Shatun va tirsakli val. Reja Shatunning vazifasi va tuzilishi. Tirsakli valning vazifasi va tuzilishi


Download 67.09 Kb.
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi67.09 Kb.
#1333709
1   2   3
Bog'liq
Shatunlarni tiklash

Tirsakli val po’latlardan shtamplash usuli bilan yoki magniyli sho’yanlardan (ZMZ-24, ZMZ-53) quyish usuli bilan olinadi. Po’latdan tayyorlangan vallar, bo’yin va jag’larning o’lchamlari bir xil bo’lgan, xuddi shunday sho’yan vallardan mustahkamligi bilan ajralib turadi. Quyib tayyorlangan vallarning afzalliklari, uning nisbatan arzonligi, kam metall sarflanishi, mexanik ishlov berish jarayonining qisqarishini hamda krivoshipning alohida elementlarga, masalan, shatun va o’zak bo’yinlarini ichki bo’shlig’iga oqilona shakl berish imkoniyatlari mavjudligini aytish mumkin.

  • Tirsakli val po’latlardan shtamplash usuli bilan yoki magniyli sho’yanlardan (ZMZ-24, ZMZ-53) quyish usuli bilan olinadi. Po’latdan tayyorlangan vallar, bo’yin va jag’larning o’lchamlari bir xil bo’lgan, xuddi shunday sho’yan vallardan mustahkamligi bilan ajralib turadi. Quyib tayyorlangan vallarning afzalliklari, uning nisbatan arzonligi, kam metall sarflanishi, mexanik ishlov berish jarayonining qisqarishini hamda krivoshipning alohida elementlarga, masalan, shatun va o’zak bo’yinlarini ichki bo’shlig’iga oqilona shakl berish imkoniyatlari mavjudligini aytish mumkin.
  • Quyish usuli bilan valning barcha bo’yinlari ichi kovak qilib tayyorlanadi. Po’latdan tayyorlangan tirsakli valning bo’yinlari yuqori chastotali tok bilan toblanadi. Tirsakli valning barcha bo’yinlari katta e’tibor bilan jilvirlanadi va yaltiratiladi. Bo’yinlar va jag’lar tutashgan qism esa silliqlanadi.
  • Shatun bo’yinlarining soni silindrlari bir qator joylashgan dvigatellarda silindrlar soniga teng bo’lsa, V-simon dvigatellarda silindrlar sonidan ikki marta kam bo’ladi. Chunki, yuqorida aytganimizdek, har bir shatun bo’yniga ikkitadan shatun o’rnatiladi.

O’zak bo’yinlarining miqdori silindrlari bir qator joylashgan to’rt silindrli dvigatellarda uch yoki beshtaga, olti silindrlida to’rt yoki yettitaga, V simon sakkiz silindrli dvigatellarda beshtaga teng bo’ladi.

  • O’zak bo’yinlarining miqdori silindrlari bir qator joylashgan to’rt silindrli dvigatellarda uch yoki beshtaga, olti silindrlida to’rt yoki yettitaga, V simon sakkiz silindrli dvigatellarda beshtaga teng bo’ladi.
  • Agar shatun bo’ynining ikki tomonidan ham o’zak bo’yni joylashgan bo’lsa, bunday vallar to’la tayanchli tirsakli vallar deb ataladi. To’la tayanchli vallar (ZMZ-24, ZMZ-53, ZIL-130,KamAZ-740) kam egiladi.
  • Zamonaviy avtomobil dvigatellarida tirsakli valning aylanish chastotasi 3000-4000 min-1 (yuk avtomobillarida) va 4500-6000 min-1(yengil avtomobillarda) bo’ladi. Val aylanishida hosil bo’ladigan inersiya kuchlarining ta’sirini kamaytirish uchun posangilar xizmat qiladi.
  • Valning o’zak va shatun bo’yinlari bir-biri bilan o’zak podshipniklaridan shatun podshipniklariga moy yuborish uchun xizmat qiluvchi jag’larni parmalab ochilgan qiya kanallar orqali tutashadi. Shatun bo’yinlarining ichi kovak bo’ladi yoki bo’lmasa ularni parmalab bo’shliq-kiritgich hosil qilinadi. Moydagi og’ir zarrachalar va yeyilishdan hosil bo’lgan qurumlar markazdan qochma kuch ta’sirida moydan ajralib, kirtutgich devorlarida yopishib qoladi. Dvigatel qismlarga ajratilganda tiqin sug’irib olinib, kirtutgich tozalanadi.

Download 67.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling