Shaxs faoliyati


Download 74 Kb.
bet1/7
Sana20.01.2023
Hajmi74 Kb.
#1103589
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shaxs-faoliyati

Shaxs faoliyati


Reja:




  1. Faollik va faoliyat haqida tushuncha.

  2. Ehtiyojlar va ularning turlari.

  3. Faoliyat va uning maqsadlari.

  4. Faoliyatni o`zlashtirish.

  5. Faoliyatning turlari.

Tayanch iboralar: Faoliyat haqida umumiy tushuncha. Hayvonlar faolligi va inson faoliyatining farqlari. Faoliyat va uning maqsadlari. Faoliyat motivlari. Faoliyatning tuzilishi. Ichki va tashqi faoliyatning o`zaro bog`liqligi: interiorizatsiya va eksteriorizatsiya. Faoliyatning tuzilishi. Faoliyatni o`zlashtirish; ko`nikma, malaka, odatlar. Ko`nikmalarning shakllanishi. Faoliyatning asosiy turlari: o`yin, mehnat, o`qish va muloqot.


FAOLLIK VA FAOLIYAT HAQIDA TUSHUNCHA.
Tirik mavjudotlarning atrofdagi olam bilan hayotiy ahamiyatga ega bo`lgan bog`lanishlarni ta`minlaydigan faoliyati ularga xos yalpi xususiyat hisoblanadi. Jonli mavjudotni muayyan tarzda va muayyan yo`nalishda harakat qilishga undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbai bo`lib hisoblanadi. ehtiyoj - jonli mavjudotning hayot kechirishining konkret shart - sharoitlariga uning karamligini ifoda etuvchi va bu shart sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatidir.
Kishining faolligi ham ehtiyojlarning qondirilishi jarayonida nomoyon bo`ladi. Odamning faolligi shakllari bilan hayvonning hatti harakatlari faolligi o`rtasidagi tafovutlar mavjud. Hayvonlar ehtiyojining qondirilishi jarayoni ularning muhitga yaxshiroq moslashuvini ta`minlaydi.
Odamning faolligi va faollikning manbai bo`lgan insoniy ehtiyojlar tamomila boshqacha manzara kasb etadi. Kishining ehtiyoji tarbiya jarayonida, ya`ni kishilar madaniyati olami bilan munosabatga kirishish jarayonida shakllanadi. Tabiatdan olinadigan buyum shunchaki oddiy ulja, ya`ni faqat biologik ma`noga ega OVQAT tarzidagi buyum bo`lmay qoladi. Odam qurollar yordamida buyumni tarixiy taraqqiyot mahsuli bo`lgan o`z ehtiyojlariga moslashtirgan holda tubdan o`zgartirishga qodirdir.
Ehtiyojlar qondirilishi jarayonida rivojlanib va o`zgarib boradi. Ular hozirgi zamon kishisida uning ajdodlarida bo`lganiga qaraganda boshqachadir. Uning avlodlarida ham boshqacha bo`ladi. Kishining ehtiyojlarini to`la-to`kis qondirish uni har tomonlama rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi, lekin bu yakkayu yagona shart emas, albatta. Kamolatga erishishning boshqa shart-sharoitlari (birinchi navbatda mehnat) mavjud bo`lmasa, o`z ehtiyojlarini osongina qondirish imkoniyati kishini ko`pincha inkirozga uchratadi. Mehnat bilan yo`naltirilmaydigan tekinxo`rlik ehtiyojlari zid xulq-atvor (ba`zan esa jinoi hatti-harakat)ning manbai bo`lib qolishi mumkin va ayrim kishilarda shunday bo`lmoqda.
Jamiyat kishining tarbiyasiga nisbatan qo`yayotgan eng muhim talablardan biri mehnat qilish ehtiyojini ta`minlashdan iboratdir.

Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling