“malaka”dir.
Ko„nikma –mashq qilish natijasida yuzaga kelgan hatti-harakatlarning
avtomatlashgan usuli. Fiziologik jihatdan ko‗nikma bosh miyaning katta yarim
sharlari po‗stlog‗ida hosil bo‗lib, vaqtinchalik nerv bog‗lanishlarining barqaror
tizimining funksiyasini ta‘minlaydi.
Malaka –oldinga qo‗yilgan maqsad va hatti-harakat sharoitidan kelib
chiqadigan muvaffaqiyatli harakatlar usulidir. Malakalar hatti-harakatning maqsad
va konkret shart-sharoitlariga tegishli bo‗lgan holda doimo bilimlarga suyanadi.
Odam ishni qanchalik yaxshi bilsa uni shunchalik malakali amalga oshiradi va
undan foydalanadi. Ko‗nikma va malakalar hatti-harakat uslubi bo‗la turib, ma‘lum
faoliyat turiga qarab ishlab chiqarish, o‗quv, ijtimoiy, sport, tashkiliy, texnik
faoliyat, ilmiy faoliyat, sa‘nat sohasidagi ko‗nikmalar va boshqalar bo‗lishi
mumkin. Lekin barcha faoliyat turlarida qo‗llaniladigan ko‗nikma va malakalar
mavjud: bular –harakat, sensor va aqliy ko‗nikma va malakalardir. Harakat
ko‗nikmalariga jismoniy mehnat, sport va o‗quv ko‗nikmalari (hat yozish, tez
o‗qish va h.k ) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |