Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor


Download 343.59 Kb.
bet1/6
Sana14.04.2023
Hajmi343.59 Kb.
#1356450
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ШАХСНИНГ ИЖТИМОИЙ ИЖТИМОИЙ ХУЛК АТВОР


“SHAXS IJTIMOIYLASHUVI VA IJTIMOIY XULQ-ATVOR ”

TAQDIMOTCHI: PSIXOLOGIYA FAN.NOM., DOTS.
1. Shaxsning ijtiomiylashuvi va bosqichlari.
2. Ijtimoiy institutlar - inson faoliyatining muhim sohalarini tartibga soluvchi ob’ekt sifatida.
3. Shaxs ijtiomiylashuvida ijtimoiy status va ijtimoiy xulq-atvorni o‘rni.
4. Ijtimoiy ustanovka xaqida tushuncha
REJA:

Shaxs - "Homo sapiens" turining yagona vakilidir. Odamlar bir-biridan nafaqat morfologik xususiyatlar (o‘sish, tana va ko‘z rangi kabi) balki psixologik xususiyatlar (qobiliyat, temperament, hissiylik) bilan hamf arqlanadi. Individuallik - shaxsning o’zigagina tegishli bo’lgan, boshqalarda takrorlanmas shaxsiy, psixofizilogik tuzilishining o‘ziga xosligi (temperament turi, jismoniy va aqliy xususiyatlari, dunyoqarash, hayot tajribasi. Shaxsning shakllanishi - umumiy, ijtimoiy mohiyatga ega insonning ijtimoiylashuv jarayoni, inson hayotining o‘ziga xos tarixiy sharoitlarida amalga oshiriladigan rivojlanishi, shakllanishi ijtimoiy funksiyalar va rollarni ijtimoiy me’yor, xatti-harakatlar qoidalarini qabul qilish, shaxslararo munosabatlar o‘rnatish qobiliyatini shakllanishi, ijtimoiy foydali mehnat jarayoniga kirishishida namoyon bo’ladi.

Individ uch bosqich davomida shaxs bo‘lib shakllanib boradi j Individ uch bosqich davomida shaxs bo‘lib shakllanib boradi 3 yosh - o‘zini anglash “Men” tushunchasini paydo bo‘lishi. 11-15 yosh - jinsiy yetilishning boshlanishi o‘zligini individualligini toppish. Kattalik- kasb egasi bo‘lishi, unda erishilgan yutuqlar, oila qurish, ijtimoiy - iqtisodiy mustaqillik va ma’suliyat xissini ortishi


SHAXSNING IJTIMOIYLASHUVI - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayoti, faoliyati jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir. SHAXSNING IJTIMOIYLASHUVI - har bir shaxsning jamiyatga qo‘shilishi, uning meyor - talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilish, xatti - harakati va muomalasida namoyon qilishi, insoniyat jamiyatining ijtimoiy tajribasini o’zlashtirish asosida jamiyat a’zolariga o‘z ta’sirini o‘tkaza olishi jarayonidir. Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish jarayonidir.
Insonning ijtimoiylashuvi jarayoni inson butun hayoti davomida davom etadi
Shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoni uning rivojlanishida uchta asosiy bosqichdan o‘tadi va insonning butun hayoti davomida davom etadi
Birinchi bosqich - ijtimoiy qadriyatlar, ijtimoiy me’yorlarni, jamiyat guruhlarining ustanovkalarini faol o‘zlashtirish natijada inson butun jamiyatga moslashishni o‘rganadi
Ikkinchi bosqich - o‘z-o‘zini anglashga va jamiyatning boshqa a’zolariga ta’sir ko‘rsatishga intilish,
Uchinchi bosqich - ijtimoiy guruhga integratsiya qilish, (uyg’unlashib ketishi) jarayoni juda murakkab va juda uzoq davomlidir, chunki u ijtimoiy guruh qadriyatlari va normalarini va muayyan rollarni o‘z ichiga oladi, har bir inson guruhda o‘z xususiyatlarini va imkoniyatlarini ochib beradi.
Bolalik-ijtimoiylashuv tug‘lishdan, rivojlanishning dastlabki bosqichi, inson shaxsining shakllanishini deyarli 70% ga teng bo’lib, ijtimoiylashuvning boshlanishi belgilanadi. O‘smirlik- bosqichida fiziologik o‘zgarishlarning ro’y berishi, jinsiy rivojlanish va shaxsning tarkib topishi. 13 yoshidan boshlab bolalar imkon qadar ko‘proq ijtimoiy vazifalarni bajarishga harakat qilishadi. Yoshlik – erta yetuklik) - 16 yosh eng xavfli va zo‘riqish ko‘p uchraydigan davr hisoblanadi, mustaqil va ongli ravishda o‘zi uchun qaysi jamiyatga kirishi va o‘zi uchun eng munosib ijtimoiy jamiyatni tanlashga qaror qiladigan va uzoq vaqt qoladigan davrdir. Kattalik- (18 dan 30 yoshgacha) ijtimoiylashuvning asosiy instinktlari va shakllanishi -mehnat faoliyatiga yo‘naltiriladi;
-Ish, tajribasi ortadi;
  • jinsiy munosabatlar, do‘stlik orqali inson o‘zi haqida birinchi tasavvurlar, g‘oyalarni shakllanish bosqichi.
  • Noto‘g‘ri rivojlanish yoki hislar jiddiy qaytarilmas oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu o‘z hayotida va ijtimoiy jamiyatni tanlash uchun eng ko‘p ishlatiladigan yoshlardir. Ijtimoiylashuv jarayonida individ shaxsga aylanib boradi, bilim ko‘nikma malaka, hamda qobiliyatlarni insonlar orasida orttiradi.


Download 343.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling