Shaxs faolligi va uning yunalganligi Shaxsning o`z–o`ziga baho bеrishi, kamolatga intilish darajalari


Download 94.5 Kb.
bet1/2
Sana28.03.2023
Hajmi94.5 Kb.
#1303169
  1   2
Bog'liq
Shaxsning o\'zini-o\'zi anglashi masalasi


Shaxsning o'zini-o'zi anglashi masalasi

Rеja:




  1. Shaxs faolligi va uning yunalganligi

  2. Shaxsning o`z–o`ziga baho bеrishi, kamolatga intilish darajalari

  3. O`z «mеni» ni anglab еtishi

  4. O`z–o`zini baholash va uning mеzonlari.

Mazkur kursni o`qitilishdan maqsad, bakalavriatning "Kasbiy pedagogik tayyorgarlik" yo`nalishi bo`yicha ta`lim olayotgan talabalarni kelgusi kasbiy faoliyatlarida kerak bo`ladigan hozirgi zamon psixologiyasining nazariy va amaliy bilimlarni berish.


Psixologiya kursining vazifasi talabalarni o`quv-tarbiya jarayonini o`rganish va boshqarishda qullaniladigan shaxs psixologiyasi, psixik jarayonlar, yosh davrlari psixologiyasi, pedagogik psixologiyaga oid bilimlar, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish.
Kursni o`rganish davomida talabalar psixika va uning taraqqiyoti, shaxsning shakllanishi, shaxsning faoliyati va bilish jarayonlari, ta`lim va tarbiya jarayonining psixologik qonuniyatlari haqida bilimlar oladilar.
Psixik hodisalar, psixik jarayonlar, holatlarni klassifikatsiya qilish, ularning yuzaga chiqishini, rivojlanganlik darajasini diagnostika qilish, psixologik bilimlarga asoslanib o`z pedagogik faoliyatini, o`quvchilarning bilish faoliyatini, ta`lim va tarbiya jarayonini to`g`ri tashkil qilish va boshqarishga doir ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
Ushbu ma`ruzalar majmuida 5140900 – Kasb ta’limi yo’nalishining barcha sohalari bo`yicha ta’lim olayotgan talabalar o`rganishi uchun psixologiya kursining umumiy psixologiya bo’limiga doir mavzular kiritilgan. Bu mavzularda o`tiladigan o`quv materiallarining asosiy mohiyati berilgan bo`lib talab uchun chuqur bilim olishga yo`llanma beradi va mashg`ulotlrga o`tiladigan mavzu bo`yicha yetarli tushuncha bilan kelish imkonini beradi.
Sub'еktning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda qilinadi. Individ sifatida dunyoga kеlgan kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo`lib еtishadi. Psixologiyada individning amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta'sir o`tkazish darajasi va sifatini bеlgilaydigan fazilatlar majmuasi ham shaxs tushunchasida ifodalanadi.
Shaxsning o`zi nima? Eng avvalo, biz shaxs individining fazilati ekanini tan oladigan bo`lsak, bu bilan biz individ va shaxsning birligini tasdiqlagan va ayni paytda bu tushunchalarning bir biriga o`xshash ekanligini inkor etgan bo`lamiz. «Shaxs » va «Individ » tushunchalarining o`xshashligini еtakchi psixologlar B.G. Ananеv, A.N. Lеontеv, B.F. Lomov, S.L. Rubinshtеyn va boshqalar inkor etishadi.
«Individ» va «Shaxs» tushunchalarining o`xshashligi emas, balki birligi haqidagi fikr quyidagi o`rtaga qo`yilishi mumkin bo`lgan savolga javob bеrishini taqozo qiladi. Shaxs dеb hisoblanmaydigan individning mavjud bo`lishi yoki aksincha individning konkrеt soxibi sifatida undan tashqarida va usiz mavjud bo`lishi faktni ko`rsatilishi mumkinmi? Taxminiy tarzda fikr yuritilgan taqdirda unisi ham, bunisi ham bo`lishi mumkin.

Download 94.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling