Shaxs ijtimoiylashuvi


Inson fikrlovchi mavjudotdir


Download 0.56 Mb.
bet3/8
Sana19.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1619852
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1505231787 66812

Inson fikrlovchi mavjudotdir.

  • U ko’rgan va eshitganlarini yodda saqlaydi, o’z xayoloti, tasavvurlash qobiliyati vositasida bilimlarni, ma’lumot va axborotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, ularni transformasiyalaydi, boshqalarga uzatadi, bilim va tajribalarni takomillashtiradi, o’z maqsadlari, orzulari va istaklarini tasavvurlay oladi. Insondagi bu xususiyatlarni bn Sino shunday talqin etadi: «Inson umumiy qarashlarga nuqtai nazar bildirish va alohida narsalar to’g’risida fikrlash qobiliyatlariga egadir: u foydali yoki zararli ishni qilish va qilmaslik, go’zallik va xunuklikni farqlash, yaxshi va yomonni ajratish qobiliyatlariga ega. Ular qiyoslash va tafakkurlash vositasida shakllanadi.... Shunday qilib, inson ruhining birinchi kuchi aqliy mushohadaga taalluqli bo’lib, u aqliy tafakkur deb ataladi. Ikkinchi kuch esa tajribaga taalluqli bo’lib, u tajribaviy fikrlash, deb ataladi. Ular haqiqat yoki yolg’onni, shuningdek, xususiy narsalarga nisbatan yaxshi va yomonni aniqlash uchun xizmat qiladi. 

Hozirgi davr sosiologiyasida «inson» deganda Yerda yashayotgan mavjudot turlaridan biri tushuniladi.

IMKONIYAT, QOBILIYAT, MOYILLIK

  • Inson alohida olingan tur (Homo sapiens) vakilini ifodolovchi umumiy tushunchadir. Inson, umuman inson zotining yig’iq obrazi sifatida bioijtimoiy mavjudot bo’lib, u bir vaqtning o’zida ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir. Gegel ta’biri bilan aytganda, «insonning o’zida bevosita mavjudligi qandaydir tabiiydir, bu uning o’z tushunchasiga binoan tashqidir; faqat o’ziga tegishli tana va ruhini takomillashtirish vositasida, mohiyatan o’zini o’zi anglashi sababli ham u o’zini erkin tutadi, u o’ziga o’zi egalik qilishga kirishadi va ham o’ziga, ham boshhalarga nisbatan bo’lgan munosabatlarda o’ziga o’zi egalik qiladi. Bu o’ziga o’zi egalik qilishga kirishish, shuningdek, bu holatni voqyelik deb bilish shuni ko’rsatadiki, inson o’z tushunchasiga binoan (imkoniyat, qobiliyat, moyillik), endi o’zini o’ziniki deb bilishi, o’zini xuddi predmetdek hisoblashi - oddiy o’zini o’zi anglashdan farq qilib, u haqiqatda narsa (buyum) shaklida namoyon bo’la olish qobiliyatiga erishadi»

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling