Shaxning vujudga kelishi inqirozlarning rivojlanishi va ularning ro`li
Download 329.38 Kb.
|
Shaxning vujudga kelishi
Zamonaviy jamiyatning paydo bo’lishi bilan insonning ijtimoiy va siyosiy munosabatlardagi o’rni yuksalib bordi. Bu jamiyatlarda o’zaro munosabatlarning bir-biriga ta’sir etish darajasi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi - uning sekinlik bilan yuksak ta’lim va tajribaga, shuningdek, yuqori kasbiy malakaga asoslanishi, ijtimoiy munosabatlarning qonunlar, me’yorlar, shartnomalar asosida muvofiqlashtirshning rasmiy tizimini shakllanishi, ijtimoiy boshqaruvning takomillashgan tizimini yaratilishi, dinni davlat va boshqaruvdan ajratilishi, ijtimoiy institutlarning ko’payishi va rivojlanishi kabi omillar natijasida insonlararo munosabatlar yuksalib, siyosiy institutlarni nazorat etish, inson huquq va erkinliklarini himoya etish, jamiyatda tenglik o’rnatish imkoniyatlari paydo bo’ldi. XX asrga kelib eng takomillashgan va zamonaviy kishilik birliklari fuqarolik jamiyati, deb atala boshlandi. Fuqarolik jamiyati g’oyasi oliy maqsad sifatida bir necha asrlardan beri yashab kelmoqda. Fuqarolik jamiyati shunday jamiyatki, unda aholining biron-bir guruhi boshqa bir guruhni o’ziga bo’ysundira olmaydi, shuningdek, erkaklar bilan ayollarni bir-biri bilan bog’lab turuvchi ko’plab ijtimoiy, fuqaroviy, diniy, iqtisodiy, madaniy aloqa va munosabatlar yanada rivojlanadi. Bu g’oya 80-yillarda avj olgan demokratiyalashtirish jarayoni natijasida alohida mazmun kasb eta boshladi va u totalitar davlatlarga qarama-qarshi bo’lgan ijtimoiy andoza sifatida talqin qilina boshlandi.
Download 329.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling