O’quv ustaxonalarini masg’ulotga tayyorlash


Download 5.92 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi5.92 Kb.
#1723828
Bog'liq
сунги варак

O’quv ustaxonalarini masg’ulotga tayyorlash


Kasb- hunar maktablarida kasbiy ta’lim jarayonlarda o’quv amaliyoti muhim ahamiyatga ega .Amaliyotda o’quvchi nazariy bilimlarni mustahkamlaydi ,amaliy ishlarni bajarib ko’radi va kasbiy ko’nikma va malakaga ega bo’ladi. SHularni hisobga olib o’quv amaliyoti samarali o’tishi uchun usta amaliyotni to’g’ri tashkil qilishi va ustaxonani mashg’ulotga tayyorlashi juda muhim
Ishlab chiqarish ta’lim ustasi ustaxonada mashg’ulot o’tkazish uchun o’quv hujjatlarini tayyorlash lozim .
O’quv didaktiv materiallarini aniqlash ,mashgulotlarning maqsadlariga javob beradigan topshiriq va mashqlarni tayyorlash kerak bo’ladi.
Bundan tashqari texnologik haritalarni tayyorlash va o’zi bajarib ko’rish lozim .
Ishlab chiqarish ta’lim ustasi o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash mezonlarini tayyorlash kerak
Ustaxonani o’tkaziladigan mashg’ulot mavzusi bo’yicha kerakli bo’lgan jihozlar va moslamalar texnik holatini ko’zdan kechirilib nosozliklar aniqlansa ularning sozlab mashg’ulotga tayyor qilib qo’yiladi .
Mashg’ulot uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar tayyorlab qo’yiladi
Amaliy mashg’ulotni o’tkazish uchun xom-ashyo va materiallar ustaxonaga keltirib qo’yiladi
Mashg’ulot uchun ish joylar tayyirlanadi va tegishli mashg’ulotni o’tish uchun zarur bo’lsa almashinish grafiklari ishlab chiqiladi.
Mavjud yo’riqnomalar ogohlantiruvchi belgilar va xavfsizlik textikasi bo’yicha plakatlar ko’rib chiqiladi va zarur bo’lsa ta’mirlanadi yoki almashtiriladi
Ustaxonadagi barcha mashg’ulot o’tkazish uchun ishlar bajarib bo’lgandan keyin ustaxona mashg’ulot o’tishga tayyorligini katta usta tekshirib ko’radi va ustahonaning o’quv amaliyoti mashg’uloti o’tishga tayyor bo’lsa barcha hujjatlarga imzo qo’yib,amaliyot o’tishga ruxsat beradi.
Download 5.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling