Shaxs insoniy munosabatlar tizimida. Muomala texnikasi va strategiyasi. Reja
Download 102.35 Kb.
|
8. Shaxs insoniy munosabatlar tizimida.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muloqot to`g`risida umumiy tushuncha. Muloqotning ko`p rejali xarakteri. Muloqot axborot almashish tariqasida.
Shaxs insoniy munosabatlar tizimida.Muomala texnikasi va strategiyasi. Reja Muloqot to’g’risida umumiy tushuncha. Muloqotning ko’p rejali xarakteri. Muloqot axborot almashish tariqasida. Muloqot shaxslararo ta’sir sifatida. Muloqot kishilarning o’zaro bir-birini tushunishi tariqasida. Turli tipdagi muloqot va inson tafakkuri. Muloqotdagi qaytarma aloqa. Muloqot treningi. Pedagogik muloqot. Muloqot va til. Insonlarning bir-birini tushunish mexanizmlari: refleksiya, stereotipizatsiya, identifikatsiya, empatiya. Muloqot turlari. Nutq to`gqrisidagi tushuncha. Nutq turlari va uning vazifalari. Nutqning vujudga kelishi va uni idrok qilish. Nutqning o’sishi. Inson hayotida nutqning axamiyati. Insonga verbal va noverbal, paralingvistik ta’sir ko’rsatish. Muloqot to`g`risida umumiy tushuncha. Muloqotning ko`p rejali xarakteri. Muloqot axborot almashish tariqasida. Xar qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil ma’lumotlar uzatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab xamkorlikni talab qiladi.Shuning uchun xam xar bir shaxsning jamiyatda tutgan urni,ishlarining muvoffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirish qobilyati bilan bevosita bog`liq. Muomalaning o`zaro birgalikdagi harakati va kommunikativ jihatidan tashqarida uning pertseptiv jihati - munosabat ishtirokchilarining uning jarayonida amalga oshiriladi o`zaro idrok etishi yuzaga chiqadi. O`zaro birgalikda harakat qila boshlaydigan odamlar o`zaro hamjihatlik darajasini baholab oladigan va muomalaga kirishgan sherigining kimligi haqida o`ziga hisob bera oladigan bo`lsagina muomala yuz berishi mumkin. Muomala ishtirokchilari o`z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga (asli holida aks ettirishga), xis-tuyg`ularini, xulq-atvorining sabablarini, ahamiyatga molik ob'ektlarga nisbatan munosabatini fahmlab yetishga harakat qiladi. «Muomala chog`ida siz eng avvalo kishidagi qalbni, uning ichki dunyosini izlang»,—deb yozgan edi K. S. Stanislavskiy. Lekin boshqa kishining ichki dunyosini bunday tarzda qayta tiklash juda ham murakkab vazifadir. Sub'ektga boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fe'l-atvori va xatti-harakatlari, ular qo`llanadigan kommunikativ vositalargina bevosita in'om etilgan va u ana shu ma'lumotlarga tayangan holda o`zi bilan muomalaga kirishgan odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, o`y-fikrlari, niyatlari va shu kabilar haqida xulosa qila olish uchun muayyan ishni bajarishiga to`g`ri keladi. Taniqli rus psixologi S. L. Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: «Kundalik hayotda, odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq-atvoriga qarab mo`ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi ma'lumotlari mohiyatini go`yo «o`qib», ya'ni «mag`zini chaqib» chiqamiz va shu yo`sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo`lgan mazmunini aniqlaymiz. Bunday «o`qish» naridan-beri tez yuz beradi, chunki tevarak-atrofdagilar bilan muomala jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe'li-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma'no hosil bo`ladi». Alohida bir hatti-harakat o`zicha uning zamiridagi ichki psixologik jihat bilan uzil-kesil bog`liq emas va bu xrl shaxslararo idrokni psixologik vazifaning bajarilishiga aylantiradi. Muomalaning pertseptiv jihati - bu kiishning kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir. Individ boshqa odamlarni o`rganarkan, ular bilan birgalikda faoliyat ko`rsatish istiqbollarini yaxshiroq va yanada ishonarliroq aniqlab olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Kelishib olingan harakatlarning muvaffaqiyatliligi ular ichki dunyosining aniq-ravshan «o`qib chiqilganligi»ga bog`liqdir. Yuqorida aytib o`tilganidek, muomala shunchaki axborotni yetkazish bilangina cheklanib qolishi mumkin emas. U muvaffaqiyatli tarzda yuz berishi uchun muqarrar ravishda teskari aloqaning mavjud bo`lishini - sub'ekt tomonidan o`zaro birgalikdagi harakat natijalari haqida axborot olib turilishini taqozo etadi. Individ biron boshqa kishiga nima haqdadir xabar qilarkan, buyurar yoki iltimos, yo savol bilan murojaat qilar ekan, umuman u bilan o`zaro birgalikda harakat qilarkan, har doim: o`zining boshqa kishiga murojaat qilishining samaradorligi to`g`risida zarur axborot oladi - zarurat bilan muomala qilish refleksiyani taqozo etadi. U o`zini to`g`ri tushunishlariga va tegishli natijaga erishish maqsadida ana shu axborot asosida o`zining harakatlari va nutqiy kommunikatsiyasi vositalari sistemasini qayta qura borib, o`z fe'l-atvorinn to`xtovsiz to`g`rilab boradi. Sub'ektiv ravishda so`zlayotgan kishi teskari aloqaga e'tibor qilmasligi mumkin, lekin u o`zi anglamagan holda hamisha uni qo`llaydi. Mabodo teskari aloqaning imkoniyatlarn allaqanday sabablarga ko`ra cheklangan bo`lsa ham, uning muomaladagi roli juda ham aniq-ravshan anglanadi. Maktab radiosi orqali gapirayotgan yuqori sinf o`quvchisi tinglovchilar bilan odatdagidek teskari aloqaga erisha olmay juda ham qiynaladi - uning nutqi ishonarli bo`lmaydi, o`xtin-o`xtin tutilib qoladi, tezlashadi yoki kechirilmaydigan darajada sekinlab qoladi, odatdagi ohang yo`qolgan bo`ladi va hokazo. Agar hamsuhbatni ko`rish orqali idrok etish imkoniyati bo`lmasa, qo`l barmoqlari va yuz harakati orqali bo`ladigan imo-ishoralar kambag`allashib, harakatlar erkinligini yo`qotib qo`yadi. Hamsuhbatning fe'li-atvorini idrok etish chog`ida olinadigan signallar sub'ektning keyingi harakatlari va fikrlarini to`g`rilab borish uchun asos bo`ladi. Umuman hamsuhbatni yoki tinglovchini idrok etish muomala vaqtida o`zaro hamjihatlikka erishishning muhim sharti bo`lib xizmat qiladi. Agar pedagog o`quvchilar uni qanday tushunishlari va qabul qilishlari haqida unga teskari aloqa tarzida yuboriladigan axborotni qabul qila bilmasa, o`zaro birgalikda harakat qilish amri mahol bo`lib, pedagogik aloqa uzilib qoladi. Muomalaning monologik shakllaridan foydalanishda uning dialogik shakllariga nisbatan ko`proq qiyinchiliklar tug`ilishi ana shu bilan izohlanadi; o`qituvchining lektsiyada teskari aloqaga ega bo`lishi seminar yoki laboratoriya mashg`ulotlaridagiga qaraganda juda qiyin. Tajribali pedagog dars holatlarida juda qisqa vaqt ichida bir necha o`nlab o`quvchilarnint yuzlaridagi ifodaning, mimikaning, so`zlash ohangining, qo`llarini va gavdasini qimirlatgan holdagi imo-ishoralarining «kalitini topadi» va ularning psixik holatlari, hadiksirashlari, orzu-umidlari, qayg`u-alamlari, o`y-niyatlari to`g`risida xulosa chiqargan holda ularning ichki dunyosi to`g`risidagi tushunchaga muvofiq tarzda o`z xulq-atvorini to`g`rilab boradi, tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish usullari va yo`llarini tanlaydi. Shunday qilib, shaxslararo idrok etish jarayonida teskari aloqa xabar beruvchi funktsiyani va o`zini o`zi boshqarish funktsiyasini bajaradi. Kishining jismiy qiyofasidagi ayrim belgilar (yuzlari, qo`llari, yelkalari), o`zini to`tishlari, qo`llarini va gavdasini qimirlatib imo-ishora qilishlari, so`zlash ohangi axborot tashuvchilar sifatida xizmat qiladi. Muomala jarayonida bularni e'tiborga olish darkor. Hamsuhbat yoki tinglovchining yuzlari teskari aloqa signallarining alohida axborot tashuvchisi hisoblanadi. Pedagog o`quvchining yuzlaridagi ifodaga qarab uni o`ta diqqat bilan tinglashayotganliklari yoki tamomila eshitmayotganliklari («yuzlarida ifodaning yo`qligi»), unga ishonch bildirayotganliklari yoki shubhalanib qarayotganliklari («yuzlaridagi shubhaomuz ifoda») va hokazolar to`g`risida xulosa chiqaradi. Shunisi ham borki, boshqa odamlar bilan muomala sub'ektining idroki to`g`risidagi yetarli darajada to`liq tasavvur olish idrok etuvchidan keladigan signallarning butun kompleksini va eng avvalo ular xatti-harakatlarining tahlilini yuzaga chiqaradi. Shunaqa hollar ham uchraydiki, pedagogning pand-nasihatlarini e'tibor bilan tinglayotgani «shundoqkina ko`rinib turgan» o`quvchi aynan shu paytning o`zida o`ynab yurgan o`rtoqlariga iloji boricha tezroq qo`shilishni sabrsizlik bilan kutayotgan bo`ladi. Download 102.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling