Shaxs faoliyati
Download 74 Kb.
|
Shaxs-faoliyati
EHTIYOJLARNING TURLARI.
Ehtiyojlar kelib chiqishiga va predmetiga ko`ra farqlanadi. Kelib chiqishiga ko`ra ehtiyojlar TABIIY va MADANIY bo`lishi mumkin. Tabiiy ehtiyojlarda kishining o`zining hayoti va o`z avlodlari hayotini saqlash va davom ettirish uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarga bog`liqligi ifodalanadi. Barcha odamlarda ovkatlanishga, suv ichishga, qarama-qarshi jinsning mavjud bo`lishiga, uxlashga, sovuqdan va haddan ziyod issiqdan saqlanishga va hokozolarga tabiiy ehtiyoj bo`ladi. Agar tabiiy ehtiyojlardan birontasi uzoq vaqt davomida qondirilmasdan qolsa odam mukarrar ravishda xalok bo`ladi yoki naslini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo`ladi. Garchand tabiiy ehtiyojlar (ularning soniga ko`ra) odamning hayvon ajdodlaridagi va ibtidoiy odamlardagi kabi tarzda qolgan bo`lsa ham, lekin ular o`z psixologik mohiyatiga ko`ra hayvonlarning tabiiy ehtiyojidan tubdan farq qiladi. ehtiyojlarni qondirishning usullari va qurollari o`zgaribgina qolmasdan, eng muhimi, ehtiyojlarning o`zi o`zgarib bormoqda. Madaniy ehtiyojlarda odamning foliyati insoniyat madaniyatining mahsulotlriga bog`liq ekanligi ifodalanadi; uning ildizlar butunlay kishilik tarixining sarhadlariga borib taqaladi. U yo bu xilda tarkib topgan madaniyat sharoitlarida biron bir tabiiy ehtiyojni qondirish vositasi bo`lib xizmat qiladigan narsalar (vilka va koshik, ovkatni eyish uchun ishlatiladigan chuplar) ham madaniy ehtiyojlar ob`ekti hisoblanadi. Agar kishining madaniy ehtiyojlari qondirilmasa u halok bo`lmaydi (tabiiy ehtiyojlarni qondirilmagan sharoitda ana shunaka bo`lishi mumkin edi), lekin undagi odamiylik sifatlari jiddiy zararlanadi. Ehtiyojlar o`z predmetining xarakterga ko`ra MODDIY va MA`NAVIY bo`lishi mumkin. Moddiy ehtiyojlarga kishining moddiy predmetlarga qaramligi (ovqatlanishga, qiyinishga, uy-joyga, maishiy turmush ashyolariga va boshqa narsalarga ehtiyoj sezish), ma`naviy ehtiyojlarda esa ijtimoiy ong mahsuliga tobeligi ifodalanadi. Ma`naviy ehtiyojlar ma`naviy madaniyatni yaratish va o`zlashtirishda o`z aksini topadi. Kishi o`z fikr - mulohazalari va tuyg`ularini boshqalar bilan baham qurishga, kitoblar va jurnallar o`qishga, kinofil’mlar qurishga, musiqa tinglashga va shu kabilarga ehtiyoj sezadi. Ma`naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog`liqdir. Ma`naviy ehtiyojlarni qondirish uchun, moddiy ehtiyojlar predmeti hisoblanmish moddiy narsalar (kitoblar, gazetalar, yozuv va nota qog`ozlar, buyoklar va shu kabilar) talab qilinishi shubxasiz. ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga undovchi va uning yo`nalishini belgilovchi sabablar MOTIVLAR deb ataladi. Unda sub`ektning faolligi nomoyon bo`ladi. ehtiyojlar kishi faolligi va barcha turlarining mohiyatini, asosiy harakatlantiruvchi kuchini tashqil etarkan, u holda motivlar ushbu mohiyatning konkret, rang - barang ko`rinishlari sifatida nomoyon bo`ladi. Motivlar yoki motivlashtirish psixologiyada sub`ektning xulq - atvori va faoliyati yo`nalishini belgilab beradigan sabablar sifatida qaraladi. Motivlar biri-biridan ehtiyojlar turlariga qarab farqlanadi. ehtiyoj motivlarda nomoyon bo`ladi. Murakkab faoliyat asosida bir vaqtning o`zida bir qancha motivlar yotadi. Inson hatti-harakatining asosida yotgan bunday motivlar guruhiga motivlar tizimi deyiladi. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo`lishi mumkin. Anglanilmagan motivlar odatda MAYLLAR deb yuritiladi. Download 74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling