Shaxs ijtimoiylashuv jarayonining psixologik tavsifi
Ijtimoiy-psixologik moslashuv
Download 22.43 Kb.
|
6423c7c07074c Akbarov 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiylashuv manbalari
- Oilaviy ijtimoiylashuv va uning oziga xosligi
Ijtimoiy-psixologik moslashuv ya'ni, shaxsning ijtimoiy munosabatlarga qadam qo'yishi, ijtimoiy normalarni egallashi, ko'nikishi va moslashishi orqali orttirgan tajribasi umumiy ijtimoiylashuvning bir ko'rinishidir.
Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs jamiyatdagi ijtimoiy normalarni o'zlashtiradi, turli rollarni bajarishga o'rganadi, jamoatchilik sharoitida o'zini tutish ko'nikmalarini hosil qiladi. Shaxsning ijtimoiylashuvi uning ijtimoiy ta'sirlarni qabul qilishi, ijtimoiy borliqni bilishi va anglashiga asoslanadi.4 Ijtimoiylashuv manbalariga quyidagilar kiradi: Bolalik davrida orttirilgan tajriba - bu jarayon psixik funktsiyalarning shakllanishi va dastlabki ijtimoiy xulq normalarining namoyon bo'lishi bilan parallel ravishda kechadi; Ijtimoiy institutlar - ta'lim va tarbiya tizimi; oiladan boshlab, to oliy o'quv yurtlari va undan yuqori pog'onalardagi ta'lim olishga imkon beruvchi maskanlar, mehnat jamoalari shular jumlasidandir; Muloqot va hamkorlikdagi faoliyat jarayonidagi odamlarning ta'siri. Bu o'rinda ham rasmiy, ham norasmiy sharoitlarda odamlarning bir-birlari bilan muloqoti, muomala maromlari nazarda tutiladi. Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro'y beradigan shart-sharoitlarini ijtimoiy institutlar deb ataymiz. Bunday institutlarga oiladan boshlab, mahalla, rasmiy davlat muassasalari (bog'cha, maktab, maxsus ta'lim o'choqlari, oliygohlar, mehnat jamoalari) hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi. Bu institutlar orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o'ziga xosdir, insondagi dastlabki ijtimoiy tajriba va ijtimoiy xulq-atvor namunalari aynan oilada, oilaviy munosabatlar tizimida shakllanadi. Oilaviy ijtimoiylashuv va uning o'ziga xosligi: Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta'sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o'ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkinchidan, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, sog' va salomat shaxs bo'lib yetishish imkoniyatiga ega bo'ladi. Oila va uning sog'lom ma'naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o'ziga o'xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo'lish, muomalada ahloq-odob normalariga bo'ysunishga o'rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi. Rus sotsiolog olimi A.Antonovning ta'kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta'sirlarini ko'rsatadiki, oqibatda bola avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi.5 Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo'lsa, uning ta'siri ham shunchalik ijobiy va samarali bo'ladi, bunday oilada milliy va ijtimoiy qadriyatlar, qonun- qoidalar va ahloq me'yorlari hurmat qilinadi. Oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan andozasi, oila mustahkam bo'lsa, jamiyat ham mustahkam bo'ladi. Mustaqil Vatanimizda oila qo'rg'oni qadrlanadi, nikoh muqaddas rishta sifatida e'zozlanadi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan yurtimizda oila institutini mustahkamlash, yosh avlodni ma'naviy jihatdan barkamol bo'lib voyaga yetishini ta'minlashga qaratilgan farmonlar va qarorlar, unda ko'zda tutilgan vazifalarning bajarilishi oilaviy ijtimoiylashuvning samaradorligini ta'minlaydi. Bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatuvchi bir qator ijtimoiy omillar mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi islohotlar, davlatning yoshlarga oid siyosati, ta'lim muassasalari, oila, maktab va mahallaning o'zaro hamkorligi kabi bir qator jarayonlar ushbu masalaning mazmuni va mohiyatini belgilaydi. Oila muhitining o'zi ham ayrim holatlarda salbiy ma'nodagi ijtimoiylashuvga aloqador bo'lib qolishi mumkin. Bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga ta'sir ko'rsatuvchi quyidagi omillarni ko'rsatish mumkin: ota-onalar o'rtasida murosaning yo'qligi, oilaviy o'zaro munosabatlarni mustahkamlash borasida aniq belgilangan ahloqiy tamoyillarning mavjud emasligi; ota-onalarning ruhiy nosog'lomligi va qonunbuzarligi; yashash sharoitlarining yaxshi emasligi, bolaning to'laqonli o'sishi, dars tayyorlashi, jismonan chiniqishi uchun sharoitlarning yetarli emasligi; maktab sharoitining talab darajasida emasligi; mahalla xududida oila obro'sining yaxshi emasligi, notinch, noqobil oila maqomiga egalik; , jumladan, Internet tarmog'i orqali bola ongiga yetib kelayotgan turli ma'lumot, ig'vo, uydirma, mish-mish, oila qadriyatlariga zid axloq namunalari va boshqalar oxirgi yillarda bola ijtimoiylashuviga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan ijtimoiy omillar jumlasidandir. Xalqimizda «Qush uyasida ko'rganini qiladi» degan maqol bor, ya'ni, shaxsiy sifatlarining dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu jamiyatdagi boshqa guruhlar ta'siri ostida sayqal topib, takomillashib boradi. Bizning o'zbek millatiga xos bo'lgan eng qadimiy, milliy qadriyatlarimizdan biri har bir oilaning mahalla bilan o'zaro yaqinligi, qadrdonligi sanaladi. Oila bilan bir qatorda mahalla ham ulkan tarbiya, ibrat maskani, ijtimoiylashuv o'chog'i sifatida muhim o'rinni egallaydi. Ayrim mahallalarda tongda turib ko'chalarni supurish, suv sepish odatga aylangan bolib, hamma ko'cha ozodaligiga rioya etadi va barcha oilalar udumni buzmaydilar. Shunga o'hshash normalar tizimi har bir ko'cha-mahallaning bir-biridan farqi, afzallik va kamchilik tomonlarini belgilaydi, oxirgilar esa shu mahallaga katta bo'layotgan yoshlar ijtimoiylashuvida bevosita ta'sirini ko'rsatadi. Yana bir muhim ijtimoiylashuv o'choqlariga maktab va boshqa ta'lim maskanlari kiradi. Aynan shu yerda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari maxsus tarzda uyg'unlashtiriladi. Bizning ijtimoiy tasavvurlarimiz shundayki, maktabni biz ta'lim oladigan, bola bilimlar tizimini o'zlashtiradigan maskan sifatida qabul qilamiz, shu bilan birga bu yer ijtimoiylashuv yuz beradigan maskandir. Umuman olganda ta'lim maskanidagi ijtimoiy-ma'naviy muxit e'tiborga olinadi. Yana bir muhim ijtimoiylashuv muhiti - bu mehnat jamoalaridir. Bu muhitning ahamiyati va o'ziga xosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli pishib qolgan, ma'lum tajribaga ega bo'lgan, hayot haqidagi tasavvurlari shakllangan paytda keladi. Download 22.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling