhammas va Saqil qismlari uchun xarakterli narsa shuki,ularda xona va bozgo‘ylar hajmi bir xildir. Muhammaslarning xona va bozgo‘ylari 16taktli, Saqillarniki esa 24 taktli murakkab doyra usuli jo‘rligida ijro etiladi. Muhammasva Saqillarda uchraydigan Nasrulloyi, Islimxon iboralari bu kuylarni yaratganbastakorlarning taxallusidir.6 Bular orasida Islimxon XVI asrda yashab ijod etgan shoirva yirik bastakor bo‘lib, turli maqomlar mavzusida kuy va ashulalar yaratgan.
Maqomlar ijrosida yetakchi sozlardan hisoblangan Tanbur torlari “Rost”maqomida katta oktavaning “do-sol” notalariga sozlanib, uning I-II-IV-VI pog‘onalarikuyning tayanch pardalaridir.
“Rost” maqomi ham cholg‘u va ashula bo‘limlaridan iborat. Dastlab uningcholg‘u g‘ismlari yaxlit holda birin-ketin ijro etiladi. Bu cholg‘u qismlari “TasnifiRost”, “Garduni Rost”, “Muhammas Rost”, “Muhammas Ushshoq”, “MuhammasPanjgoh”, “Saqili Vazmin”, “Saqili Rag-Rag” deb nomlanadi.
Tasnifi Rostda bu maqomning bosh mavzusi bayon etilib, kuy ohanglari jihatidan xalq kuylariga o‘xshaydi. Uning xonalari peshrav vositasi bilan harakat qiladi vakichikroq hajmdagi bozgo‘ylar bilan yakunlanib boradi. Tasnifi Rost o‘z tuzilishi bilan
“Usmoniya” kuyiga juda yaqin. Uning peshrav ohanglari esa juda ko‘pgina xalqcholg‘u kuylarida uchraydi.
Tasnifi Rostning xonalari borgan sari yuqori pardalarga ko‘tarila borib, keying 6-7- xonalar hajmi juda ham kengayib ketadi. Masalan, birinchi xona 16 takt bo‘lgani holda, yettinchi xona 94 taktga yetadi. Xonalar kengayib borishi balan kuyning mazmuni ham chuqurlasha boradi.Rost maqomining boshqa cholg‘u yo‘llaridan Garduni Rost ohang e’tibori bilan Tasnifi Rostga yaqin. Lekin, Muhammas va Saqillar ohadnglari tubdan farq etadi.Muhammas Rost bilan Muhammas Ushshoq yo‘llari bir-biriga ohangdosh. Ular ikki turli ladga moslab olingan bitta kuyning variantlaridir.Muhammas Ushshoq esa, musiqa ixlosmandlariga juda ham yaqin kuy bo‘lib,kishida chuqur ham nozik his-tuyg‘ular uyg‘otadi. Ayniqsa Xorazm namunasiyengilroq, sho‘xroq uslubda ijro etilib, shodu-xurramlik, xursandchilik kayfiyatini ham
qo‘zg‘atadi.
Rost maqomida uchta Muhammas yo‘llari orasida Muhammas Panjgoh ajralib turadi. Uning kuy tuzilishi ham o‘ziga xos, boshqa muxammaslardan tubdan farq qiladi.
Panjgoh iborasi O‘n ikki maqom majmuasida ma’lum sho‘baning ifodasi bo‘lgan va besh pog‘onali tovushqatorni anglatgan. Shuning uchun uning lad asosi hamasl maqomdan farq etadi.Rost maqomida ikkita “Saqil” asari mavjud. Ular Saqili Vazmin va Saqili RagRag deyilib, vazmin iborasi arabcha “Saqil” so‘zining o‘zi, Rag-Rag esa hindchamaqom ma’nosini bildiradi. Gardun, Muhammas, Saqil iboralari doyra usullari ifodasi ekani aytib o‘tilgan edi. Bu erda shuni aytish kerakki, noma’lum sabablarga ko‘ra Rostmaqomida Tarje’ deyilgan cholg‘u qism uchramaydi. Rostning cholg‘u yo‘llari, kuymavzui o‘ziga xos bo‘lib, doyra usullari boshqa maqomlardagi kabidir. Ularninghammasi jozibali. yoqimli ohanglarga boy. Rost maqomining cholg‘u yo‘llari ijroetilib, ashula bo‘limi yo‘llariga o‘tiladi.

Olti maqom tizimidagi har bir maqom ikki yirik bo‘lim cholg‘u va aytim (ashula) y o ‘llaridan tarkib topishi aytilgan edi. Maqomlarning cholg‘u kuylar bo;limi Buxoro an’anasiga ko‘ra «Mushkilot» deb yuritiladi. Mazkur atama “qiyinchiliklar” ma’nosida kelib, jumladan, maqomlardagi bosh kuy-mavzuini murakkabligi turlicha bo'lgan doyra usullari sinovidan o ‘tishini va shu asnoda alohida qism va turkum miqyosida rivoj topishini ham anglatadi. «Mushkilot» bo‘limi beshta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, ular quyidagicha nomlanadi:


1. T asnif-tasnif etilgan, ijod etildan, mukammal asar.
2. Tarje - qaytariq, takrorlash, takrorlanuvchi.
3. Gardun - falak gardishi, qismat.
4. Muxammas - beshlik, beshlangan.
5. Saqil - vazmin, og‘ir.
Shuni aytish kerakki, garchand maqom cholg‘u kuylarining nomlari serjihat ma’nolar kasb etsa-da, ammo ulaming deyarli barchasi maqomlar «matnida», eng avvalo, doyra usullarini anglatadi. Binoba- rin, «Gardun», «Muxammas» yoki «Saqil» deyilganda birinchi navbatda m a’lum doira usullari nazarda tutiladi.
Maqomlaming «Mushkilot» cholg‘u bo‘limlari «Tasnif» nomli kuylar bilan boshlanadi. Bu atama «Olti maqom» ning har biriga qo‘shilib, «Tasnifi Buzruk», «Tasnifi Rost», «Tasnifi Navo», «Tasnifi Dugoh», «Tasnifi Segoh» va «Tasnifi Iroq» kabi ataladi.
Tasnif cholg‘u kuylari. Maqomlarning ma’nolar tizimi har bir maqomda o‘zgacha tus kasb etarkan, u dastlab maqomning Tasnif qismi boshlang‘ich kuy tuzilmasida ilk bor ifoda etiladi. Odatda, ush­bu kuy mavzui kichik hajmda, ammo nisbiy tugal shaklda bayon etiladi. Zero maqom mavzulari timsolida umuman “musiqiy mav- zu” tushunchasining beqiyos namunalari jonlanadiki, bunda buyuk ishq dardiga mubtalo qalblaming ruhiy holatlari go‘yo nag‘malarga muhr etilgan. Voqean, bu toifa musiqa mavzulari maqomdon-sozanda (ashula yo‘llari esa hofizlaming) malakali ijrolari jarayonida o‘zining ruhiy (ma’naviy) ta’sir ko‘lamini namoyon eta boshlaydi.
Chunki bu maqsadga erishish yo‘lida mohiyatan ishq zavqidan kelib chiquvchi turli ijroviy usullar (nola, qochirim, kashish va b.)ni samarali qoTlay bilish talab etiladi. Ayni chog‘da, bu usullar semantikasi ishqiy-dard- chil va turfa go‘zal tuyg‘ular ifodasi bilan bog‘liq ekanligini “jonli tinglov idroki” ila to‘la-to‘kis anglab yetish mumkin.
Demak, maqomlarning mavzu bayoni bilan har bir maqom asa- rining m a’nolar silsilasi, ta’bir joiz bo‘lsa, ruhiy holati dastlabki da-rajada his etiladi, hamda mavzuning rivoji va yakuni bilan asaming g‘oyaviy mazmuni ham uzil-kesil idroklanadi.Tasniflarda, odatda, 2/4 o ‘lchov-ritmida bo‘lgan doyra usuli qo‘l- laniladi. Ustozlar an’anasida bu usul «bak, bak, bum, bum, bak, ist, bum, ist» deb ifoda etiladi. Nota yozuvida esa quyidagicha aks etadi.
Ushbu ko‘rinishdagi ritmik tuzilma Tasnif doyra usulining toliq ko‘rinishi boiib, u Tasnifi Rost, Tasnifi Dugoh, Tasnifi Segoh va Tasnifi
Iroqda turlicha qisqartirilgan (ixchamlashtirilgan) shakllari qoMlaniladi.Asar yaratilishi jarayonida Tasniflaming kuy mavzui maqom bos- qichlariga tayangan holda o ‘zining o‘rta va yuqori avj pardalariga intiladi, rivoj topgani sari uning ichki, botiniy jihatlari yuzaga chiqa boshlaydi. Mavzuning dastlabki holatidan to avji tomon rivoj yo‘lini «kichik doiradan katta doiraga» tarzida belgilash mumkin. Chunki bu yo‘l davomida mavzu to‘lqinsimon aylanma harakatlar ila unib-o‘sadi, hajmi tobora kengayib, salobati ortadi. Ayni vaqtda, uning mazmuni- dagi teranlik ruhiyati, mushohadaviylik holati zo‘rayib boradi.
Tasnif cholg‘u kuylarining shakl topishida «хопа» va «bozgo‘y» nomli kuy tuzilmalari muhim o ‘rin tutadi. «Хопа» (fors. - toj. “uy”) - o ‘zgaruvchan kuy tuzilmasi bo‘lib, u asar davomida bir necha bor takrorlanadi va galdan galga parda tovushlari ortib, ovoz hajmi ham kengayadi. Shu tariqa xona kuyning avji sari intilib, taraqqiy etadi va avj holatiga yetishadi.Bozgo‘y kuy tuzilmasi esa, «хопа» dan farqli oTaroq, doimiy barqa- rorlikka ega.
Zero, u asaming boshidan oxiriga qadar o‘zining dastlabki ohang tuzilish qiyofasini muqim saqlaydi. Mavzu nuqtai nazaridan bozgo‘y va xona tuzilmalari o‘zaro farq qilmaydi. Ammo bozgo‘y xona tuzilmasini aynan takror etmasligi va ba’zan bu jihatdan farq etishi mumkin. Zero bozgo'yning kuy yaratilishi jarayonidagi vazifasi ser- qirradir. Jumladan, bozgo‘y mazmun jihatdan xonani to‘ldirishi, xona boshlab bergan, lekin poyoniga yetmay qolgan musiqiy fikmi davom ettirib, tugal holatga keltirishi mumkin (masalan, qarang: Muxammasi Nasrullo, Muxammasi Ushshoq, Peshravi Gardun, Nasrullo I va b.).
Ba’zan esa, bozgo‘y I xonadan aw al, ya’ni asar boshida kelib kuyning asosiy mavzuini o‘rtaga tashlaydi, uning davom etishiga ilk turtki beradi (Tasnifi Dugoh, Taije’i Segoh, Tasnifi Iroq va b.)Maqom cholg‘u kuylarini ijro etishning ikki asosiy ko‘rinishi yak- kanavoz (yakka sozda) va ansambl (dasta) shakllari yuzaga kelgan. Tanbur torli-chertma sozi yetakchi cholg‘u sifatida kasbiy musiqachi- lar orasida keng qo‘llaniladi. Doyra esa zarb usullarini sadolantirishi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, maqom cholg‘u kuylarini g‘ijjak, dutor, nay, rubob, qo‘shnay kabi cholg‘ularda ham yakka holda ijro etish mumkin. Ansambl ijrochiligi tarkibida esa tanbur va doira qatoriga yana dutor, nay, qo‘shnay, g ‘ijjak yoki sato (yoki qo'biz), chang, qonun, ud, rubob kabi cholg‘ular qo‘shilishi mumkin. Buxoro musiqa amaliyotida tanbur, nay va doyra sozlaridan iborat cholg‘u ansambli muqim tus ol- gan. Maqom asarlarini an’anaviy tarzda ijro etish debochasi va yakunida shu san’atning pironlari, ijodkorlari va avlodlarga bekamu-ko‘st yetkazib berishda xizmat qilgan ustozlar haqiga duoyi fotihalar qilingan.
Tarje cholg‘u kuylari. Mushkilotning Tasniflardan so‘ng keladigan o‘rta-yakuniy bo‘g‘inlari boshlang‘ichlar bilan tarkibiy bog‘liq bo‘ladi. Xususan, Tasniflaming kuy-mavzui turkum miqyosida yangi “sinov” mushkilotlaridan o‘tadi, taraqqiyot ifodasi bo‘lgan ohang va olchov-ritm o ‘zgarishlariga uchraydi. Bu o‘zgarishlar dastlab mushkilot bo‘limidagi ikkinchi qism - «Tarje» nomli kuylarda o‘z aksini topadi. «Tarje» arabcha so‘z bo‘lib, «qaytarish», «takrorlash» ma’nolarini anglatadi. Buning ma’nosi shuki, «Tarje» qismlarida ushbu bo‘limning 1-qismi, ya’ni «Tasnif» usuli (biroz tezroq sur’atda) va asosiy kuy ohan-gi ma’lum o‘zgarishlar bilan takrorlanadi. «Tarje»lar ham «Tasnif»lar singari maqomlarning nomlariga qo‘shib o‘qiladi: «Tarje’i Buzruk», «Tarje’i Navo», «Tarje’i Dugoh», «Tarje’i Segoh», «Tarje’i Iraq». Ammo «Rost» maqomida Tarje nomli kuy qismi uchramaydi.Tarje kuylarining shakl asosida ham bizlarga «Tasnif»lardan ma’lum xona-bozgo‘y kuy tuzilmalari muhim o‘rin tutadi, zero
Tarje’lar ham odatda Tasniflar singari xona-bozgo‘y vositasida rivoj topadi. Biroq «Tarje»lar, vazmin «Tasnif»lardan farqli o‘laroq, ko‘tarinki kayfiyat va shodlik tuyg‘ularini tarannum etadi. «Tarje’i Navo» kuyi fikrimizga misol bo‘la oladi.«Navo» maqomining «Mushkilot» boMimiga mansub ushbu cholg‘u kuyi 2/4 tak t- o ‘lchov ritmida bo‘lib, beshta «хопа» va besh- ta «bozgo‘y»dan (5-xona 5-bozgo‘y) tashkil topadi. Bunda har bir xonadan so‘ng bozgo‘y tuzilmasi takrorlanadi. Kuy quyi pardalarda bo‘lgan 1-xona bilan boshlanib, keyingi xonalarda yuqori pardalarga qadar rivoj topadi hamda 5-xonada o‘zining avj holatiga erishgach bozgo‘y tuzilmasi bilan yakun topadi.Gardun cho!g‘u kuylari. «Gardun» nomi bilan yuritiladigan cholg‘u kuylari Mushkilot bo‘limining uchinchi tarkibiy qismi bo‘lib, odatda, «Tasnif» va «Tarje» lardan so‘ng ijro etiladi. Uning nomi asosiy maqomlar bilan qo‘shilib, «Garduni Buzruk», «Garduni Rost», «Garduni Navo», «Garduni Dugoh», «Garduni Segoh» kabi ataladi.
«Iroq» maqomida esa «Gardun» kuyi uchramaydi. Shuni aytish ke- rakki, «Gardun» atamasining lug‘aviy m a’nosi «falak gardishi», «qis- mat» ma’nolarida kelsa-da, biroq maqomlar matnida muayyan doyra usulni ham anglatadi. Bu usul avvalgi qismlardan o‘zining murakkab o‘lchov-ritmi va shakl ko‘rinishlari bilan farq qiladi.Mavzuning cholg‘u turkumlari darajasidagi katta o ‘zgarishlari
Gardun nomli kuy lar bilan bog‘liq bo Tib, bunda mavzu yangi zarbusul silsilasidan o ‘tkaziladi. Gardun zarb-usuli murakkab shaklda bo‘lib, mavzuga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Natijada mavzuda yangi sifatlar kashf etiladi.
Lekin bunga asoslanib, mutloq yangi mavzu ba- yoni xususida hukm chiqarmaslik kerak. Negaki Gardun - mavzu- ning turkum miqyosida erishayotgan yangi, muhim sifat bosqichidir. Buning musiqiy isboti shuki, Gardun kuyi, qiyosiy o‘rganilganda, Tasnif kuy-mavzui asosida yuzaga kelishi m a’lum bo‘ladi.Gardunlaming tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularda avvalgi qismlar- da (Tasnif, Tarje’) erishilgan tovush-bosqichlari nisbatan erkin qoTlaniladi. Natijada kuyning ravon va pog‘onama-pog‘ona harakat jarayoniga ko‘plab ohang sakramalari qo‘shiladi.
«Gardun» cholg‘u kuylarida ham avvalgi qismlardan ma’lum bo‘lgan xona bozgo‘y tuzilmalari muhim ahamiyatga ega. Biroq, ak- sariyat hollarda ulaming nisbatlari o‘zaro teng boMmay, balki «note- kis» taqsimlanishlarni yuzaga keltiradi. Kuy pardalarida esa sakrama
ohanglar keng namoyon bo‘ladi. Misol tariqasida «Garduni Dugoh» kuyiga nazar tashlaylik.
Kuy dastlab «bozgo‘y» bilan boshlanadi. Undan so‘ng bir-biriga ulanib, qatorasiga uchta xona (xona 1, xona 2, xona 3) sadolanadi. Shun- dan so‘ng yana bozgo‘y tuzilmasi yangrab asar yakun topadi. Bunda xona tuzilmalarida ortib boruvchi ohang sakramalarini kuzatish mumkin.M uxam m as cholg‘u kuylari. Olti maqomning «Muxammas» nomli cholg‘u kuylari «Gardun» lardan so‘ng ijro etiladi. Ammo Mu­xammas o ‘zidan oldingi kuy («Tasnif», «Tarje» va «Gardun») lardan farqli o ‘laroq bir va bir necha ko‘rinish (variant)da namoyon bo‘ladi.
Jumladan, Shashmaqomda jami 16 ta Muxammas bo‘lib, ular qu- yidagicha taqsimlanadi:
1. «Buzruk» maqomi: a) «Muxammasi Buzruk», b) «Muxam­
masi Nasrulloyi»;
2. «Rost» maqomi: a) «Muxammasi Rost», b) «Muxammasi
Ushshoq», d) «Muxammasi Panjgoh»;
3. «Navo» maqomi: a) «Muxammasi Navo», b) «Muxammasi
Bayot», d) «Muxammasi Husayniy»;
4. «Dugoh» maqomi: a) «Muxammasi Dugoh», b) «Muxamma­
si Chorgoh», d) «Muxammasi Hojixo‘ja», e) «Muxammasi
Chor Sarxona»;
5. «Segoh» maqomi: a) «Muxammasi Segoh», b) «Muxammasi
Ajam», d) «Muxammasi Mirza Hakim»;
6. «Iroq» maqomi: a) «Muxammasi Iroq».
Maqomlarda kelgan Muxammasi Xojixo‘ja, Muxammasi Mirza
Hakim nomlari shu asarlami ijod qilgan atoqli bastakorlarga nisbat berilgan. Qolganiari esa maqom va sho‘ba nomlarining Muxammas so‘zi birikmalaridan tashkil topgan.
«Muxammas» atamasining lug'aviy negizi «beshlik» yoki «besh- langan» ma’nosini bildiradi. U maqomlar tizimida beshta tarkibiy qismdan iborat murakkab doyra usulini anglatadi. Bu usulning hajmi 2/4 o ‘lchovida 16 taktga, 4/4 o ‘lchovida esa 8 taktga teng keladi.Saqil cholg‘u kuylari. Olti maqomning «Mushkilot» bo‘limlari «Saqil» nomli cholg‘u kuylari bilan yakunlanadi. Ushbu atama arab- cha bo‘lib, «og‘ir», «vazmin» ma’nolami bildiradi. Darhaqiqat, Olti maqomdagi «Saqil» kuylari vazmin ruhda ijro etilishi bilan ajralib turadi. «Saqiblar ham «Muxammas»lar kabi har bir maqomda bir ne- cha ko‘rinish (variant)da zuhur bo‘lishi mumkin:
1. “Buzruk” maqomida: a) “Saqili Islim”, b) “Saqili Sulton”;
2. “Rost” maqomida: a) “Saqili Vazmin”, b) “Saqili Rak-rak”;
3. “Navo” maqomida: a) “Saqili Navo;
4. “Dugoh” maqomida: a) “Saqili Ashqullo”;
5. “Segoh” maqomida: a) “Saqili Basta Nigor”;
6. “Iroq” maqomida: a) “Saqili Iroq I”, b) “Saqili Iroq 2”,
d) “Saqili Kalon” .Bu o ‘rinda Saqil so‘zi bilan yonma-yon kelgan Islim, Sulton,
Ashqullo, Basta Nigor kabi nomlar ulaming ijodkorlariga ishora etsa, Saqili Rak-rak so‘z bo‘g‘inlarida mazkur Saqilning doyra usullariga o‘xshash (ya’ni usul kabi) xos boshlanishiga taqlid etilgan ko‘rinadi. Har holda ushbu asar odatdagidek mavzu bayoni bilan emas, balki dastlab usulbop ohang ritmlari bilan (nota misolidagi 1-4 taktlar) boshlanib, so‘ngra mavzuga ulanadi.
Saqillarda mavzuning salobati, uning davomiyligi ortadi, zarb- usullari yanada murakkablashadi.
“SaqiP’larda qo'llangan doira usuli “Mushkilot” bo‘limida uchraydigan eng murakkab usullardan hisoblanadi. Uning 2/4 oMchovidagi umumiy hajmi 24 taktni tashkil etadi.Saqillarda avvalgi qismlarda namoyon boigan muhim jihatlar umum- lashadi, bosib o‘tilgan mushkilot yo‘liga yakun yasaladi. Mushohada- viylik holati Mushkilotlarning botin mazmuni ekanligini Saqillar yana bir karra tasdiqlaydi. Bu borada mazkur qismlar mushohadaviylikning avji, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero ularda go‘yo vaqt chegaralari tark etiladi, tashqi olam bilan bog‘liq havakatlar o‘z kuchini yo‘qotgandek tuyuladi. Har holda Saqillaming ijro sur’atlari turkum miqyosida sezilarli darajada vazmin tus olishi yaqqol namoyon bo‘ladi.


Download 53.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling