Shaxs ijtimoiylashuv jarayonining psixologik tavsifi
Ijtimoiylashuv maskanlari
Download 22.43 Kb.
|
6423c7c07074c Akbarov 2
Ijtimoiylashuv maskanlari: Balog'atga yetib, ulg'ayib kelayotgan shaxsning o'zi yashab turgan dunyoni bilishi, o'zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni anglab
yetishi, tushunishi va shaxslararo munosabatlar tizimida o'zidagi takrorlanmas alohidalikni namoyon etishining ijtimoiy-psixologik manbalarini o'rganish, ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga bog'liq ayrim jihatlarini tahlil qilish, bizga shaxs- jamiyatning ajralmas bir qismidir degan nazariy xulosani chiqarishga imkon beradi. Individ, ya'ni tabiiy zot sifatida dunyoga kelgan odam bolasi tug'ilgan kunidan boshlab o'ziga o'xshash insonlar qurshovida bo'ladi va uning butun ruhiy olami, qiziqishlari, intilishlari va qobiliyatlari ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo'ladi, chunki agar insonning ontogenetik taraqqiyot davriga e'tibor qaratadigan bo'lsak, odam bolasi parvarishga muhtoj holda, o'ziga o'hshash kishilar davrasiga tushadi, sekin-asta jismoniy, ruhiy va ijtimoiy taraqqiot tufayli ijtimoiy munosabatlarning faol ob'yekti va sub'yektiga aylanadi. Ijtimoiylashuv tushunchasi ijtimoiy-psixologik kategoriya bo'lib, bu shaxsning uni o'rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta'sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini o'zlashtirishga moyilligi, o'zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Insonning tug'ilib, o'zini bevosita o'rab turgan tashqi muhit ta'sirida ulg'ayishi, shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi. Oilaning ijtimoiy muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o'chog'i va ulg'ayish maskani hisoblanadi. Ilk o'spirinning xarakter xususiyatlarini shakllanishiga asosiy ta'sir etuvchi omillar qatoriga biologik, ijtimoiy va psixologik ta'sir vositalarini kiritamiz. Xuddi shu davrda ulg'ayibkelayotgan shaxs organizmida biologik, fiziologik qayta qurilish davri kechishi natijasida ularda agressiv xulq motivlari namoyon bo'ladi. Ayniqsa o'smirlik davrida organizmning jismoniy va ruhiy jihatdan bir-biriga nomutanosib tarzda rivojlanishi kuzatiladi, jinsiy balog'atga yetish va funksional yangilanishlar tufayli gormonlar miqdorining o'zgarishi yuz beradi. Bir tomondan bu o'smir organizmidagi barcha o'zgarishlar gipotalamus va endokrin bezlarning rag'batlantiruvchi va nazorat qiluvchi ta'siri ostida kechadi. Ayrim gormonlarning ortiqcha ishlab chiqarilishi natijasida o'smir xatti-harakatida agressivlik(jizzakilik, serzardalik, qaysarlik) holatlari kelib chiqadi. O'smir xatti-harakatlarida agressiv xulq-atvor ko'rinishlari kelib chiqishining asosiy sabablariga, uni o'rab turgan ijtimoiy muhit ta'sirini ham kiritishimiz mumkin, chunki, o'smir xarakter xususiyatlarining shakllanishi u yashab turgan muhit ta'siri ostida yuzaga keladi. Agressiv xatti-harakat paydo bo'lishida ko'pgina omillar ishtirok etadi, jumladan, yosh, shaxsiy xususiyatlar, tashqi jismoniy va ijtimoiy sharoitlar. Masalan, agressivlikni shovqin, issiq, torlik, ekologik muammolar, meteo sharoitlar va h.k. kabi sharoitlar kuchlantirishi mumkin. Ammo ko 'pgina shu masalani o'rganuvchi 71 tadqiqotchilar fikricha, shaxsning agressiv xatti-harakatlari shakllanishida hal qiluvchi rolni bevosita ijtimoiy muhit o'ynaydi. Ijtimoiy muhitning asosi bo'lgan oila, shaxs xulq-atvorining shakllanishiga katta ta'sir o'tkazadi, oilada olingan tarbiya bir umrga saqlanib qoladi. Oilaning tarbiya instituti sifatida muhimligi shundaki, voyaga yetib kelayotgan shaxs hayotining ko'p qismini o'tkazadi va shaxsga ta'sir etuvchi muddati bo'yicha birorta ham tarbiya institutlari oilaga teng kela olmaydi. Farzand tarbiyasida oilaning birlamchi roli haqida E.Fromm: "Oila — o'ziga xos jamiyatning "psixologik vositachisi", shuning uchun oilada adaptatsiya jarayonida bola keyinchalik jamiyatda adaptatsiya va turli ijtimoiy muammolarni yechish asosi bo'lib qoladigan xarakterni shakllantiradi", degan edi. Shaxs oilada o'zlashtirgan xarakter xislatlarini o'zida aks ettiradi va uni ijtimoiy muhitda namoyon qiladi, ba'zan tajovuzlorlikning oilada namoyon bo'lish shakllari turlicha kechishi mumkin: bu bevosita ijtimoiy yoki jinsiy tajovuzkorlik, sovuqqonlik, salbiy baholar, boshqa bir shaxsni ruhan ezish, tazyiq o'tkazish, boshq bir shaxsni emotsional qabul qilmaslik bo'lishi mumkin. Tajovuzkor xatti-harakatlarning paydo bo'lishiga turli oilaviy omillar ta'sir etishi mumkin. Masalan, oilaviy birlashishning quyi darajasi, o'zaro to'qnashuvlar, bola va ota-ona o'rtasidagi yetarli darajadagi emotsional yaqinlikning yo'qligi, bolalar o'rtasidagi salbiy munosabatlar, oila tarbiyasining noadekvat usuli. Masalan, o'ta qattiq jazo qo'llaydigan, o'ta qattiq nazorat qiluvchi ota-onalar yoki bolalarning mashg'ulotlarini nazorat qilmaydigan, farzandining hayotiy rejalariga e'tiborsiz ota-onalar tajovuzkor xulqqa ko'proq duch kelishadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, shaxsning agressiv xatti-harakatiga ta'sir etuvchi xususiyatlardan biri — bu frustratsiyani ko'tara olmaslik qobiliyatidr. Ma'lumki, frustratsiya ehtiyojlarni qondirishda yoki maqsadga erishish yo'lida paydo bo'lgan to'siqlar tufayli kelib chiqqan holatdir. Bolada agressiv xulqning shakllanishida asosan ota-onaning ta'siri kuzatiladi va oila tarbiyasidagi quyidagi omillar katta rol o'ynaydi: bola harakatidan qoniqmagan ota-ona reaksiyasi; bolalar va ota-onalar o'rtasidagi munosabatlar; oiladagi o'zaro uyg'unlik darajasi; aka-uka, opa-sing'illar o'rtasidagi munosabatlar; ota-ona va farzand o'rtasidagi keskin vaziyatlar; Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlari ham mavjudki, unga barcha bosqichdagi ta'lim muassasalari, Mehribonlik uylari, ixtisoslashgan maxsus maktab-internatlar hamda harbiy bilim yurtlari kiradi, chunki u yerda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola ta'lim oladi va tarbiyalandi, ijtimoiy normalari, qadriyatli yo'nalishlari 72 ta'sirida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo'lib yetishadi. Shunday qilib, tor ma'noda ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy muhitga kirib borishi, unda singib ketishi, tashqi ijtimoiy muhit normalarini qabul qilib ularga rioya qilishi yoki qilmasligini tushuntiruvchi jarayondir. Ijtimoiylashuv tushunchasi ma'no jihatdan yaqin bo'lgan “tarbiya” va “moslashuv” tushunchalari uzviy ravishda bog'liq. Ijtimoiylashuv tushunchasi tarbiya jarayonidan ancha keng ma'noga egadir, chunki uning mazmunida har doim ham qolipga solib bo'lmaydigan, har doim ham shaxs tomonidan anglanmaydigan xolatlar ham mavjud bo'ladi. Moslashuv esa ijtimoiylashuv jarayonining muayyan bir tarkibiy qismi, uning harakatga keltiruvchi omili sifatida qaralishi mumkin. Download 22.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling